Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida2,63 %gacha tussilyagin va bashqaachchiq glikozidlar hamda gallat, olma va vino kislotalari, sterinlar, inulin, efir moyi, 70-251 mg % vitamin S, 5,18 mg % karotinoidlar, 0,25% flavonoidlar, alkaloidlar, saponinlar,8,46-9,61 % oshlovchi, 7-8 % shilliq va boshqa moddalar bo‘ladi, Oqqaldirmoq o‘simligining gul to‘plami tarkibida stigmasterin va boshqa sterinlar, faradiol, flavonoidlar (0,36 % rutin, 0,28giperozid) hamda 172-253 mg % vitamin S bo‘ladi.
Ishlatilishi. Oqqaldirmoq o‘simligining dorivor preparatlariyumshatuvchi, balg‘am ko‘chiruvchi va dezinfeksiya qiluvchi hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. SHuning uchun ular bronxit, laringit va o‘pka kasalliklarida balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |