1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja


Download 476.38 Kb.
bet92/295
Sana06.11.2021
Hajmi476.38 Kb.
#171357
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   295
Bog'liq
Илмий изланиш 96522

Geografik tarqalishi. Sobiq Ittifoqning uzoq SHimol va cho‘l tumanlaridan tashqari barcha aholi yashaydigan erlarda, yo‘l yoqalarida, o‘tloqlarda va begona o‘t sifatida ekinlar orasida o‘sadi. Mahsulot Ukraina respublikasida hamda Volga bo‘yi tumanlarida yig‘iladi.

Mahsulot tayyorlash. O‘simlik gullashi va mevasi etilishi davridaildizi bilan sug‘urib olinadi. Ildizini (ba’zan ildizoldi barglari bilan) tashlab yuborib, qolgan qismini soya joyda quritiladi.

Mahsulotning tashqi ko‘rinishi. Tayyor mahsulot poya,barg,gul va xommeva aralashmalaridan iborat. Poyasi siyrak bargli, shoxlanmagan yoki shoxlangan, qirrali, tuksiz yoki tuklar bilan qoplangan, uzunligi 20-50 sm bo‘ladi. Ildizoldi barglari (agar mahsulotda bo‘lsa) cho‘ziq lansetsimon, band tomoniga qarab torayib boruvchi, kemtik tishsimon qirrali yoki patsimon kesik, ba’zan tekis qirrali bo‘ladi. Poyasidagi barglari mayda, lansetsimon,tekis qirrali bo‘lib, bandsiz ketma-ket o‘rnashgan. Gullari oqimtir rangli, shingilga to‘plangan. Kosacha va tojbarglari 4 tadan, otaligi 6 ta, shundan 2 tasi kalta, onalik tuguni 2 xonali, yuqoriga joylashga. Mevasi teskari uchburchak yoki teskari uchburchak yuraksimon qo‘zoqcha. Mevasining uzunligi 5-8 mm, eni 4-5 mm.

Mahsulot kuchsiz, o‘ziga xos hidli bo‘lib, mazasi achchiq.

XI DFga ko‘ra, mahsulot namligi 13 %, umumiy kuli 10 %, 10 % li xlorid kislotada erimaydigan kuli 2 %, organik aralashmalar 2 % va mineral aralashmalar 1 % dan oshiq bo‘lmasligi kerak.

Butun mahsulot uchun: teshigining diametri 1 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 2 % dan, ildizidan ajratilmagan poyalar yoki ayrim holdagi ildizlar, sarg‘aygan barglar va zamburug‘ bilan zararlangan o‘simlik bo‘laklari 3 %, qirqilgan mahsulot uchun: teshigining diametri 7 mm li elakdan o‘tmaydigan yirik qismlar 10 % dan, teshigining diametri 0,5 mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan maydalangan qismlar 10 % dan oshiq bo‘lmasligi lozim. 70 % li spirtda eruvchi ekstrakt moddalar miqdori 10 % dan kam bo‘lmasligi kerak.


Download 476.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling