1-ma`ruza: Kompyuter tarmoqlarinning rivojlanish tarixi. Kompyuter tarmog`i tushunchasi Kompyuter tаrmoqlаri tаrixi


Download 0.69 Mb.
bet1/9
Sana05.01.2022
Hajmi0.69 Mb.
#215873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma`ruza KT


1-ma`ruza: Kompyuter tarmoqlarinning rivojlanish tarixi. Kompyuter tarmog`i tushunchasi 

Kompyuter tаrmoqlаri tаrixi

Dunyoda ko`plab kompyuter tarmoqlari (KT) ishlab turibdi. Bulardan baʼzilari bilan tanishamiz. ARPANET (1969- Advanced Researsh Projects Agensy Network). АQShning mudofaa ministrligi tomonidan tashkil kilingan eng eski KTlari xisoblanadi. Uning afzalligi, tarkibida turli turdagi kompyuterlar bor tarmoq bilan ishlash qobiliyatiga egaligidir. U keyinchalik boshka KTlari bilan birlashtirilib, Internetning qismi sifatida ishlatila boshlandi. Hozirda u MILNET-Military NET (xarbiy tarmoq), CSNET-(Computer Science NETWORK) (kompyuter fanlari tarmog`i), NSFNET (National Science Fondation NETWORK) (milliy fan fondi tarmog`i) tarmoqlar sifatida Internetda ishlatiladi.

Bitnet (1981) - Because its Time Network (bugungi kun tarmog`i) KT Nyu-York va Yel universitetlari tomonidan ishlab chikilgan Yevropa, АQSh qitʼasi, Meksika va boshka mamlakatlarni birlashtiruvchi tarmoq bulib, u aloxida ajratilgan kanallar bilan aloqa bog`laydi. U OSI-(Open System Interconnection-ochik xalqaro boglanish tizimi) va TCP/IP qaydnomalariga mos tushmaydi. Uning bir xususiyati - o`zatilgan maʼlumotlar uchun haq tulanmaydi. Hukumat tomonidan mablag` bilan taʼminlanadi. Uning ko`rsatadigan xizmat doirasi fayllarni o`zatish, elektron pochta va masalalarning o`zoqdan turib ishlanishini taʼminlashdan iborat.

CSNET (1981) (Computer and Sciense Network) - Kompyuter va fan tarmog`i) aʼzolik badallari va xizmat uchun tulovlar hisobidan ishlaydi. U butun dunyo olimlarini birlashtiruvchi tarmoq bulib, Internet tarkibiga kiradi va TCP/IP qaydnomasida ishlaydi.

EARN-European Academic Research Network BITMAP tarmog`i bilan bevosita ulangan bulib, juda ko`p ilmiy tadqiqot muassasalarini birlashtiradi. Uning qaydnomasi RSES bulib, ajratilgan kanallar orkali maʼlumot almashiniladi, o`z-o`zini xujalik hisobida qoplash asosida ishlaydi.

EUNET - Europa Union Network (Evropa kompyuter tarmog`i uyushmasi). Uning markaziy qismi Аmsterdamda joylashgan. U asosan UNIX operatsion sistemasida va UUCP va TCP/IPda ishlaydi.

FIDONET (1984) - shaxsiy kompyuterlar bilan MS va RS DOS boshqruvida ishlaydigan tarmoq. Fayllarni telefon simlari orkali o`zatadi va UNIX operatsion sistemasida ishlaydigan kompyuterlar bilan bog`lanishi mumkin. Fayllarni, bildirishlarni va yangiliklarni UUCP/USWET tarmoqlari bilan o`zatilishi mumkin.

INTERNET - International Network (xalqaro kompyuter tarmog`i) - butun dunyo kompyuter tarmog`i. U ko`p KTlarni birlashtiradi va TCP/IP qaydnomalarida ishlaydi va kompyuter tarmoqlarini tarmoqlararo interfeys-GATEWAY (shlyo`z) orkali birlashtiradi. Bu tarmoq turli davlat korxonalari, o`quv yurtlari, xususiy korxonalar va shaxslarning yangi kompyuter texnologiyalari yaratish, joriy qilish va ularning shu soxadagi harakatlarini birlashtirish uchun xizmat kiladi. Hozirda u butun dunyo qitʼalarini O`ziga birlashtiradi. Internet tarkibidagi baʼzi kompyuter tarmoqlari CSNET, NSFNET – o`z navbatida katta-katta tamoqlar bo`lib, o`zlari ham bir necha tarmoqlardan tashkil topgan. Internetning ishini koordinatsiya qilishni NIC-(Network Information Centre) Stenfort universitetidagi SRI-Stanfort Researsh Institute, ko`pincha SRI-NIC deb yuritiluvchi markaz tomonidan boshqariladi.

Internetda TELNET (telefon tarmog`i) o`zoqqa o`zatish, FTP (File Tranferd Protocol) faylni o`zatish, SMTR-(Simple Mail Transport Protocol) oddiy pochta junatish qaydnomalaridan elektron pochta uchun foydalaniladi. Domenlarni nomlash sistemasi - DNS(Domen Name Systems) qullaniladi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling