1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet154/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Dorivor preparatlar. Arpabodiyon efir moyi.Arpabodiyon efir moyiko‘krak eliksiri va nashatir arpabodiyon tomchisi tarkibiga kiradi.

Arpabodiyon mevasi ich yumshatuvchi va ko‘krak og‘rig‘iga qarshi ishlatiladigan yig‘malar – choylar tarkibiga kiradi.

Arpabodiyon efir moyi anizet - Pimpinella anisetum Boiss. o‘simligi mevasidan ham olinadi. Anizet ikki yillik o‘t o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Bu o‘simlik mevasi tarkibida 8 % dan ko‘proq efir moyi bo‘ladi. Efir moyi tarkibida esa 77-87 % anetol bor.

Arpabodiyon efir moyiga o‘xshagan bir xil kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan efir moyi tropik mamlakatlarda (Xitoy, YAponiya, Vetnam va boshqalar) uchraydigan va o‘stiriladigan doim yashil Illicium verum Hook. daraxti (mognoliyadoshlar - -Magnoliaceae oilasiga kiradi) mevasidan olinadi. Bu o‘simlikning mevasi yulduzsimon anis mevasi (Fructus Anisi stellati.)yoki bad’yon nomi bilan oziq-ovqat sanoatida ishlatish maqsadida chet eldan keltiriladi.


FENXEL (DORIXONA UKROPI) MEVASI VA MOYI -– FRUCTUS ET OLEUM FOENICULI O‘simlikning nomi.Oddiy fenxel(dorixona ukropi) – Foeniculum vulgare Mill. (Foeniculum officinalis All.);selderdoshlar– Apiaceae (soyabonguldoshlar - -Umbelliferae) oilasiga kiradi.

Ko‘p yillik (plantatsiyalarda ikki yillik qilib o‘stiriladi), bo‘yi 90-200 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, ko‘p qirrali va sershoxli. Bargi uch-turt marta patsimon ajralgan va qini bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg bo‘laklari ingichka chiziqsimon yoki ipsimon. Gullari mayda, sariq bo‘lib, murakkab soyabonga to‘plangan. Soyabonda o‘rama va o‘ramacha barglar bo‘lmaydi. Kosacha bargi juda mayda, tojbargi 5ta, otaligi 5ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga joylashgan. Mevasi - qo‘shaloq pista. Iyul - avgust oylarida gullaydi, mevasi sentyabrda pishadi.




Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling