Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.Tayyor mahsulot dumaloq(quritilganiburishgan), yaltiroq, qizil rangli mevadan iborat. Mevaning yuqori qismida kosacha barg qoldig‘i saqlanib qoladi. Mevada 2-7 ta o‘roqsimon egilgan urug‘lar bo‘ladi. Mahsulot achchiq-nordon mazaga ega. XI DF siga ko‘ra, meva namligi 18 % dan, umumiy kul miqdori 5 % dan, qoraygan va biroz kuygan mevalar 3 % dan, pishib etilmagan (och-sariq va sariq rangli) mevalar 2 % dan, o‘simlikning boshqa qismlari (shoxchalar, barglar va meva bandi) 0,5 % dan, bandli mevalar 3 % dan, organik aralashmalar 0,5 % dan va mineral aralashmalar 0,2% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |