Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot yassi,tuxumsimonurug‘dan iborat. Urug‘ning bir uchi ingichka, ikkinchi tomoni esa enli va yumaloq, usti silliq, yaltiroq va sarg‘ish-qo‘ng‘ir rangli bo‘ladi. Agar urug‘ning ustki ko‘rinishi yaltiroq bo‘lmasa, u pishmagan - sifatsiz hisoblanadi. Mahsulot hidsiz, shilliq, yog‘ga o‘xshagan mazali bo‘lib, suvga solganda usti shilliqlanadi va suv tagiga cho‘kadi.
XI DF ga ko‘ra, mahsulot namligi 13%, umumiy kuli 6%, o‘simlikning boshqa qismlari (ko‘sakcha, meva bo‘lakchalari, meva bandi, ezilgan mevalar) 1% dan, organik aralashmalar 2% dan va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |