SUDRALIB O‘SUVCHI TOFJAMBIL ER USTKI QISMI –
– HERBA SERPYLLI
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasi bilan yoritilgan bargning tashqi tuzilishi mikroskop ostida ko‘zdan kechiriladi (20-rasm). Bargning har ikkala tomonidagi epidermis qat-qat bo‘lib joylashgan kutikula qavati bilan qoplangai. Bargning pastki tomonida labguldoshlar oilasiga xos tuzilgan efir moyli yirik bezlar bo‘ladi. Bargdagi tuklar turli shaklda:
a) bargning asos qismiga va chetiga uch-olti hujayrali dag‘al tuklar (oddiy tog‘jambil o‘simligining bargida bunday tuklar bo‘lmaydi) joylashgan. Bu tuklar ko‘pincha sinib ketadi va mahsulotda ularning asos qismigina qoladi. Ana shunga qarab sudralib o‘suvchi tog‘jambilni oddiy tog‘jambildan ajratsa bo‘ladi; b) 1-4 hujayrali, qalin devorli, cho‘zinchoq, so‘galchali tuklar; v) kalta oyoqchali, noksimon, bir hujayrali boshli tuklar; g) so‘rg‘ichsimon, mayda, o‘tkir uchli tuklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |