O‘simlikning hamma qismi zaharli.
Geografik tarqalishi. Gruziyaning shimoliy-g‘arbidagi tog‘li tumanlarda o‘sadi.
Kimyoviy tarkibi. Barg tarkibida yurak glikozidlari (purpureagli-kozid A ajratib olingan) bor. Bulardan tashqari, bargdan apigenin, lyuteolin va drakotsefalozid flavonoidlari ham ajratib olingan. Urug‘i tarkibida 0,67 digitonin steroid saponini bor.
Ishlatilishi. Dorivor preparati qizil va yirik gulli angishvonagul-lar preparatlari bilan birgalikda yurak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Sertuk angishvonagul bargi – Folia digitalis lanatae
O‘simlikning nomi. Sertuk angishvonagul – Digitalis lanata Ehrh.; sigirquyruqdoshlar – Scrophulariaceae oilasiga kiradi.
Ko‘p yillik, bo‘yi 30–80 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Plantatsiyalarda 2–3 yillik, bo‘yi 1–2 m o‘t o‘simlik holida o‘stiriladi. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik o‘suvchi, qizil-binafsha rangli, pastki qismi tuksiz, yuqori qismi sertuk. Ildizoldi va poyaning pastki qismidagi barglari cho‘ziq lansetsimon, o‘tmas yoki o‘tkir uchli, sertuk, uzunligi 6–12 (ba’zan 20) sm, eni 1,5–3,3 sm bo‘lib, asosiy va 3–4 yon tomirlari yaxshi taraqqiy qilgan. Poyaning yuqori qismidagi barglari lansetsimon bo‘lib, poyada bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Barg poyaning yuqori qismiga chiqqan sari kichraya boradi. Gullari shilgilga to‘plangan. Gul o‘qi va kosachabargi juda ko‘p oq tuklar bilan qoplangan. Gulkosachasi qo‘ng‘iroqsimon bo‘lib, asos qismiga qadar besh bo‘lakka qirqilgan. Gultojisi qo‘ng‘ir-sariq rangli, sharsimon shishgan, ikki labli, yuqori labi pastki labidan kalta, ikki bo‘lakli, pastki labi uch bo‘lakli, o‘rtadagi bo‘lakchasi kurakcha shakliga ega. Otaligi 4 ta, onalik tuguni tukli, ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – konussimon, ko‘p urug‘li ko‘sakcha.
Iyun-avgust oylarida gullaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |