Afzalliklari: ma’lumotlarga ishlov berishning tezligi yuqori (markaziy kompyuterning tez ishlashi bilan belgilanadi va serverga bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchidan tushadigan so‘rovlarga ishlov berish va bajarishga mo‘ljallangan maxsus tarmoq operatsion tizimi o‘rnatiladi); axborotni ishonchli muhofazalash va maxfiylikni ta’minlash tizimiga ega; boshqarishda teng huquqlilarga nisbatan oddiy.
Kamchiliklari: bunday tarmoq server uchun alohida kompyuter zarurligi sababli ham qimmatroq; teng huquqliga nisbatan moslashuvchanligi ancha past.
3-rasm. Serveri ajratilgan tarmoq.
Serveri ajratilgan tarmoqlar ancha keng tarqalgan hisoblanadi.: LAN Server, IBM Corp., VINES, Banyan System Inc., NetWare, Novell Inc bunday turdagi tarmoq operatsion tizimiga misol bo‘ladi. Tarmoq qurilmalarining o‘zaro aloqasida ma’lumotlarni uzatish usullari alohida axamiyatga ega. Bo‘g‘inlar o‘rtasida ma’lumotlar bilan almashinishda ma’lumotlarni uzatishning uch usulidan foydalaniladi:
• simpleks (bir tomonga yo‘naltirilgan) uzatish (televidenie, radio);
• yarimdupleks (axborotni qabul qilish /uzatish navbati bilan amalga oshiriladi);
• dupleks (ikki tomonga yo‘naltirilgan), har bir stansiya bir vaqtning o‘zida ma’lumotlarni uzatadi va qabul qilib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |