Mijoz/server tizimlarida ma’lumotlarga ishlov berish ikki ob’ekt: server va mijoz o‘rtasida taqsimlangan. Mijoz – bu vazifa, ish stansiyasi, foydalanuvchi. U server uchun so‘rov tuzishi, faylni o‘qishi, yozuvlarni izlashi va hokazolarni bajarishi mumkin. Server – so‘rovga ishlov beradigan qurilma yoki kompyuter. U ma’lumotlarning saqlanishi, bu ma’lumotlardan erkin foydalanishni tashkil etish va ma’lumotlarni mijozga uzatish uchun javob beradi. Mijoz/server tizimlarida ma’lumotlarga ishlov berish mijoz va server o‘rtasida taqsimlangan, shuning uchun ham mijoz va server sifatida foydalaniladigan kompyuterlarning ish unumiga talab ierarxik tizimlardagiga nisbatan ancha past. O‘zaro aloqani tashkil etish bo‘yicha mijoz/server usulidan foydalanuvchi tizimlarning ikki turini ajratib ko‘rsatish qabul qilingan:
- teng huquqli tarmoq;
- server ajratilgan tarmoq.
Teng huquqli tarmoq – bu ish stansiyalarining o‘zaro aloqasini boshqarishning yagona markazi bo‘lmagan, ma’lumotlarni saqlashning yagona qurilmasi bo‘lmagan tarmoq (2-rasm). Bunday tarmoqning operatsion tizimi barcha ish stansiyalari bo‘yicha taqsimlangan, shuning uchun har bir ish stansiyasi bir vaqtning o‘zida ham server, ham mijoz sifatida funksiyalarni bajarishi mumkin. Foydalanuvchi bunday tarmoqda boshqa ish stansiyalariga ulangan barcha qurilmalar (printerlar, qattiq disklar va hokazolar) dan erkin foydalana oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |