1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Bufadienolidlar saqlovchi dorivor o‘simliklar


Download 476.38 Kb.
bet215/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Bufadienolidlar saqlovchi dorivor o‘simliklar

Xelleborus ildizpoyasi va ildizi – Rhizomata et radices hellebori

O‘simlikning nomi. Kavkaz xelleborusi – Helleborus caucasica A. Br.; ayiqtovondoshlar – Ranunculaceae oilasiga kiradi.

Kavkaz xelleborusi ko‘p yillik, bo‘yi 25-50 sm ga etadigan doim yashil o‘t o‘simlik. Ildizpoya kalta ko‘p ildizli bo‘lib, er ostida gorizontal joylashgan. Poyasi tik o‘suvchi, kam bargli, faqat yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi barglari (2–4 ta) uzun bandli, oddiy, asos qismigacha panjasimon 5–11 bo‘lakka ajralgan, qalin, ustki tomoni to‘q yashil, pastki tomoni esa och yashil rangga bo‘yalgan. Barg bo‘lakchalari keng ellipssimon yoki keng lansetsimon, o‘tkir uchli, arrasimon qirrali bo‘ladi. Poyadagi barglari (1–2 ta) bandsiz bo‘lib, ildizoldi bargga nisbatan kichik va kamroq qirqilgan. Gullari poyaning uchki qismida yakka-yakka joylashgan (1–3 ta). Gul qo‘rg‘oni oddiy, 5 ta, keng tuxumsimon, oq-yashil, sariq-yashil, yashil-qo‘ng‘ir va boshqa rangli tojbargga aylangan kosachabarglardan tashkil topgan. Tojbargi sariq yoki sariq-yashil nektarnikka (5–12 ta) aylangan. Otaligi ko‘p sonli, onaligi 9–10 ta. Bu o‘simlikning tur-xillari ko‘p, ular bir-biridan gul qo‘rg‘onining rangi bilan farq qiladi. Mevasi–bargcha.

YAshash sharoitiga qarab dekabr oyidan boshlab to kelasi yil apreligacha gullaydi.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling