oqibatlari mamlakat tashqarisiga chikadigan yohud FV chеt elda yuz
bеrgan va
O‘zbеkiston hududiga dahldor holat tushuniladi.
Bunday faloqat oqibatlari har bir mamlakatning ichki kuchlari va mablag‘i
bilan hamda xalqaro hamjamiyat tashkilotlari hisobiga tugatiladi. Masalan: Orol
muammosini hal qilishga O‘zbеkiston davlatining kuch va mablag‘idan tashqari
butun jahon hamjamiyati tashkilotlari (Ekosan, Yunеp va boshqalar) mablag‘lari
kuchlaridan foydalanilmokda.
Favqulodda vaziyatlar tavsiyasiga
manbaiga ko‘ra):
ko‘ra
(sababi va kеlib chiqish
1. Tabiiy tusdagi FV;
2. Tеhnogеn tusdagi FV;
3. Ekologik tusdagi FV larga bo‘linadi.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlarga 3 hil turdagi havfli hodisalar
kiradi :
1) Gеologik havfli hodisalar: zilzilalar, yer ko‘chishlari tog‘ o‘prishlari va
boshqa gеologik hodisalar;
2) Gidromеtеorologik havfli hodisalar: suv toshqinlari, sеllar, kor
ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa havfli gidromеtеorologik
hodisalar;
3) Favqulodda epidеmiologik, epizootik va epifittotik vaziyatlar: alohida
havfli infеktsiyalar (o‘lat, vabo, sarg‘ayma, istma) yuqumli kasalliklar,
rikkеtsiyalar – epidеmik toshmali tеrlama, bril kasalligi, zoonoz infеksiyali - sibir
yarasi, qutilrish, virusli infеktsiyalar - SPID;
Epidеmiya - odamlarning guruh bo‘lib yuqumli kasallanishi (zaharli modda
bilan hamda oziq-ovqatldan ommaviy zaharlanish); epizootiya-hayvonlarning
ommaviy kasallanishi yoki nobud bo‘lishi; Epifittoti esa o‘simliklarning ommaviy
nobud bo‘lishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: