1-ma’ruza. Kombinatsiyalangan raqamli elektron qurilmalar. Mantiqiy ifodalar va formulalar. Reja
Download 244 Kb.
|
1-ma’ruza. Raqamli qurulmalarni loyihalashga kirish. Reja (асосий)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1-ma’ruza. Kombinatsiyalangan raqamli elektron qurilmalar. Mantiqiy ifodalar va formulalar. Reja: 1. Raqamli texnikaning tarixi va rivojlanishi, raqamli elektronikaning asosiy tamoyillari va afzalliklar 2. Kompyuter sxemotexnikasi asosi rivojining qisqacha tarixi. 3. Kompyuter elementlarining turkumlanishi. 4. Axborotni fizik signallar orqali ifodalanishi. 5. Mantiqiy ifodalar va formulalar. Tayanch iboralar: kompyuter, qurilma, elementlar, uzel, elektroradiokomponentlar, kompyuter tizimi (KT), kompyuterning element asoslari, kompyuter avlodlari, integral sxema (IS), katta integral sxema (BIS), o’ta katta integral sxemalar (SBIS), potentsial, impuls, parallel kod, ketma-ket kod. 1. Zamonaviy kompyuterlar va kompyuter tizimlari va tarmoqlari "Raqamli qurulmalarni loyihalashga kirish" fanida o’rganiladigan namunaviy elektron sxemalarda quriladi. Raqamli qurulmalarni loyihalash zamonaviy kompyuter, kompyuter tizimlari va tarmoqlarining sxemotexnik asosini o’rganishdan iborat. Ma’lumki, har qanday kompyuter va kompyuter tizimi axborotni qabul qiluvchi, vaqtincha saqlovchi, axborotga ishlov beruvchi va iste’molchiga taqdim etuvchi qurilmalardan (protsessor, xotira, kiritish-chiqarish qurilmalari) iborat. Qurilmalar namunaviy uzellar (registrlar, sanagichlar, jamlagichlar, deshifratorlar va h.) asosida quriladi. Namunaviy uzellar esa elementlardan (mantiqiy va tadrijiy elementlar) tashkil topadi. Elementlar elektroradiokomponentlar (rezistor, kondensator, diod, tranzistor va h.) asosida quriladi va kompyuterning element asosini tashkil etadi (1.1-rasm). 2. Ishlatiladigan element asosining komponentlari bo’yicha, kompyuter avlodlariga o’xshash kompyuter sxemotexnikasi rivojining to’rtta asosiy avlodini ajratish mumkin. Birinchi avlod (1904 - 1950 y.y.) kompyuter sxemotexnikasi element asosini elektr vakuum va gazorazryad asboblar tashkil etar edi. Unga elektron lampa, elektron vakuum trubkalar, gazorazryad indikatorlar va h. mansub. Ikkinchi avlod (1950 - 1960 yillarning boshlari) kompyuter sxemotexnikasi diskret yarimo’tkazgich asboblar (diodlar, tranzistorlar, tiristorlar va h.) ishlatilishi bilan xarakterlanadi. Uchinchi avlod (1960 - 1980 y.y.) kompyuter sxemotexnikasi mikroelektronikaning baravar rivoji va integratsiya darajasi turli integral sxemalarning hamda mikroqotishmalarning yaratilishi bilan bog’liq. Bu bosqichda elementlar ishonchliligi oshdi, o’lchamlari, massasi, energiya iste’moli kamaydi. To’rtinchi avlod (1980 yildan to hozirgi vaqtgacha) kompyuter sxemotexnikasi mikrominiatyurizatsiyalash, katta va o’ta katta integral sxemalar ishlatilishi bilan bog’liq. Element asosining komponentlari, ularning parametrlari va kompyuter avlodlari orasidagi bog’lanishni jadval orqali tasavvur etish mumkin (1.1 -jadval).
1.1-rasm. Hisoblash tizimlarining ierarxik tuzilmasi. 3. Signallarni shakllantirish va uzatish usullari bo’yicha kompyuter elementlari ikkita sinfga bo’linadi: analog va diskret. O’z navbatida diskret elementlar impulsli va raqamli elementlarga bo’linadi. 1.1 -jadval
1> Download 244 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling