«Miqdoriy aniqlash» bo‘limida mahsulotning asosiy ta’sir etuvchibiologik faol moddasining miqdori (yoki biologik faolligi), aniqlash usullari to‘liq keltiriladi yoki shu usullar Davlat farmakopeyasining qaerida berilganligi ko‘rsatiladi.
«Joylash» (qadoqlash)bo‘limida GOST6077-80talablariga binoan qandayidishda (qop, yashik, quti, xaltacha va boshqalar) mahsulotni qanchadan joylashtirilgani keltiriladi.
«Markalash» (belgi qo‘yish), «Transportda junatish» va«Saqlash» (bubo‘limlar FS da keltirilmaydi) bo‘limlarida GOST 6077-80 talablariga ko‘ra dorivor o‘simlik mahsulotlarining transport vositalarida jo‘natish vaqtida, markalashda ishlatiladigan bo‘yoqlarga hamda mahslotni omborlarda va dorixonalarda saqlash vaqtida bajariladigan talablar keltiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |