18 – MAVZU. YURAK GLIKOZIDLARI SAQLOVCHI DORIVOR O‘SIMLIKLAR
Reja
YUrak glikozidlari.
Angishvonagul barglari.
Kendr ildiz va ildizpoyalari.
Goritsvet o‘tlari.
Marvaridgul gullari va barglari.
Bufadienollar dorivor o’simliklar, ularning tibbiyotda ishlatilishi.
YUrak glikozidlari haqida umumiy tushuncha
YUrak glikozidlarining aglikonlari – geninlari bir, ikki, uch va ba’zan to‘rtta qand molekulasi bilan birikib, glikozidlar hosil qiladi. Bu glikozidlar asosan yurak muskullariga ta’sir etganligi uchun yurak glikozidlari (yoki yurak zaharlari)deb ataladi. Agar yurak glikozidlari molekulasining tarkibida 5 a’zolit o‘yinmaganlakton (butenolid) halqasibo‘lsa, kardenolidlar (1), 6 a’zoli 2 martato‘yinmaganlakton (kumalin) halqasibo‘lsa, bufadienolidlar (II) debataladi.
Steroidbirikmalargayurakglikozidlaridantashqari, o‘simlikvahayvonolarorganizmidako‘puchraydiganmoddalar: vitamin D, ba’zisaponinlar, sterinlar (fito- hamdazoosterinlar), o‘tkislota, jinsiyorganlarninggormonlarivaboshqabirikmalarkiradi. Bubirikmalarningasosiyskeletitsiklopentanfenantrenyadrosidaniboratbo‘lsa-da, ularkimyoviytuzilishbilanbir-biridankattafarqqiladi.
Ma’lumki, o‘simlik qurgani sari ular to‘qimalarida namlik kamaya boradi. Bu esa to‘qimadagi biosintez jarayonining buzilishiga olib keladi. Balki shu davrda to‘qimaga zarur bo‘lgan suv molekulasini ajratib chiqarish uchun qand ishtirokida murakkab glikozid molekulasi sintez bo‘lishi kerakdir.
O‘simlikdan ajratib olingan toza yurak glikozidlari achchiq mazali kristall holdagi birikma bo‘lib, suv va spirtda yaxshi, boshqa organik erituvchilarda yomon eriydi yoki butunlay erimaydi.
YUrak glikozidlari o‘simliklar to‘qimalarida sintezlanadi hamda ular boshqa glikozidlar singari o‘simliklarning barcha organlaridagi hujayra shirasida erigan holda uchraydi. Bu guruhga kiradigan glikozidlar kendirdoshlar (Apocynaceae), sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae), lolaguldoshlar (piyozguldoshlar – Liliaceae), ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae), asklepiyadoshlar (Asclepiadaceae), karamdoshlar (butguldoshlar – Brassicaceae (Cruciferae)), dukkakdoshlar (Fabaceae), jo‘kadoshlar (Tiliaceae), tutdoshlar (Moraceae), normushkdoshlar (Celastraceae) va boshqa oilalar vakillari tarkibida topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |