Dorivor preparatlari. Damlama,suyuq va quyuq ekstraktlar,bargbriketi, urtifillin preparati (4 % li surtma emulsiya holida). Mahsulot me’da-ichak kasalliklarida hamda qon to‘xtatish uchun ishlatiladigan choy-yig‘malar tarkibiga kiradi.
Makkajo‘xori onalik gulining ustunchasi bilan og‘izchasi - Stylietstigmatazeaemaydis - kukuruznыe rыlsa.
O‘simlikning nomi. Makkajo‘xori- Zea mays L.;boshoqdoshlar– Roaseae (Gramineae) oilasiga kiradi. Bir yillik, bo‘yi 1-3 m (ba’zan 5 m) ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, silindrsimon, bo‘g‘inli, ichi g‘ovak. Bargi oddiy, keng lansetsimon- chiziqsimon yoki lansetsimon bo‘lib, poyada qini bilan ketma-ket o‘rnashgan. O‘simlik bir uyli, gullari bir jinsli. CHangchi (otalik) gullari poyaningyuqori qismida ro‘vakka, urug‘chi (onalik) gullari esa poya qo‘ltig‘ida so‘tagato‘plangan. Mevasi - donacha.
Avgust - sentyabrda gullaydi, mevasi sentyabr - oktyabrda etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |