1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


O‘simlikning nomi. Malla angishvonagul – Digitalis ferruginea L.; sigirquyruqdoshlar – Scrophulariaceae oilasiga kiradi


Download 476.38 Kb.
bet199/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

O‘simlikning nomi. Malla angishvonagul – Digitalis ferruginea L.; sigirquyruqdoshlar – Scrophulariaceae oilasiga kiradi.

Ko‘p yillik, bo‘yi 40–70 (ba’zan 120) sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Ildizpoyasi er ostida egri-bugri, gorizontal joylashgan. Poyasi bitta, tuksiz, asos qismi yoysimon ko‘tariluvchi. Ildizoldi to‘p barglari va poyaning pastki qismidagi barglari cho‘ziq lansetsimon, o‘tmas uchli, tekis qirrali bo‘lib, uzunligi 7–15 sm, eni 1–2,5 sm. Barg plastinkasi sekin-asta qisqa qanotli bandga aylana boradi. Poyaning o‘rta va yuqori qismidagi barglari bandsiz, cho‘ziq lansetsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali bo‘lib, poyada ketma-ket joylashgan. Barg poyaning yuqori qismiga chiqqan sari kichkinalasha boradi. Bargning katta tomiri bilinadi, xolos. Gullari 15–40 sm uzunlikdagi ko‘p gulli shingilga to‘plangan. Guli malla-sariq rangga bo‘yalgan. Gulkosachasi asos qismigacha beshga qirqilgan, gultojisi esa qo‘ng‘iroqsimon, ikki labli. YUqori labi ikki bo‘lakli, kalta, pastki labi uch bo‘lakli, o‘rtasidagi bo‘lagi boshqalariga nisbatan uzun. Otaligi 4 ta, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – ko‘p urug‘li tuxumsison ko‘sakcha.

Iyun-iyul oylarida gullaydi.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling