Geografik tarqalishi.Elim olinadigan astragallar Turkmaniston(Kopet-dog‘), Tojikiston (Pomir), O‘zbekiston, Armaniston va Ozarbayjonning tog‘li tumanlarida, dengiz sathidan 1000-1400 m balandlikda o‘sadi.
Mahsulot tayyorlash. Elim olish uchun o‘simlik tanasini pichoq yokiboshqa asbob bilan shamol turmagan vaqtda tilib qo‘yiladi. Bunda o‘simlik tanasidan oqib chiqqan suyuqlik havoda qotib, elim hosil qiladi. O‘simlik tanasi shamol turgan paytda tilinsa, oqib chiqqan suyuqlik tuproq, qum va boshqalar bilan ifloslanishi mumkin. Po‘stloqni tilib qo‘yilganidan 5-6 kun o‘tgach, hosil bo‘lgan elim yig‘ib olinadi va navlarga ajratiladi.
Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Astpagal elimi turli shakldagibo‘laklardan iborat. YUqori navi oq rangli, mo‘rt, past navi sariq yoki qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, qiyin sinadi. Tragakant qiyinlik bilan kukunga (poroshokka) aylanadi. Uni kukunga (poroshokka) aylantirish uchun 400 da qizdirib (yuqori haroratda sarg‘ayib ketadi), temir havonchada yanchiladi. Tragakant kukuni (poroshogi) 50-80 qismgacha suvni shimib oladi. Kimyoviy tarkibi. Tragakant tarkibida60-70 %bassorin, 8-10 %arabin, kraxmal, kletchatka, organik kislotalar hamda bo‘yoq, shilliq va azotli moddalar bo‘ladi. Ishlatilishi. YUqori navli(oq rangli)tragakant farmatsevtikada habdori tayyorlashda (biriktiruvchi modda sifatida) va emulsiya tayyorlashda emulgator sifatida, past navlari (sariq yoki qo‘ng‘ir rangli) esa texnikada ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |