Ikki uyli gazanda òsimligi ikki uyli gazanda


Download 126.21 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi126.21 Kb.
#1509122
Bog'liq
IKKI UYLI GAZANDA ÒSIMLIGI


IKKI UYLI GAZANDA ÒSIMLIGI
Ikki uyli gazanda (chayono’t, qichitqi) Urtica dioica L.Gazandadoshlar – Urticaceae oilasiga mansub, bo’yi 60-120 (150) sm keladigan ko’p yillik o’t o’simlik. I ldizpoyasi yer ostida sudralib o‘sadi. Poyasi tik o’sadi, to’mtoq to’rt qirrali, shoxlanmagan yoki qarama-qarshi shoxlangan. Barglari keng tuxumsimon, o’tkir uchli, sertuk, yirik arrasimon qirrali bo’lib, poya va shoxlarida bandi bilan qarama-qarshi o’rnashgan. Bir jinsli, yashil rangli mayda, ko’rimsiz, yashil rangli, 4 bo’lakli gullari barg qo’ltig’idan chiqqan boshoqcha to’plangan. Mevasi - tuxumsimon yoki ellipssimon, sariq-kulrang tusli yonroqcha. O‘simlikning hamma qismi achituvchi tuklar bilan qoplangan. Iyun oyining o‘rtalaridan boshlab kuzgacha gullaydi Mevasi sentabr oyida yetiladi. Bargi tarikbida vitamin K, S, V2, karatinoidlar, pantoten kislota, kversetin, atsetilxolin, efir moyi, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bo’ladi. Gazanda bargi tarkibida xlorofil ko’pligi va vitaminlari alohida ahamiyatga ega. Gazanda ildizpoyasida oshlovchi moddalar, nikotin va vitamin S uchraydi.Qashqadaryo viloyatining yo‘l yoqalarida, ariq bo‘ylarida, nam va salqin o‘rmonlarda, aholi yashaydigan yerlarga yaqin joylarda, butalar orasida va boshqa yerlarda o‘sadi. Ilmiy tibbiyotda qon to’xtatuvchi, vitaminlarga boy xom ashyo sifatida ishlatiladi. Bu o’simlik preparatlari qon ivishini tezlatuvchi va bachadonni tonuslovchi ta’sirga ega. Shuning uchun ular bavosil kasalligida hamda akusherlik-ginekologiya amaliyotida qon to‘xtatuvchi dori sifatida, varikoz surunkali yaralarni davolashda, gipo- va avitaminoz kasalliklarida qo‘llaniladi.Bargdan olingan urtifillin preparati yaralarni va kuyganlarni davolash uchun ishlatiladi.Xalq tabobatida gazanda o’simligining xom ashyolari rak kasalligiga, stress holatlargatoksinlarga qarshi, siydik іaydovchi vosita sifatida ishlatiladi. Undan tashqari, gazandadan olingan dori shakllari og’riq qoldiruvchi, qon to’xtatuvchi, yaralarning bitishini tezlashtiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.Adabiyot ma’lumotlariga ko’ra gazanda o’simligidan gemoglobin va eritrotsitlar soni pasayganda, qondagi qand miqdorini pasaytirishda foydalanish tavsiya etiladi. Gazandao‘tni har xil sharoitda yetishtirish imkoniyati mavjud. Uning biologik xususiyati shundan iboratki u o‘nib chiqishda va massa hosil qilishda tuproqning unumdorligiga qaramaydi. Shuning uchun ham undan tibbiyotga kerakli xom ashyo mahsulotini olishi imkoniyati bor.

PANJIYEVA SABOHAT
Download 126.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling