Kimyoviy tarkibi. Ildizi tarkibida taraksatsin va taraksatserin achchiq glikozidlari, tarakserol, taraksosterol, β - amirin va boshqa triterpen birikmalari, 24 % gacha inulin, 2–3 % gacha kauchuk, yog‘ va boshqa moddalar bo‘ladi. Gul to‘plami va bargi tarkibida karotinoidlar, triterpen spirtlardan – -arnidiol va faradiol hamda vitamin B2 bor.
Ishlatilishi. Qoqi o‘simligining dorivor preparatlari achchiq modda sifatida ishtaha ochish, ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun hamda o‘t haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Farmatsevtikada qoqi o‘simligining quyuq eksrakti xab dori tayyorlashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |