1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet49/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Mahsulot tayyorlash. Mahsulotni iyun oyidan oktyabrgacha yiriko‘simliklardan (ikki yildan ortiq bo‘lmagan) 5-6 m uzunlikdagi maxsus xaskash, tayoq va boshqa asboblar yordamida qayiqda yurib yig‘iladi. Ko‘pincha dengiz to‘lqini bilan qirg‘oqqa chiqib qolgan yangi (qirg‘oqda turib qolgan emas) laminariyalar yig‘ib olinadi, qirg‘oqdagi aralashmadardan tozalanadi va quyoshda quritiladi.

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Laminariya turlarining tallomiqalin, uzunligi 10-15 sm dan, eni 5-7 sm dan, qalinligi 0,03 sm dan kam bo‘lmagan tekis yoki to‘lqinsimon qirrali, yashil-qora, to‘q yashil yoki qizil-qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos hidli va sho‘rroq mazaga ega, mo‘rt plastinkalardan iborat.

Dorixonalarga teshigining diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan yirik kukun (poroshok) holida keladi. XI DF ga ko‘ra, butun mahsulotda yod miqdori 0,1 % dan, polisaxaridlar 8 % dan kam, namligi 15 % dan, umumiy kuli 40 % dan, sarg‘aygan qirrali tallomlar 10 % dan, mineral aralashmalar 0,5 % dan, qumlar 0,2 % dan ortiq va organik aralashmalar (suv o‘tlarining boshqa turlari, o‘tlar, qisqichbaqalar zararlagan tallomlar va boshqalar) butunlay bo‘lmasligi kerak. Maydalangan mahsulotda yuqoridagilardan tashqari, teshigining diametri 3 mm di elakdan o‘tmaydigan qismlar 5 % dan oshmasligi lozim.




Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling