1-ma’ruza. Kombinatsiyalangan raqamli elektron qurilmalar. Mantiqiy ifodalar va formulalar. Reja


Download 244 Kb.
bet3/6
Sana01.03.2023
Hajmi244 Kb.
#1239838
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma’ruza. Raqamli qurulmalarni loyihalashga kirish. Reja (асосий)

Mantiqiy amallar, mantiqiy operatsiyalar — berilgan hadlari va natijasi mulohaza (fikr) dan iborat amallar. Berilgan hadlar soniga qarab Mantiqiy amallar bir oʻrinli, ikki oʻrinli va h.k. deb yuritiladi. Bir oʻrinli Mantiqiy amallar soni toʻrtta: berilgan fikrdan qatʼi nazar natijasi doim chin (aynan haqiqat) amal, natijasi doim yolgʻon (aynan yolgʻon) amal, natijasi berilgan fikr bilan mos tushadigan amal va, nihoyat, berilgan fikr chin boʻlsa, natijasi yolgʻon, berilgan fikr yolgʻon boʻlsa, natijasi chin boʻladigan amal.
Protsessor tarkibidagi arifmetik-mantiqiy qurilmaning ishlash prinsipini tushunish uchun avval insonning mantiqiy fikrlash va xulosa chiqarish usullarini ko’rib chiqamiz.
Insonlar kundalik hayotda o’zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma’lumki, mulohaza – narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza – rost yoki yolg’onligi haqida so’z yuritish mumkin bo’lgan darak gap.
Mulohazalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog‘lanmagan hamda faqat bir holatni ifo­dalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan “VA”, “YОKI” kabi bog‘lovchilar, “EMAS” shaklidagi ko‘makchilar yordamida tuziladi.
Ikkita A va B sodda mulohaza bir paytda rost bo‘lgandagina rost bo‘ladigan
yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali
konyunksiya (lot. conjunctio –
bog‘layman) –
mantiqiy ko‘paytirish amali deb ataladi. Mantiqiy ko‘paytirishni ifodalaydigan quyidagi jadvalga rostlik jadvali deyiladi:



A

B

А  В

1

1

1

1

0

0

0

1

0

0

0

0

A va B, A and B, A∧B, A·B, A∩B, A&B ko‘rinishlardan biri orqali ikkita A va B mulohazalar konyunksiyasi bеlgilanadi.

Ikkita sodda mulohazaning “yoki” bog‘lovchisi orqali bog‘lanishidan hosil


bo‘lgan yangi mulohazaga sodda mulohazalar yig‘indisi dеyiladi.
Ikkita A va B sodda mulohazaning kamida bittasi rost bo‘lganda rost,
qolgan holatlarda yolg‘on bo‘ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali dizyunksiya (lot. disjunctio – farqlayman, ajrataman) – mantiqiy qo‘shish amali deb ataladi
.


Download 244 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling