1-ma’ruza: Kirish sug‘orish, suv bilan ta’minlash va zax qochirishda quduqli nasos qurilmalarini o‘rni, axamiyati, vazifalari. Reja


Download 17.77 Kb.
Sana07.02.2023
Hajmi17.77 Kb.
#1175549
Bog'liq
1-maruza


1-ma’ruza: Kirish sug‘orish, suv bilan ta’minlash va zax qochirishda quduqli nasos qurilmalarini o‘rni, axamiyati, vazifalari.
Reja.

1. Quduqli nasos qurilmalaridan foydalanish


2. Zax qochirishda quduqli nasos qurilmalarini o‘rni
3. Quduqli nasoslarni ishlab chiqaruvchi firmalar


Tayanch iboralar; MDH, vertikal zovur, quduqli nasos, melioratsiya, qurulma, zax qochirish, arid zona, sho‘rlanish, sizot suv.
Hozirgi kunda Respublikamiz va chet el amaliyotida quduqli nasos qurilmalari suv chiqarishda asosiy va eng samarali jihoz hisoblanadi. Faqatgina qishloq xo‘jaligida mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida quduqlar soni 300 mingga yaqin.
Quduqli nasos qurilmalari melioratsiyada yer osti suvlarni suv sathini pasaytirishda, qurilishda, tog‘ ishlab chiqarishida, sug‘orishda va ichimlik suvi ta’minotida asosiy o‘rin tutadi.
Ko‘pgina hollarda ular suv uzatishning yagona jihozi hisoblanadi.
Quduqli nasoslarni ishlab chiqaruvchi ko‘zga ko‘ringan ushbu firmalar mavjud: “PLEUOER, QRUNDFORS, EMU, KSB” Germaniya, “ANTURIA, SAVR, RIIS” Italiya, “CENTRLIPTNUNOERS” Fransiya, “ MIZUBISI DENKI” Yaponiya, “ALROM” Turkiya, “RUDZTDZ” Polsha, IChB “Yujgidromash”, IChB “Maldov gidromash”.
O‘z vaqtida MDH larida nasos ishlab chiqaruvchi sanoatda quduqlar uchun A, AN, ATN, sTV va VP turdagi quduqli transmission valli artizan nasoslari ishlab chiqarilar edi, ammo ishonchliligi va FIK kamligi uchun ular keng ishlatilmadi. Shu sababdan hozirda ular o‘rnini botirilgan ESV turdagi elektronasoslar egalladi.
Hozirda O‘zbekistonda 8 mingga yaqin vertikal zovur va sug‘orish quduqli nasos qurilmalari mavjud.
1. 1 - jadval
Vertikal zovur va sug‘orish quduqlari haqida ma’lumot





Viloyatlar nomi

Soni

Vertikal zovur

Sug‘orish

1

Andijon

452

69

2

Buxoro

567

265

3

Jizzah

62

32

4

Qashkadaryo

306

1174

5

Navoiy

126

297

6

Namangan

228

798

7

Samarkand

41

385

8

Sirdaryo

382

142

9

Surxondaryo

84

73

10

Toshkent

39

11

11

Farg‘ona

1161

923




Jami

3448

4169

Quduqli nasos qurilmalari sug‘orish bilan kompleksda sug‘orilayotgan xududni loyihaviy meliorativ rejimini ta’minlashi lozim. Shuning uchun quduqli nasos qurilmalari ishonchliligini yetarli kafolatlash kerak.
O‘zbekiston Respublikasida hozirgi kunda sho‘rlangan yerlar sug‘oriladigan yerlarning deyarli 53 % ni tashkil qiladi. Shuni ta’kidlash kerakki, sho‘rlangan yerlar ekilgan ekinlar hosildorligini 20-80% gacha kamaytirish mumkin ekan. Zax qochirish melioratsiyasining vazifasi tuproqning unumdorligini oshirish maqsadida unda o‘simliklar uchun qulay suv rejimini va u bilan bog‘liq bo‘lgan tuz hamda ozuqa rejimlarini vujudga keltirishdan iborat.
To‘g‘ri tanlangan sharoit uchun yerlarning meliorativ holatini yaxshilashning samarali usullaridan biri bo‘lib botirilgan nasoslar bilan jihozlangan va yer osti suvlarini yuzaga chiqarib tashlaydigan vertikal zovur hisoblanadi. Vertikal zovur birinchi marta yerlar sho‘rlanishiga qarshi AQSh da 1918 yildan buyon ishlatila boshlandi. 1950 yilga kelib esa ularni soni 130 mingga yetdi. Hozirgi paytda vertikal zovur nafaqat AQSh, balki Misr, Xindiston, Jazoir va boshqa mamlakatlarda ham ishlatiladi. O‘zbekistonda 1966 yildan boshlab Mirzacho‘l, Farg‘ona vodiysi, Buxoro viloyati va keyinchalik esa Sherobod va Qarsh cho‘llarida ham ishlatila boshlandi.
Umuman, O‘rta Osiyo respublikalarida vertikal zovur 600 ming ga yerga qurilgan bo‘lib, 6 mingdan ko‘proq quduqdan foydalaniladi. Suv bilan ta’minlash bilan birga esa 18 ming donani tashkil qiladi.
Bundan tashqari, hozirgi kunda shahar va qishloqni ichimlik suv bilan ta’minlashda quduqli nasos qurilmalaridan keng qo‘llanilmoqda. Ular suv ta’minoti tizimining ajralmas bir qismi bo‘lib qolmoqda.
Bunga KZTlar salmog‘ining kattaligi tufayli erishilmoqda, zero bu tarmoq sug‘oriladigan xududdan eng katta miqdorda tuzlarni chetlashtirishga imkon bermoqda. Eng katta sizot suv sathining o‘rtacha chuqurligi 1,5 m bo‘lgan taqdirda ham yuvish–sug‘orish rejimi hisobiga tuproqda chuchuk qatlam xosil qilinadi va u muntazam ravishda yuvib turiladi. G‘o‘zaning ildiz tizimi amalda chuchuk sizot suv bilan ta’minlab turiladi. Bu esa suv quyish sonini va sug‘orishdan keyingi ishlov berish sonini kamaytirish imkonini beradi, natijada hosil birligining tannarxi kamayadi.
Yer osti suvlarining manbalari jihatidan O‘zbekiston xududi uchta asosiy tabiiy zonaga bo‘linadi.

1. Tog‘lar, tekisliklar zonasi, Farg‘ona vodiysi, Mirzacho‘l, Zarafshan vodiysinig yuqori qismi.


2. Bir tomoni tog‘larga tutashgan tekisliklar zonasi Buxoro viloyati, Qashqadaryo viloyati bir qismi.


. Daryolar hisobiga hosil bo‘ladigan sizot suvli tekisliklar zonasi: Qizilqum, Qoraqum.


Sizot suvlar doimo o‘zgaruvchan, ya’ni oquvchan bo‘ladi. Ular suv omborlari daryo, ko‘l, kanal va sug‘orish maydonlari orqali filtrlanish hisobiga balandroqda joylashgan uchastkalardan oqib keladigan suvlar va nihoyat tuproqda suv bug‘larining kondensiyalanishi va yog‘in suvlarining sizib o‘tishi hisobiga to‘xtovsiz to‘lib turadi. Shunday qilib, bular sizot suvlarining kirish qismi hisoblanadi.



Nazorat savollari
1. Respublikamiz va chet el amaliyotidagi quduqli nasos qurilmalari foydalanilishi
2. Quduqli nasos qurilmalarining vazifasi
3. Respublikamizdagi vertikal va sug’orish quduqli nasos qurilmalari viloyatlar kesimida tashkil etilganligi
Download 17.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling