1-ma`ruza Kirish. Mikrobiologiya fani va u echadigan muammolar. Reja
Download 25.2 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 mavzu
1-ma`ruza Kirish.Mikrobiologiya fani va u echadigan muammolar. Reja: 1.Mikrobiologiya fani va uning vazifalari. 2.Mikrobiologiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi. Adabiyotlar Mudretsova –Viss K.A. Mikrobiologiya.- M.: ekonomika.1985. 2.Trushina T.P. Osnovi mikrobiologii , fiziologii pitaniya i sanitarii dlya obshestvennogo pitaniya. –Rostov na Donu: «Feniks», 2000.-384s. 3.Mudretsova-Viss K.A.,Dedyuxina V.P. Mikrobiologiya, sanitariya i gigiena: uchebnik.-M.: ID «Forum»:-2008.-400s. 4.Verbina N.M.,Kaptereva YU.V. Mikrobiologiya pishevix proizvodstv.-M.:Agropromizdat,1988.-256s. 5.Jarikova G.G. Mikrobiologiya prodovol’stvennix tovarov.Sanitariya i gigiena. M. «Akademiya », 2007 . -304 s. 6. Hakimova SH. I. Oziq- ovqat mikrobiologiyasi. T: “O`zbekiston”. 2005.-304 bet. Mikrobiologiya (grekcha "mikros" - kichik, bios - hayot, logos - bilim) biologik fanlardan biri bo`lib hisoblanadi. Bu fan faqatgina maxsus uskuna - mikroskop yordamida ko`rib bo`ladigan tirik organizmlarning tuzilishi, yashash sharoiti va hayot faoliyatini o`rganadi. Ularning kattaligi shu darajada kichikki, hatto bir grammning undan bir qismida ularning miqdori millionlab bo`lishi mumkin. SHuning uchun bu "jonivorlar"ni mikroorganizmlar deb ataydilar . Mikroorganizmlar dunyosi xilma xil. Ularning ko`pchiligi bir hujayrali bo`lib, ko`p hujayralilari ham uchraydi. Lekin ular tanasining tuzilishida organlar va tuqimalarini ajratib bo`lmaydi. Ayrim mikroorganizmlarning esa hujayralari ham bo`lmaydi. Ko`pchilik mikroorganizmlar quyi o`simliklar dunyosiga, ayrimlari esa quyi hayvonot dunyosiga taalluqli bo`ladi. Lekin tabiatda shunday mikroorgizmlar ham mavjudki, ularni na o`simliklar, na hayvonot dunyosiga kiritib bo`lmaydi. Mikroorganizmlar tabiatda nihoyatda keng tarqalgan bo`lib, ular suvda, tuproqda va havoda har xil holatlarda mavjud bo`ladilar. Ular odam va hayvonlarning tanasida, junda va ichaklarda, o`simliklarning sirtida va ichki qismlarida, bir so`z bilan aytganda, hamma joyida mavjud. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning aksariyat qismi, xuso`san biotexnologik jarayonlar mavjud bo`lgan sohalarda, mikroorganzmlarning hayot faoliyati bilan bog’liq. SHu bilan birga oziq-ovqat mahsulotlarining bo`zilishiga to`liqligicha mikroorganizmlar sababchi. Oziq-ovqat mahsulotlari - sharob, non, sut mahsulotlari, spirt, xamirturush, ko`pchilik organik (sut, moy, limon) kislotalari mikroorganizmlar hayot faoliyatining mahsulidirlar. Ko`rramizda hayotning mavjudligi va evolyutsiya qonunlarining muqarrarligida mikroorganizmlarning roli nihoyatda katta. Er osti qazilma boyliklari - neft, kumir, gaz, torf, ayrim rudalarning paydo bo`lishi ham mikroorganizmlarning hayoti bilan bog’liq. Ular tabiatdagi hayotiy zarur modda almashinuvini sodir qiladilar desa, aslo mubolag’a bo`lmaydi. Tirik organizmlar - o`simliklar, odam va hayvonlarni, ularning qoldiqlarini mikroorganizmlar yangi o`simliklar dunyosi qabo`l qila oladigan holatga keltiradilar. SHu bilan ular tabiatda tirik organizmni va noorganik dunyoni aylanma bog’liqligini tahminlab turadilar. Mikroorganizmlar hayot faoliyatidan tibbiyotda turli tuman dori-darmonlar ishlab chiqarishda foydalanadilar. Mikroorganizmlar yordamida har xil vaktsinalar, antibiotiklar va fermentlar ishlab chiqariladi. Mikroorganizmlardan qishloq xo`jaligida nihoyatda ko`p foydalaniladi. CHunonchi, chorva xujaliklari uchun silos bostirishda, tuproqda bog’langan azot moddalarini jamg’arish va shu yo`l bilan uning unumdorligini oshirishda, chorva chiqindilaridan yoqilg’i gaz olishda, qoldig’ini esa o`ta sifatli ug’itga aylantirishda, mol hazm qila olmaydigan qishloq xo`jaligi qoldiqlarini ozuqaga aylantirishda va shunga uxshash biotexnologik ishlarni bajarishda foydalaniladi. Download 25.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling