Topshiriq
Jurnaldagi tartib raqam bo’yicha har bir talaba berilgan topshiriqni wordda bajarib hemis platformasi orqali junatish talab etiladi. Bunda faqatgina so’ralgan ma’lumotlar junatish maqsadga muvofiq, bank tarixi va umumiy bank haqida ma’lumotlar so’ralgan emas.Faqatgina quyida berilgan tahlillar yuborilgandagina vazifa baholanadi. Bank Islam Malaysia Berhad (BIMB) tahlili namuna sifatida berilgan va har bir talaba so’ralgan operatsiyalarni namunadagi kabi tahlil qilib , o’rganib chiqishi talab etiladi.
Topshiriq talablari
1.Xorijiy mamalakat va O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari aktiv operatsiyalari so’ngi 2 yillik tahlili va solishtirish.
2. Xorijiy mamalakat va O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari passiv operatsiyalari so’ngi 2 yillik tahlili va solishtirish.
3. Xorijiy mamalakat va O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari valyuta operatsiyalari so’ngi 2 yillik tahlili va solishtirish.
4. Xorijiy mamalakat va O’zbekiston Respublikasi tijorat banklari daromadlari so’ngi 2 yillik tahlili va solishtirish.
Bank Islam Malaysia Berhad (BIMB) tahlili
Bank Islam Malaysia Berhad (BIMB)-2022 yil choragida bank foydaga erishdi va bu foydani sezilarli ko’rsatkichlar orqali ko’rishimiz mumkin
1-rasm. 2021-2022-yillarda Bank Islam Malaysia Berhadning daromadlari (million RM)1
BIMB uchun 2022-yil bozordagi noaniqliklar kuchli bo’lishiga qaramasdan ijobiy moliyaviy ko’rsatkichlarga erishdi. Yuqoridagi rasm orqali, zakotdan keyin olingan foyda 2021-yilga nisbatan 2022-yilda 746,9 million RM o’sgan, daromad va sof daromad esa 408,597:121004 million RM nisbatda foydaga erishib yil yakunlaganini ko’rishimiz mumkin. Bu foyda ko’rsatkichlarini foizlar orqali 12-rasmda ko’rishimiz mumkin. Foydaga erishishda BIMB bir qator tadrijiy ishlarni amalga oshirdi o’z navbatida moliyalashtirishga xizmat ko’rsatishda qiyinchilikka duch kelayotgan mijozlar bilan hamkorlik qilish, ularning moliayalashtirish shartlarini qayta ko’rish yoki qayta rejalashtirish kabi variantlar mijozlarga taklif qilingan va bu orqali bank o’z rentabelligini ta’minlashga erishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |