Dorivor preparatlari. Damlama,nastoyka,yangi yig‘ilgan,quritilmagan bargning konservatsiya qilingan shirasi, plantoglyusid preparati, barg briketi.
Barg yo‘talda beriladigan choylar - yig‘malar tarkibiga kiradi.
Tibbiyotda katta zubturum bilan bir qatorda o‘rta hamda lansetsimon zubturum o‘simliklari ham ishlatiladi.
O‘rta zubturum - Plantago media L.o‘simligi bargining har ikki tomoni tukliva bandi kalta bo‘ladi.
Lansetsimon zubturum – PlantagolanceolataL.O‘simliginingbargilansetsimon bo‘lib, uzunligi 15 sm, eni - 2-2,5 sm.
BURGA ZUBTURUM URUFI - SEMINA PSYLLII BURGA ZUBTURUMNING QURITILMAGAN ER USTKI KISMI – NERBA PLANTAGINIS PSYLLII RECENS O‘simlikning nomi.Burga zubturumi- Plantago psyllium L.;zubturumdoshlar- Plantaginaceae oilasiga kiradi.
Bo‘yi 10-40 sm keladigan bir yillik o‘t o‘simlik. Poyasi sershox, yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan. Bargi chiziqsimon bo‘lib, poyada qarama- - qarshi o‘rnashgan. Gullari kalta, sharsimon boshoqchaga to‘plangan. Boshoqcha uzun bandli bo‘lib, barg qo‘ltig‘idan o‘sib chiqadi. Kosacha va tojbarglari hamda otaligi to‘rttadan, onalik tuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi – ikki urug‘li ko‘sak.
Iyun oyida gullaydi, urug‘i avgustda etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |