Geografik tarqalishi. O‘zbekiston va Tojikiston respublikalarida yarimcho‘l va shag‘alli qiya tog‘ bag‘irlarida o‘sadi. O‘zbekistonning Samarqand, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida uchraydi.
O‘simlik Sobiq Ittifoq va O‘zbekiston «Qizil kitobi»ga kiritilgan. SHuning uchun mahsulot yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklardan tayyorlanmaydi, faqat ekilgan plantatsiyalardan yig‘iladi.
Mahsulot tayyorlash. O‘simlik qiyg‘os gullaganida poyasi o‘rib olinadi(bu vaqtda poyadagi pastki barglar qurib, to‘kilib ketadi) va quritiladi. O‘simlik qurigandan so‘ng uni silkitib, gullari va qisman bargi yig‘ib olinadi. Poyasi tashlab yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |