1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet187/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,6–1% alkaloidlar (asosiy alkaloidi gensianin), gensiopikrin, eritrotsentaurin, sentapikrin (sekoiridoid tipidagi glikozid) va boshqa achchiq glikozidlar hamda sentaurein flavon glikozidi, shuningdek, fenolkarbon (protokatex, oksi-benzoat, ferul va boshqalar), oleanol va askorbin kislotalar, ksantonlar va boshqa moddalar bo‘ladi.

Ishlatilishi. Tillabosh turlarining dorivor preparatlari ishtaha ochish hamda ovqat hazm qilish organlari funksiyasini oshirish uchun ishlatiladi.

Dorivor preparatlari. Damlama, nastoyka. Mahsulot achchiq nastoyka hamda achchiq choylar – yig‘malar tarkibiga kiradi.

TARKIBIDA STEROID GLIKOZIDLAR BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLAR VA MAHSULOTLAR

Aglikonlari siklopentanopergidrofenontren va uning unumlaridan iborat bo‘lgan glikozidlarni steroid glikozidlar deb ataladi. Bu guruhga kiruvchi glikozidlarning aglikonlari siklopentanopergidrofenantren unumlari bo‘lsa-da, ularinng kimyoviy tuzilishlari va ayniqsa, fiziologik ta’siri bir-biridan katta farq qiladi. Ba’zilarining aglikonlari o‘z molekulasida azot atomini saqlaydi, masalan, steroid alkaloidlar. Ayrim glikozidlarning suvdagi eritmasi turg‘un ko‘pik hosil qilish va qizil qon tanachalari – eritrotsitlarni eritish xossasiga ega, masalan, steroid saponinlar. Ba’zilari esa yurakka spetsifik ta’sir qiladi, masalan, yurak glikozidlari. SHuning uchun steroid glikozidlar turlicha tahlil qilish usullariga ega hamda tarkibida shu glikozidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar va mahsulotlar farmakognoziyaning har xil bo‘limlarida o‘rganiladi.

Steroid glikozidlardan tibbiyotda turli maqsadlar uchun foydalaniladi. YUrak glikozidlari spetsifik ta’sirga ega bo‘lgan qimmatbaho preparatlar sifatida yurak kasalliklarini davolash uchun qo‘llaniladi. Steroid saponinlar hamda steroid alkaloidlar progesteron, kortizon va boshqa steroid gormonlarni sintez qilishda ishlatiladi.





Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling