1-ma’ruza kirish. Tarmoq xom ashyo materialshunosligi fani haqida ma’lumot. To’qimachilik materiallari tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar turi


Download 0.83 Mb.
Sana10.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1348207
Bog'liq
1-ma\'ruza ТХМ 1

1-MA’RUZA

Kirish. Tarmoq xom ashyo materialshunosligi fani haqida ma’lumot. To’qimachilik materiallari tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar turi.

REJA:

  • Kirish. Tarmoq xom ashyo materialshunosligi fanining maqsad va vazifasi
  • To’qimachilik materiallari tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar turi.
  • Tarmoq xom ashyo materiallariga qo’yiladigan talablar,
  • To’qimachilik tolalarning sinflanishi.

Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishdagi ustuvor yo’nalishlardan biri- to’qimachilik va engil sanoat mahsulotlarini etarli darajada sifatli ishlab chiqarish va uni eksport qilishdan iboratdir. Bu ma’suliyatli vazifani bajarishda materialshunoslik fanining ahamiyati katta.

  • Respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishdagi ustuvor yo’nalishlardan biri- to’qimachilik va engil sanoat mahsulotlarini etarli darajada sifatli ishlab chiqarish va uni eksport qilishdan iboratdir. Bu ma’suliyatli vazifani bajarishda materialshunoslik fanining ahamiyati katta.

Tarmoq xom ashyo materialshunosligi fani to’qimachilik materiallarining - tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto’qima matolarning olinishi, tuzilishi va xususiyatlari, shu xususiyatlarni o’rganishning uslub va asbob-uskunalaridan foydalanish, to’qimachilik buyumlarini tayyorlashda ishlatiladigan boshqa materiallar turlari haqidagi fandir

Tarmoq xom ashyo materialshunosligi fani to’qimachilik materiallarining - tola, ip, eshilgan mahsulot, gazlama, trikotaj va noto’qima matolarning olinishi, tuzilishi va xususiyatlari, shu xususiyatlarni o’rganishning uslub va asbob-uskunalaridan foydalanish, to’qimachilik buyumlarini tayyorlashda ishlatiladigan boshqa materiallar turlari haqidagi fandir

Fanni o’qitishdan maqsad – to’qimachilik va yengil sanoat sohalaridagi asosiy xom ashyolar va mahsulotlarning halq xo’jaligidagi ahamiyati, ilmiy sohada ishlash qoidalari va usullari bilan tanishtirish.

  • Fanni o’qitishdan maqsad – to’qimachilik va yengil sanoat sohalaridagi asosiy xom ashyolar va mahsulotlarning halq xo’jaligidagi ahamiyati, ilmiy sohada ishlash qoidalari va usullari bilan tanishtirish.
  • Fannining vazifasi – talabalarni to’qimachilik va yengil sanoati materiallari ishlab chiqarish sohalarining asosiy bo`limlari, to’qimachilik va yengil sanoati buyumlarini ishlab chiqarish asoslari va shu sohalarga oid ilmiy yangiliklar, yangi samarador texnologiyalar yaratish omillari bilan tanishtirish.

Tarmoq xom ashyo materialshunosligi fani fizika, kimyo, matematika, mexanika fanlari bilan uzviy bog’langan holda taraqqiy etadi.

  • Tarmoq xom ashyo materialshunosligi fani fizika, kimyo, matematika, mexanika fanlari bilan uzviy bog’langan holda taraqqiy etadi.
  • Hozirda to’qimachilik mahsulotlari ishlatilmaydigan birorta sanoat tarmog’i yo’q. Asosiy to’qimachilik mahsulotlari kiyim-kechak sifatida va xo’jalikda ishlatiladi. Masalan, rivojlangan davlatlarda kiyim-kechak uchun 35- 40%, xo’jalik maqsadlari uchun 20-25%, texnikada 30-35% va boshqa maqsadlar uchun 10%gacha ishlatiladi.

Texnikada to’qimachilik mahsulotlarining juda ko’p turi qo’llaniladi. Sanoat rivojlanishining hozirgi yo’nalishi texnikada ishlatiladigan mahsulotlarni asosan kimyoviy tolalardan ishlab chiqarishni talab etmoqda. Tabiiy tolalar asosan kiyim-kechak uchun ishlatilishi kerak. To’qimachilik sanoatida ishlatiladigan barcha tolalar kelib chiqishi bo’yicha ularni olish usuli va kimyoviy tarkibi bo’yicha ikkita sinfga - tabiiy va kimyoviy tolalarga bo’linadi.

  • Texnikada to’qimachilik mahsulotlarining juda ko’p turi qo’llaniladi. Sanoat rivojlanishining hozirgi yo’nalishi texnikada ishlatiladigan mahsulotlarni asosan kimyoviy tolalardan ishlab chiqarishni talab etmoqda. Tabiiy tolalar asosan kiyim-kechak uchun ishlatilishi kerak. To’qimachilik sanoatida ishlatiladigan barcha tolalar kelib chiqishi bo’yicha ularni olish usuli va kimyoviy tarkibi bo’yicha ikkita sinfga - tabiiy va kimyoviy tolalarga bo’linadi.

To’qimachilik tоlalarining sinflanishi

Paхta va zig’ir tоlalari asоsan sellulozadan tashkil tоpgan. Paхta tоlasining 94-96%ini va zig’irning 74-79 % ini selluloza tashkil etadi. Sellulozaning kimyoviy tuzilishi quyidagicha ifodalanadi:

Jun va ipak tabiiy оqsil tоlalardir. Jun kеratindan va ipak fibrоindan qurilgan.


Jun murakkab tuzilishga ega. Junda kеratindan tashqari yana bir qancha оqsil va оqsil bo’lmagan yo’ldоshlar ham bo’ladi: tuz aralashmalari, yog’, mumsimоn mоddalar, selluloza asоsli va tasоdifiy qo’shimchalar. Jun – bu gigrоskоpik tоla bo’lib, 100-105°Ϲ хarоratda quritilganda u tarkibidagi namlikni yo’qоtadi, tоla dag’allashib, mехanik хоssasi yomоnlashadi.
Tabiiy ipak ikki mоddadan – fibrоn ipidan va ularni qоplab bоg’lab turgan sеritsindan tashkil tоpgan. Pilladan оlinadigan ipning 70-75%ini fibrоin va 25-30%ini sеritsin tashkil etadi (sеritsindan tashqari оz miqdоrda bo’yovchi va mumsimоn mоddalar ham mavjud). Fibrоin suvda erimaydi, sеritsin eriydi. Fibrоin va kеratin yuqоri molekular birikmalar bo’lib, 20 ta aminоkislоtadan tirik оrganizmda sintеz qilingan.

Гидрофиль толалар: пахта, лен, каноп, табиий ипак, жун, вискоза.

  • Гидрофиль толалар: пахта, лен, каноп, табиий ипак, жун, вискоза.
  • Гидрофоб толалар: ПАН, ПА, ПЭ, ПУ, ПВС, АЦ, ТАЦ, ПО, ПВХ, шиша, металл, керамика.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling