1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


MAVZU.TARKIBIDASESKVITERPENLARBO‘LGANEFIRMOYLARVADORIVORO‘SIMLIKLAR


Download 476.38 Kb.
bet125/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

MAVZU.TARKIBIDASESKVITERPENLARBO‘LGANEFIRMOYLARVADORIVORO‘SIMLIKLAR

Bu guruhga kiradigan dorivor o‘simliklarning efir moylari tarkibida asosan farnezol, kadinen, kalamen, gvayen, azulenlar, betulen, betulenol, santonin, alantolakton va boshqa birikmalar bor.



MOYCHECHAK GULI – FLORES CHAMOMILLAE

O‘simlikning nomi. Qirqmabarg (dorivor) moychechak (gazako‘t) – Chamomilla recutita (L) Rascheri (Matricaria recutita L.; Matricaria chamomilla L.); xushbo‘y (yashil) moychechak (gazako‘t) – Chamomilla suaveolens (Rursh.) Rydb. (Matricaria suaveolens Buchen., Matricaria discoidea D.C.); astradoshlar – Asteraceae (murakkabguldoshlar - Compositae) oilasiga kiradi.

Dorivor moychechak bo‘yi 15-40 sm ga etadigan bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, sershox, ichi kovak. Bargi ikki marta patsimon ajralgan, segmentlari ingichka chiziqsimon, o‘tkir uchli. Poya va shoxchalari uzun bandli (yashil moychechakniki kalta bandli) savatchaga to‘plangan gullar bilan tamomlanadi. Savatcha chetidagi gullari oq, tilsimon, o‘rtadagilari esa ikki jinsli, sariq, naychasimon. Mevasi - qo‘ng‘ir-yashil pista.

May oyidan boshlab kuzgacha gullaydi. Geografik tarqalishi. Dorivor moychechak keng tarqalgan bo‘lib. u asosan o‘tloqlarda, ekinzorlarda (begona o‘t sifatida), yo‘l yoqalarida o‘sadi. Asosan Rossiyaning Ovro‘po qismining janubida, Kavkaz, Qrim, Ukraina, Sibirning janubiy tumanlari va O‘rta Osiyoda uchraydi. YAshil moychechak Sobiq Ittifoqning Ovro‘po qismida, G‘arbiy Sibir va Uzoq SHarqda keng tarqalgan. Mahsulot asosan Ukrainaning janubida (Qrim, Xerson, Nikolaev, Odessa viloyatlarida), kamroq Krasnodar o‘lkasida, Rostov viloyati, Moldova respublikasi va boshqa erlarda tayyorlanadi. Moychechak juda tez ko‘payadi. Har ikkala moychechakka talab ko‘p bo‘lganidan Ukraina, Belorus va boshqa erlarda o‘stiriladi.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling