1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja
Download 476.38 Kb.
|
Илмий изланиш 96522
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografik tarqalishi.
- Mahsulotning tashqi ko‘rinishi.
Dorivor preparatlari. CHakanda moyi.
Tirnoqgul guli - Flores Salendulae O‘simlikning nomi. Dorivor tirnoqgul- Calendula officinalis L.; astradoshlar - Asteraceae (murakkabguldoshlar - Compositae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 30-50 (ba’zan 60) sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Ildizi shoxlangan o‘q ildiz. Poyasi qattiq, tik o‘suvchi, asos qismidan boshlab shoxlangan, qirrali bo‘lib, yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, bandli, cho‘ziq - teskari tuxumsimon, sertuk, poyada ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori qismidagi barglari bandsiz, tuxumsimon yoki lansetsimon, gullari savatchaga to‘plangan. Mevasi - pista. Iyun oyidan boshlab, kech kuzgacha gullaydi, mevasi iyuldan boshlab etiladi. Geografik tarqalishi. Bizda yovvoyi holda o‘smaydi.Manzaralio‘simlik sifatida Moldova, Ukraina, Rossiyaning Ovro‘po qismining janubiy tumanlarida hamda Kavkazda, dorivor o‘simlik sifatida esa Krasnodar o‘lkasida, Poltava va Moskva viloyatlarida o‘stiriladi. Mahsulot tayyorlash. Gullari qiyg‘os ochilgan vaqtda(savatchagato‘plangan tilsimon gullari gorizontal turgan davrda) savatchalar bandsiz qirqib olinadi. Gullarni yoz bo‘yi, 10-20 martagacha yig‘ish mumkin. Yig‘ilgan mahsulot soya erda quritiladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot diametri5sm(3-8sm) bo‘lgan gulbandsiz yoki 3 sm dan oshiq bo‘lmagan bandli sariq yoki to‘q sariq rangli butun savatchalardan tashkil topgan. Savatchaning o‘rama barglari kulrang-yashil tusli, bir-ikki qavat joylashgan bo‘lib, tor lansetsimon shaklli va o‘tkir uchli. Gul o‘rni yassi, biroz botiq va tuksiz. Savatcha chetidagi tilsimon gullari 25-250 ta, 2-3 qator (maxsus navlarida 15 qatorgacha) bo‘lib, yuqori qismida 2-3 tishchasi bor. Savatchaning o‘rtadagi gullari naychasimon, besh tishli. Mahsulot kuchsiz, yoqimli hidga hamda biroz sho‘r va achchiq mazaga ega. XI DF ga ko‘ra, mahsulot namligi 14 %, umumiy kuli 11 %, 10 li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2 %, gul bandining qoldiqlari, jumladan, tahlil vaqtida savatchalardan ajratilgan gul bandlari 6 % dan, gullari to‘kilib ketgan savatchalar 20%, qo‘ng‘ir rangga aylangan savatchalar 3%, poya va barg aralashmalari 3 %, organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 0,5 % dan oshmasligi hamda 70 % spirt yordamida ajratib olingan ekstrakt moddalari 35 % dan kam bo‘lmasligi lozim.
Download 476.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling