1 ma`ruza. Kirish. Hayot faоliyati хavfsizligini ta`minlash asоslari


 Mehnat jarayonida inson ishlash qobiliyatining pasayishi va


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/75
Sana25.12.2022
Hajmi0.89 Mb.
#1066119
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Bog'liq
HFHmajmua

4. Mehnat jarayonida inson ishlash qobiliyatining pasayishi va
 
zo`riqishi
 
Pasayish - bu mehnat qilish mobaynida va bajarilgan ishdan so`ng organizm
ishlash qobiliyatining susayishiga olib keladigan fiziologik holatdir Uning
obyektiv belgisi - mehnat jarayonining pasayishi, subyektiv belgisi esa - toliqishni
xarakterlaydi, ya‘ni ishni davom ettirishni xohlamaslik va hattoki, ishlashni 
umuman to`xtatishni xohlaydi. Ish jarayonida inson yetarli darajada dam olmasligi
ishning uzoq va og‗ir kechishi - zo`riqishning asosini tashkil etadi. Bundan 
tashqari, ishning noqulayligi va ovqatlanish tartibining buzilishi ham zo`riqishning
kuchayishiga olib keladi (masalan: bajarolmaydigan ishlarni bajarishga qilingan
harakatlar.) Zo`riqishning belgilari: asab tizimining buzilishi, xotiraning susayishi
va boshqa belgilar. Bu kabi zo`riqishlarning ortishi oqibatida insonda bosh og`riqi,
uyqusizlik, ishtahaning pasayishi va asabiylasnish jarayonlari kuzatiladi. Mehnat
jaravonlaridagi doimiy (surunkali) zo`riqish organizmning kuchsizlanishiga, tashqi
ta‘sir omillariga ко`rsatadigan qarshilikning kamayishiga olib kelib oqibatda turli 
xil jarohatlar va kasalliklar yuzaga keladi. Masalan: og`ir yuk ortadigan yoki
tushiradigan kishilar mehnati. Bunda ko`proq asab kasalliklari avj oladi. Statistik
ma'lumotlarga qaraganda ishlab chiqarish jarayonlaridagi gigiyemk sharo.tlarning


yetarli darajada bo`lmasligi ishchilar orasida asab kasalliklarining ko`payishiga
sabab bo`lmoqda
Pasayish profilaktikasi. Insonning mehnat qiiish faoliyatida xavfsiz mehnat
sharoitmi yaratish va mehnat hordig‗ini chiqarish tadbirlarinine to`g'ri tashkil 
qilinganligi pasayish profilaktikasining asosini tashkil etadi Bunday mehnat
qilish sharoitlari katta jismoniy kuch talab qilinadigan hamda zararli va xavfli ish
sharoitlarida ishlaydiganlar uchun bu muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan,
kimyo, neftni qayta ishlash, tsement ishlab chiqarish, mashinasozlik va boshqa
sanoat tarmoqlaridagi mehnat faoliyatlarini aytish mumkin.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling