Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning er ustki qismi tarkibida yurak glikozidlari va flavonoidlar bo‘ladi. Mahsulotdan strofantidindigitalozid, dezglyukoxeyrotoksin va boshqa yurak glikozidlari hamda adonivernit va orientinksilopiranozid flavon glikozidlari ajratib olingan.
Ishlatilishi. Adonis o‘simligining preparatlari yurak kasallik-larini davolashda ishlatiladi. Adonis preparatlari kumulyativ xossaga ega bo‘lmagani sababli surunkali yurak porogini davolashda doim ishlatish mumkin (angishvonagul o‘simligidan farqi).
Dorivor preparatlari. YAngi galen preparati – adonizid (15 ml dan shisha idishda chiqariladi), quruq adonizid (tabletka holida chiqariladi), quruq ekstrakt, damlama. Adonisning quruq ekstrakti Bekterev tabletkasi (draje) hamda adonis-brom tabletkasi (draje) va yurak kasalligida ishlatiladigan boshqa kompleks preparatlar tarkibiga kiradi.
Adonis o‘simligining turlari juda ko‘p bo‘lib, ular etarli o‘rganilgan emas.
Adonis turlariinng hammasi biologik faol (yurakka kuchli) ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Biologik ta’siri o‘rganilgan va tibbiyotda ishlatishga ruxsat etilgan adonis turlari quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: |