Kompyuter tаrmoqlаrigа oid bа`zi bir tаshkilotlаr
Hozirda butun dunyoda ko`plab kompyuterlar ishlab chiqarilmoqda va ular kompyuter tarmoqlariga ulanmoqda. Butun dunyo miqyosida kompyuterlar orqali muloqot bo`lishi uchun ular bir-birini tushunishi kerak (mutanosibli bulishi kerak). Kompyuterlar mutanosibligini taʼminlash maqsadida ITO-International Telecommunication Union (xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi) tashkil qilingan. U telefon va maʼlumotlarni o`zatish tizimlarini nazorat qiluvchi uchta organdan iborat. Bu organ SSITT franso`z so`zlarida Consultatif International de Teagraphigue et Telefonigue deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi telefon, telegraf, maʼlumotlarni o`zatish xizmati soxasiga oid taxminiy takliflarni ishlab chiqadi va takliflar ko`p xollarda xalqaro andozaga aylanadi.
Xalqaro andozalar ISO- International Organization and Standartization -Xalqaro tashkilot va andozalash tomonidan ishlab chiqiladi. U o`ziga dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatlarni birlashtirgan. Shu jumladan АQShning ANSI, Buyuk Britaniyaning BSI, Germaniyaning DIN tashkilotlarini birlashtiradi.
Yana bir xalqaro tashkilot IEEE (Institute of Electrical and Electronics Enginers) turli jurnallar chiqarishdan tashqari elektron va hisoblash texnikasi bo`yicha ko`plab andozalarni ishlab chiqadi. Lokal tarmoqlar uchun uning IEEE 82 andozasi asosiy xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |