1-ma’ruza: Lalmikorlikda ozuqa yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari, qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni. Reja


Download 28.01 Kb.
bet3/4
Sana18.01.2023
Hajmi28.01 Kb.
#1100222
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза

Fanning maqsadi-lalmikor maydonlarda qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda tuproqqa ishlov berish, ekinlarni almashlab ekish, begona o‘tlarga qarshi kurashga tatbiq etilayotgan zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar, ekinlarini sug’orishga tatbiq etilayotgan innovasion suvtejamkor texnologiyalar tatbiq etish orqali yuqori va sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish.
Oliy o‘quv yurtlaridagi agronomiya bo‘yicha ilg’or xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda tuproqqa ishlov berish, ekinlarni almashlab ekish, begona o‘tlarga qarshi kurashga tatbiq etilayotgan zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar, ekinlarini sug’orishga tatbiq etilayotgan innovasion suvtejamkor texnologiyalar tatbiq etish orqali yuqori va sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlash bo‘yicha malakaviy ko‘nikmalarini shakllantirish.
Resurustejamkor texnologiyalarni qo’llash–Dala ekinlaridan yuqori sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishda resurstejamkor zamonaviy ilg’or yetishtirish texnologiyalarni qo’llash bugungi kunda dolzarb vazifalardan bo’lib hisoblanadi. Shu o’rinda resurstejamkor texnologiya tushunchasiga to’xtalib o’tsak. Yonilg’i va boshqa energiya manbalari, shuningdek, xomashyo, materiallar, texnika vositalari, suv va boshqa resurslarni minimal darajada sarflab, mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan texnologiyalarga resurs tejamkor texnologiyalar deyiladi.+
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga resurstejamkor texnologiyalarni to’la joriy etilishi, yonilg’i sarfini 20-22 foizga, urug’lik sarfini paxtachilikda gektariga 30-35 kg/ga va g’allachilikda 60-70 kg/ga tejash imkonini beradi. Bunda Braziliyadan keltirilgan seyalkadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, tuproqda chirindi miqdorining kamayib ketishi oqibatida hosildorlikning yo’qolishi kuzatiladi. Tuproqdagi chirindilar miqdori 0,4 foiz atrofida bo’ladi, bu tarkib juda past darajaga teng deganidir, 1 foizgacha bo’lsa, tuproq chirindi bilan ta’minlanganining o’rtacha darajasiga teng bo’ladi. Shuningdek, shamol yemirishi oqibatida biryilda 1 gektar yerdan tuproqning 53-130 tonna hosildor qatlamini yo’qotilayotgani ilmiy manbalarda keltirilgan.
Bu tuproq yuqori qatlamining faqat 5-10 millimetriga teng bo’lgani uchun ushbu yo’qotishni sezmaymiz. Lekin, quruq iqlim sharoitimizda 1 sm hosildor qatlam hosil bo’lishi uchun 70-150 yil kerak bo’lishini o’ylab o’tirmaymiz. Bundan tashqari, suv taqchil, qurg’oqchilik yillari soni ortib bormoqda, bu qurg’oqchil mintaqamizda dehqonchilik qilishni yanada mushkullashtiradi.

Download 28.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling