Grafit rudasini flotatsiyali boyitish
Sanoat miqyosida grafit rudalarini flotatsiyalashda yig‘uvchi reagent sifatida kerosin (yoki neftg‘ mahsuloti) ishlatiladi. (uning sarfi 0.5dan 2.5kg/t ruda) odatda ko‘pik hosil qiluvchi-sosna yog‘i vaboshqalar qo‘shiladi. Rostlovchi reagentlar depressorlar asosidan rudada yengil flotatsiyalanuvchi minerallar turg‘un xolatga keltirilmasa (suyuq shisha-depressor yordamida yoki boshqalar) ko‘pik mahsulotidagi bir qism grafitni siqib chiqarib, uning kontsentratga ajralishini kuchli pasaytiradi.
Tangachasimon grafit rudasining kambag‘alligi va uning yaxshi flotatsiyalanishi, asosiy flotatsiyani kechishi uchun shunday imkon tug‘diradiki, bunda xomaki kontsentrat va tashlandiq chiqindi ajratib olinadi.
Odatda tangachasimon grafit rudasini ochish uchun juda mayda maydalash zaruriyati yo‘q. 0.8-0.6mm kattalikkacha yanchish flotatsiyada to‘liq ajralish uchun yetarlidir. Xomaki kontsentrat bir necha marotaba tozalanadi. Birinchi tozalash effektivligi odatda yuqori bo‘lsa, konditsion kontsentrat olinmaydi. Keyingi tozalashlar kontsentratni yanchimasdan o‘tkazilsa, unng sifati oshmaydi. SHuning uchun ham boyitish sxemasi bir necha marotaba kontsentratni yanchish operatsiyasi kiritiladiki, grafit tangachalari bilan jins usmalari parchalanishga erishiladi.
Tangachasimon grafit rudasini olti karra flotatsiyali tozalash, xomaki kontsentratni 3 marataba yanchish tipik sxemasi 1 suratda keltirilgan. Tozolash va yanchishlar soni ruda xususiyatiga ko‘ra va kontsentratga qo‘yiladigan talabga ko‘ra kamaytirilishi mumkin.
Tozalash va yanchishlar sonini oshirib kulchanligi 82% bo‘lgan rudalardan 4-5% mahsulot olish mumkin, ammo bunda qiyin yanchiladigan tangachalari kattaligi keskin pasayadi.
Nazorat savollari.
Grafit va uning fizik-kimyoviy xossalari?
Grafit rudalarining turlari?
Grafit rudalarini boyitish usullari?
Do'stlaringiz bilan baham: |