1-ma’ruza: Lalmikorlikda ozuqa yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari, qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni.
Reja:
1. Lalmikorlikda resurstejamkor texnologiyalar fanining maqsad va vazifalari.
2. Tarixi, maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni.
.3 Lalmikorlikda resurstejamkor texnologiyalar fanining qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni.
Mavzu bo‘yicha asosiy tushuncha va iboralar: tuproq muhofazasi, lalmi maydonlar, suv, o’g’it, bug’doy yetishtirish, resurs tejamkor texnologiyalar.
Bugungi kunda dunyo qishloq xo’jaligi amaliyotida tuproq muhofazasi, unumdorligini saqlovchi resurstejamkor yangi innovasion texnologiyalarni keng joriy etish, yerlarning agrobiologik xususiyatlarini yaxshilash, ekinlardan yuqori sifatli hosil yetishtirish, suv, o’g’it, yoqilg’i-moylash materiallari va boshqa omillarni tejash hisobiga mahsulot yetishtirish tannarxini kamaytirishga erishilmoqda. Xalqaro FAO ning ma’lumotlariga ko’ra, «aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan muntazam ta’minlash maqsadida tuproqni himoyalovchi texnologiyalar dunyo bo’yicha 185 mln. gektardan ortiq maydonda, jumladan AQShda 19,3 mln., Braziliyada 17,4 mln., Hindistonda 14,8 mln., Xitoyda 12,3 mln., Meksikada 10 mln., Avstraliyada 3,5 mln., Pokistonda 3,7 mln. gektarda» joriy etilmoqda.
Dunyoda bug’doy yetishtirishda tuproqdan samarali foydalanish va unumdorligini saqlashda tuproqqa ishlov berishning turli usullari ishlab chiqilmoqda. Ishlov berishning resurstejamkor minimal, nul- no till texnologiyasini keng miqyosda joriy etish natijasida quruq va lalmi maydonlaridan samarali foydalanish, don hosilini oshirish va sifatini yaxshilashga erishilmoqda. Shuning bilan birga tuproq namligidan samarali foydalanish, tuproq unumdorligi xossalarini saqlash va boshoqli don ekinlar hosildorligini oshirishda ishlov berishning resurstejamkor texnologiyalarini takomillashtirish hamda qo’llash dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |