1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


ORTOSIFON BARGI – FOLIA ORTHOSIPHONIS


Download 476.38 Kb.
bet266/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

ORTOSIFON BARGI – FOLIA ORTHOSIPHONIS

Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib yoritilgan bargning tashqi ko‘rinishi mikroskopda ko‘riladi (2-rasm).

Bargning yuqori epidermisi yirik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, hujayra devori bir oz egri-bugri, pastki epidermis hujayralari maydaroq, hujayra devori (yuqorisiga nisbatan) ko‘proq egri-bugri shaklga ega. Ustitsalar yuqori epidermisdagiga nisbatan pastki epidermisda ko‘proq uchraydi. Ustitsalar 2 ta epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan (labguldoshlarga xos). Ba’zan 3–4 ta epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan ustitsalar ham uchrab turadi. Bargning har ikkala tomonidagi epidermisida oddiy va bezli tuklar hamda efir-moyi ishlab chiqaradigan bezlar bor. Bezli tuklar bir hujayrali kalta oyog‘chadan hamda bir yoki ikki hujayrali sharsimon, ba’zan tuxumsimon boshchadan tashkil topgan. Oddiy tuklarning asos qismi kengroq, o‘tkir uchli bo‘lib, 1–7 hujayradan iborat. Ba’zan bir hujayrali, konussimon tuklar ham uchraydi. Efir moyli bezlar bargning yuqori epidermisiga nisbatan pastki epidermisida ko‘proq uchraydi. Bularning juda ham kalta, bir hujayraliog‘chasi va yirik sharsimon yoki yumaloq to‘rtburchakli boshchasi bor. Ko‘pchilik efir moyli bezlarda boshchasi 4 hujayrali, ba’zan 8 hujayrali bo‘ladi. Efir moyli bezlar yosh barglarda juda ko‘p uchraydi, qari barglarda uchramasligi ham mumkin.



Qo‘shimcha tayyorlangan preparatga sudan-III eritmasidan tomizilib, bezli tuklardagi va bezlardagi efir moylarining qizg‘ish rangga bo‘yalganligi kuriladi.


12- AMALIY MASHG‘ULOT. TARKIBIDA FENOLLAR VA ULARNING GLIKOZIDLARI BO‘LGAN DORIVOR O‘SIMLIKLARNING MIKROSKOPIK TUZILISHINI O‘RGANISH


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling