1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet123/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Kimyoviy tarkibi. Qarag‘ay kurtagi tarkibida0,4 %gacha efir moyi,oshlovchi va achchiq moddalar bo‘ladi.

Qarag‘ayning bargli shoxchasida 0,13-1,3 % efir moyi, 7-12 % smolalar, 5 oshlovchi moddalar, 0,1-0, 3 % askorbin kislota, alkaloidlar, karotin, antotsian va boshqa birikmalar bor. Qarag‘ayning efir moyi 15-20 sm uzunlikdagi ho‘l novdadan (butab tashlangan qoldiqlardan) suv bug‘i yordamida haydab olinadi. Bu novdalarning 70-80% i ninabarg va 20-30 % shoxchalardan iborat.

Efir moyi tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish, o‘ziga xos xushbuy hidli, achchiqroq mazali suyuqlik. Zichligi 0,865-0,900 va qutblangan nur tekisligining og‘dirish burchagi +7,5–+15,40. Moy tarkibida 40 % pinen, 40 % limonen, 11 % gacha bornilatsetat, kadinen, 9 % gacha birikmagan spirtlar va boshqa birikmalar bo‘ladi.

Ishlatilishi. Qarag‘ay kurtagidan tayyorlangan preparatlar balg‘amko‘chiruvchi, dezinfeksiya qiluvchi, siydik haydovchi dori sifatida hamda yuqori nafas yo‘llari kasallanganda ingalyasiya qilish uchun ishlatiladi. Barg damlamasi singa kasalligida va uning oldini olishda, ekstrakti esa shifobaxsh vanna uchun ishlatiladi. Efir moyining spirtdagi eritmasi xonalar (ko‘pincha kasalxonalar) hidini yaxshilash uchun qo‘llaniladi.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling