1-ma`ruza Kirish. Mikrobiologiya fani va u echadigan muammolar. Reja


Download 25.2 Kb.
bet2/2
Sana13.09.2023
Hajmi25.2 Kb.
#1677258
1   2
Bog'liq
1 mavzu

MIKROBIOLOGIYA FANI
RIVOJLANISHINING QISQACHA TARIXI

Inson qadim zamonlardan beri oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlashda mikrobiologik jarayonlardan foydalangan bo`lsada, tabiatda kuzga ko`rinmaydigan tirik organizmlar mavjudligini bilmagan holda o`tayotgan jarayonlarga turli-tuman talqinda bo`lib kelgan. CHunonchi, uzum sharbatining bijg’ishi, sutachitqi mahsulotlarining hosil bo`lishi, xamirning etilishi kabi ko`pgina jarayonlarning tub mohiyati antiqiy talqin etilgan.


Mikrobiologiya nisbatan yosh fan bo`lib, uning rivojlanishning boshlanishi XVII asr oxirlariga to`g’ri keladi.
Mikroorganizmlarni birinchi marotaba har tomonlama nazorat va talqin qilishni Antonio Levenguk (1632 - 1723 y) bajargan. U o`zi tayyorlagan va 200 - 300 marta kattalashtirish qobiliyatiga ega bo`lgan lupa yordamida mikroorganizmlarni kuzatgan. Antonio Levenguk o`zining "Antonio Levenguk ochgan tabiat sirlari" (1695 y) degan kitobida o`zi yaratgan "mikroskop" yordamida turli taomlar - gusht, sharoblar, yomg’ir suvi va shu kabi mahsulotlarda ko`rgan "jonivorlar"ni nafaqat tahriflab bergan, balki ularning ko`rinishini chizgan ham.
Antonio Levengukning ixtirosi juda katta shovqin-so`ronga sabab bo`lsada, XVII – XVIII asrda sanoat va qishloq xo`jaligining sekin o`sishi, tabiiy fanlar rivojlanishida sxolastik oqimning hukumronligi bu asrlarda mikrobiologiya fanining yuksalishida to`siq bo`ldi. Olimlar faqatgina mikroorganizmlarning tashqi tuzilishini o`rganish bilan uz ilmiy izlanishlarini chegaralab quygan edilar. Bu davrni mikrobiologiya fani rivojlanishining morfologik va natijasi kam davri deb hisoblaydilar.
Faqatgina 1875 yilga kelib M.M. Terexovskiy mikro-organizmlarga haroratning, ayrim kimyoviy moddalarning ta`sirini o`rgandi. U birinchi marotaba o`rganishning eksperimental usulini qulladi. M.M. Terexovskiy ilmiy izlanishlari nihoyatda katta ahamiyatga ega bo`lsada, ehtiborsiz qoldi.
SHunday qilib uzoq yillar mikroorganizmlarning inson hayoti uchun roli ochilmay qoldi.
XIX asrda tabiiy fanlarga va texnikaning rivojlanishiga olib kelgan sanoatning keskin o`sishi mikrobiologiya fanining ham rivojiga dalda bo`ldi. Bu fan mikroorganizmlarning tuzilishini o`rganishdan ularning hayot faoliyatini va mahsulot sintez qilishini o`rganishga kuchdi. SHunday qilib bu "jumboqli" organlarning tabiatda va inson hayotida o`rni o`rgana boshlandi. Mikroskoplarning yanada takomillashgan xillari paydo bo`ldi, mikroskopda o`rganish texnikasi takomillashdi. Mikrobiologiya fani rivojlanishining yangi - fiziologik davri boshlandi. Bu davr hozirgi zamon mikrobiologiyasining asoschisi frantsuz olimi Lui Paster (1822-1895yy) nomi bilan bog’langan. U mikroorganizmlar bir biridan faqat tashqi ko`rinishi bilan farqlanib qolmasdan, balki hayot faoliyatining xilma-xilligi bilan farqlanishini isbot qildi. Ular uz hayot faoliyatida yashayotgan muhitiga ta`sir etib turli biokimyoviy o`zgarishlarni paydo qiladi.
Lui Paster nomi bilan nihoyat muhim ixtirolar bog’liq. CHunonchi, u birinchi marotaba oziq-ovqat mahsulotlarining bo`zilishini mikroorganizmlar hayot faoliyati bilan bog’liqligini isbot qilib berdi. YOki, aynan Lui Paster, uzum sharbatini bijg’ishi natijasida spirt va karbonat angidridini mikroorganizmlarining ma`lum turi – achitqi zamburug’lari hosil qilishini hech inkor etib bo`lmaydigan darajada aniqlab berdi. SHu bilan Libixning bijg’ish jarayoni kimyoviy jarayon degan nazariyasiga chek quyildi. Lui Paster sharob va pivoning bo`zilishiga mikroorganizmlar gunohkor ekanligini va bu jarayonning oldini olish uchun bu mahsulotlarga issiqlik ishlovi berilishi lozimligini isbot qildi. Oziq-ovqat mahsulotlarini uzoq muddat saqlab turishini tahminlaydigan issiqlik ishlovi berish jarayonini yaratdi va bu jarayon uning nomi bilan pasterizatsiyalash deb ataldi.
Paster birinchi marotaba tabiatda havo bo`lmagan joyda, ya`ni kislorodsiz sharoitda ham yashay oladigan mikroorganizmlar mavjudligini aniqladi. Odam va hayvonlar yuqumli kasalliklarining tabiatini Paster aniqlagan. Kasalliklarning bu turlari mikroorganizmlar tomonidan paydo qilinishi va har bir mikrob ma`lum kasallikni quzg’atishini isbot qilgan. Paster kasalliklarning oldini olish usullarini ishlab chchiqqan va ilmiy nuqtai-nazardan asoslagan. Quturish va kuydirgi tayoqchasiga qarshi vaktsinalarni tayyorlagan.
Mikrobiologiya fanining rivojlanishiga nemis olimi Robert Koxning (1843-1910 yillar) xizmatlari nihoyatda katta. U ilk bor qotirilgan ozuqa muhitlarini mikrobiologiya amaliyotida tadbiq etdi. Aynan shu usul tabiatdan toza madaniylashgan mikroorganizmlarni, ya`ni alohida turdagi mikroorganizmlarning ayirboshlashni tahmin etdi. Bu esa ilgari ma`lum bo`lmagan mikroorganizmlarning hayot faoliyatini o`rganishga imkoniyat to`g’dirdi. Kox ko`pchilik yuqumli kasalliklar (sil, kuydirgi taeqcha-si, vabo va sh.u.) larni quzg’atuvchi mikroorganizmlarni o`rgandi.
Rus olimlaridan I.I. Mechnikov (1845 - 1916 yillar) mikroorganizmlarning fagotsitar xususiyati – immunitet nazariyasi, ya`ni organizmlarning yuqumli kasaliklarga nisbatan qabo`l qilmaslik qobiliyati nazariyasini yaratdi. U Rossiyada birinchi bakteriologik laboratoriyani tuzdi.
Mikrobiologiya rivojlanishida S.N. Vinogradarskiy (1856-1953 yillar) ning xizmatlari katta. U nitritlanish jarayonini o`rgandi, havodan karbonat angidridini olib organik moddalar hosil qilish jarayonida ammiakning azot kislotasigacha oksidlanishi reaktsiyasida hosil bo`ladigan energiyadan foydalanadigan mikroorganizmlar mavjudligini aniqladi. SHu yo`l bilan karbonat angidridini xlorofillning ishtirokisiz assimillyatsiya qilish mumkinligi isbot qilindi. Bu jarayon yashil o`simliklar fotosintezidan ularoq xemosintez deb ataldi.
S.N. Vinogradarskiy anaerob mikroorganizmlar tomonidan atmosferadagi azotni fiksatsiya qilinishi mumkinligini ixtiro qildi.
S.N. Vinogradarskiy uz ilmiy ishlarida mikroorganizmlar uchun elektiv ozuqani, ya`ni aynan ma`lum tur mikroorganizmlar o`zlashtira oladigan ozuqani, ishlatish usulini yaratdi. Bu usul keyinchalik mikrobiologiyaning ko`pgina sohalarida qullana boshlandi.
1930 yilga kelib S.P. Kostichev va V.S. Butkevichlar mikroorganizmlar hayot faoliyatidan foydalanib organik kislotalar sintez qilish mumkinligini isbot qildilar. Ularning ilmiy izlanishlari natijasida limon kislotasi ishlab chiqarilishi yo`lga quyildi. Keyinchalik V.N. SHaposhnikov va A.YA. Monteyfellar bakteriyalar yordamida sut kislotasi ishlab chiqarishni yo`lga quydilar. V.N. SHaposhnikov va F.M. CHistyakovlar esa 1930 yillarda korxona sharoitida bakteriyalar yordamida atseton va bo`til spirti ishlab chiqara boshladilar.
1962-1970 yillarda akademik N.D. Iero`salimskiy mikroorganizmlar hayot-faoliyatini boshqarish muammosi ustida ilmiy izlanishlar olib bordi. N.D. Iero`salimskiy birinchi bo`lib mikroorganizmlar hayotini shunday boshqarish mumkinki, u odam ehtiyoji uchun kerakli moddani sintez qilib berishga xizmat qilishi mumkinligini amaliy jihatdan isbot qildi.
Mamlakatimizda mikrobiologiya fanining rivojlanishi Uzbekiston Fanlar Akademiyasi huzo`rida 1965 yilda mikrobiologiya bo`limining ochilishi bilan bog’liq. Bu bo`limni biologiya fanlari doktori, professor S.A. Asqarova (1922-1997 yillar) tashkil qilgan. So`ngra 1977 yilda akademik A.A. Muzaffarov shu bo`lim asosida institut tashkil etgan.
Hozirgi kunda mikrobiologiya sohasida akademik M.E. Mavloniy, professor Q.D. Davronov, professor X.T. Salomovlar rahbarliklarida samarali ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Takrorlash uchun savollar
1.Mikrobiologiya so`zining ma`nosini tushuntirib bering.
2.Mikrobiologiya fanining vazifalari.
3.Mikrobiologiya fanining rivojlanish tarixi.
4.O`zbekistonda mikrobiologiya fanining rivojlanishi.


Tayanch iboralar
Mikrobiologiya, mikroorganizm, hujayra, prokariot, eukariot,biotexnologiya,jarayon.
Download 25.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling