1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet85/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Geografik tarqalishi.Yo‘l yoqalarida,ariq bo‘ylarida,nam va salqino‘rmonlarda, aholi yashaydigan erlarga yaqin joylarda, butalar orasida va boshqa erlarda o‘sadi. Asosan Moldova, Ukraina, Belorus, Rossiyaning Ovro‘po qismida, Kavkazda, Sibirda, Uzoq SHarqda, O‘pta Osiyoda va Qozog‘istonda uchraydi. Mahsulot asosan Boshqirdistonda, Volga daryosining o‘rta qismidagi tumanlarda, Rossiyaning markaziy viloyatlarida, Ukraina, Belorus va SHimoliy Kavkazda tayyorlanadi.

Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullaganda faqat barglari(qo‘lqopkiyib) terib olinadi. Ko‘pincha gazanda o‘simligining er ustki qismini o‘rib olib, so‘litiladi, so‘ngra bargini qo‘l bilan terib olinadi. O‘simlik so‘litilganda uning achituvchi xususiyati yo‘qoladi. Soya erda quritiladi. Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot keng tuxumsimonshaklli, sertuk, o‘tkir va yirik arrasimon qirrali, o‘tkir uchli bargdan iborat. Bargi to‘q yashil rangli bo‘lib, uzunligi 4-17 sm, eni 3,5-7 sm (pastki qismi bo‘yicha). Mahsulotning o‘ziga xos hidi va achchiq mazasi bor.

XI DFga ko‘ra mahsulot namligi 14 %, umumiy kuli 20 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2 % dan, qoraygan va qo‘ng‘ir rangga aylangan barglar 5%, o‘simlikning boshqa qismlari aralashmasi (poya, gul to‘plamlari va boshqalar) 5 %, organik aralashmalar 2 % va mineral aralashmalar 1 % dan oshmasligi lozim. Butun mahsulot uchun teshigining diametri 3 mm li elakdan o‘tadigan mayda bo‘lakchalar 10 % dan, qirqilgan mahsulot uchun: teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan qismlar 10 %, teshigining diametri 1li elakdan o‘tadigan mayda bo‘lakchalar 15 % dan oshiq bo‘lmasligi lozim. Mahsulotga quyidagi o‘simliklarning bargi aralashib qolishi mumkin:oq lamium (Lamiumalbum L. yasnotkadoshlar oilasiga kiradi). Bu o‘simlik bargi bir xil tartibda almashib turuvchi mayda va yirik tishsimon qirrali bo‘lishi, yirik achituvchi tuklari bo‘lmasligi va mikroskopik tuzilishida sistolitlari yo‘qligi bilan ajralib turadi.

Achituvchi gazanda (Urtica urens L. ). Bu o‘simlikning bargi mayda, chuqurroq qirqilgan, to‘mtoq tishsimon qirrali bo‘ladi. Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida100-1600mg%vitamin S, 4,52-7,58 mg % vitamin K1 (l g mahsulotda 400 biologik birlikkacha) va V2, 14-50 mgkarotinoidlar, pantoten va chumoli kislotalar, urtitsin glikozidi,protoporfirin va koproporfirin, sitosterin, gistamin, 2-5 % gacha xlorofill, flavonoidlar (kversetin, izoramnetin, kempferol va ularning glikozidlari), fenol (kofe, ferul, n-kumar) kislotalar, oz miqdorda (2 % dan ortiqroq) oshlovchi hamda boshqa moddalar bo‘ladi. Ishlatilishi. CHayono‘t o‘simligining preparatlari qon ivishinitezlatuvchi va bachadonni tonuslovchi ta’sirga ega. SHuning uchun ular bavosil kasalligida hamda akusherlik-ginekologiya amaliyotida qon to‘xtatuvchi dori sifatida, varikoz surunkali yaralarni davolashda, gipo- va avitaminoz kasalliklarida qo‘llaniladi. Bargdan olingan urtifillin preparati yaralarni va kuyganlarni davolash uchun ishlatiladi. Bargdan ajratib olingan xlorofill esa oziq-ovqat sanoatida va farmatsevtika amaliyotida bo‘yoq modda sifatida ishlatiladi.




Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling