Paxta tolasining klassifikatsiyasi
O’zRSt - 604-2001paxta tolasining texnikaviy shartlari hisoblanib, unda paxta tolasining
klassifikatsiyasiga muvofiq me’yoriy talablar keltirilgan.
Paxta tolasi shtapel uzunligi, chiziqiy zichligi, nisbiy uzish kuchi kabi xossalariga asosan
9 tipga bo‘linadi:
Ingichka tolali - 1a; 1b; 1; 2; 3;
O‘rta tolali - 4; 5; 6; 7.
Paxta tolasi
yetilganlik koeffitsiyenti, rangi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha 5
ta sanoat
navlariga ajratiladi. O‘z navbatida sanoat navlari nuqsonlari bo‘yicha me’yorlangan
sinflarga
ajratiladi.
Birinchi,
ikkinchi navlar - oliy, yaxshi, o‘rta,
oddiy va iflos;
Uchinchi, to‘rtinchi navlar - yaxshi, o‘rta, oddiy va iflos;
Beshinchi nav - o‘rta, oddiy va iflos siflarga bo‘linadi.
Horijiy mamlakatlarda va paxta birjalarida paxta tolasining navlari asosan “klassyor”
usulida rangi va xidiga qarab aniqlanadi.
Haridor va iste’molchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan u yoki
bu usullardan foydalanish
mumkin.