1-Ma’ruza. Kirish. Hayot faoliyat xavfsizligi kursining mazmuni, maqsadi va vazifalari Reja


Download 276.63 Kb.
bet1/5
Sana01.04.2023
Hajmi276.63 Kb.
#1316219
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Маъруза

1-Ma’ruza. Kirish. Hayot faoliyat xavfsizligi kursining mazmuni, maqsadi va vazifalari Reja:

1.Kirish. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha. 2.Hayot faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi va vazifalari.


3. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining tarkibiy qismlari va ularning tekshirish obyektlari.
Tayanch so’z va iboralar: Hayot faoliyati, Atrof-muhit, texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish, texnosfera, biosfera, litosfera, gidrosfera, planeta, avariyasiz holat, jarohatlanishning oldini olish, insonlar sog‘ligi, sanitar-gigiyenik meyorlar, texnik vositalar, xavfsizlik, zararli va xavfli omillar, ta’siri, himoya vositalari, normal sharoitlar, ish qobiliyati.

1.Kirish. Hayot faoliyati xavfsizligi haqida tushuncha.


Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarni, jumladan ishchi va xizmatchilarning ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda.
Inson tug‘ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bо‘ladi. Inson о‘zining yashash, dam olish, sog‘ligi haqida qayg‘urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bо‘lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari О‘zb.R. Konstitusiyasida kafolatlangan.
Ta’lim jarayonida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta’lim tо‘g‘risidagi Qonunlar asosida ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishildi. Ta’lim mazmuni tubdan ijobiy о‘zgarishga yuz tutmoqda. Ta’lim tizimining barcha tizimida eng zamonaviy о‘qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish ham eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda. Ijtimoiy hayot tarzi faollashmoqda. Yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng qamrovli ma’lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda о‘z aksini va dolzarbligini yо‘qotmaydigan bо‘lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta’lim standartlari qо‘ygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda. Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini yetuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi о‘ringa qо‘yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bо‘lishi shubhasiz.
Fan hayotda xavfsiz va sog’lom faoliyati sharoitlarini yaratish, ularning zamonaviy texnika taraqqiyoti darajalarini baholashga o’rgatish va taraqqiy etgan texnologik jarayonlarni atrof-muhit bilan ya’ni tabiiy ekologik muhit bilan muvozanatda bo’lish qoidalariga o’rgatish, zamon talabi boyicha ish joylarini tashkil qilish, bo’lishi mumkin bo’lgan avariya holatlarini oldindan belgilash va ularga qarshi kurash chora-tadbirlariga tayyorgarlik ishlarini bajarish, shuningdek, tabiiy ofatlar va fuqarolar mudofaasi masalalari boyicha mustaqil yechimlarni topish imkoniyatlarini yaratish uchun ish olib boradi.
Bu fan quyidagi asosiy masalalarni yechadi:

  • atrof muhitning noqulay ta’sirlarini turkumlaydi (aniqlaydi va sonli baholaydi);

  • insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta’sirini oldini oladi;

  • xavfli va zararli omillarni ta’siri salbiy oqibatlarini tugatish;

  • muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish.

Hayot faoliyat xavfsizligi quyidagi masalalarni kо‘rib chiqadi:

  • maishiy muhitdagi xavfsizlik;

  • ishlab chiqarish muhitidagi xavfsizlik;

  • shahar muhitidagi hayot faoliyat xavfsizligi;

  • atrof muhitdagi xavfsizlik;

  • tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda holatlar.


Download 276.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling