1-ma’ruza: Lalmikorlikda ozuqa yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalari fanining maqsad va vazifalari, qishloq xo‘jaligida tutgan o‘rni. Reja


Download 28.01 Kb.
bet2/4
Sana18.01.2023
Hajmi28.01 Kb.
#1100222
1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза

LALMIKOR YERLAR, bahorikor yerlar—adir zonasidagi sug‘orilmay dehqonchilik qilinadigan yerlar. Lalmi dehqonchilik o‘rtacha yillik yog‘ingarchilik 200 mm dan yuqori bo‘lgan hududlarda tarqalgan. Tuproqda tabiiy namlikni to‘plash va uni saqlash, o‘g‘itlash, begona o‘tlarga qarshi kurash, tuproq eroziyasi oldini olish kabi tadbirlar qo‘llaniladi. Lalmikor dehqonchilik sug‘orish uchun noqulay bo‘lgan yerlardan foydalanish imkonini berganligi uchun ham katta iqtisodiy ahamiyatga ega. U, asosan, Afg‘oniston, Eron, Turkiya, O‘rta Osiyo, Jan. Qozog‘iston va Zakavkazening tog‘ oldi va vohalari atroflarida tarqalgan. Sug‘orish imkonining yaratilishi bilan lalmikor yerlar sug‘oriladigan dehqonchilik maydonlarini kengaytirishda katta rezerv hisoblanadi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida suv chiqarilgach, lalmikor yerlarning katta maydonlari sug‘orma dehqonchilik rayonlariga aylantirildi.
O‘zbekistonda lalmi ekin mayd. 734 ming ga, shu jumladan, uning asosiy qismi (ming ga) Jizzax (220,9), Qashqadaryo (252,0), Samarqand (175,5) viloyatlarida joylashgan. Bu yerlarning 99,8 ming ga maydoni yog‘ingarchilik bilan yetarli, 553,7 ming ga maydoni yarim va 89,5 ming ga maydoni kam ta’minlangan. 

Respublikamizda qishloq xo’jaligini yanada rivojlantirish, aholini oziq-ovqat va boshqa qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabini to’liq qondirish bo’yicha keng ko’lamdagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lalmi yerlardagi g’alla maydonlarida hosildorlikni keskin kamayib borishi kuzatilib, tuproqlarining agrofizik xususiyatlari, namlik, harorat va begona o’tlar ta’siriga bo’lgan holatini yaxshilash, ilg’or zamonaviy resurstejamkor texnologiyalarni mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan holda takomillashtirish va joriy etish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borish muhimdir. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasining 3.3-bandida “qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishga intensiv usullarni, eng avvalo resurstejamkor zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish va shu asosda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish barqarorligiga erishish muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan. Bu borada, ayniqsa lalmikor maydonlardan samarali foydalanishda ilg’or resurstejamkor texnologiyalarni qo’llash dolzarb hisoblanadi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 dekabrdagi PQ-3432 son “Qishloq xo’jaligining mavjud imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish, sohada iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ilm-fan yutuqlari va innovasion yangiliklarni tizimli joriy etish to’g’risida”gi Qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi PF-5303-son “Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida” gi Farmoni mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu fan muayyan darajada xizmat qiladi.
Lalmikorlikda resurstejamkor texnologiyalar- bu qishloq xo‘jaligining muhim tarmog’i bo‘lib dala ekinlari va urug’larning biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish, ma’lum tuproq va iqlim sharoitiga mos bo‘lgan ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida dala ekinlaridan mo‘l va sifatli hosil olishni ilmiy va amaliy asoslab beradigan fandir.
O‘sib borayotgan aholining oziq-ovqat, yengil sanoatning tarmoqlari uchun xomashyo, chorvachilik uchun oziqa yetishtirishda dala ekinlarining biologik xususiyatlariga mos yetishtirish texnologiyalarni qo‘llagan holda ekologik toza, mo‘l va sifatli hosil yetishtirishdir.
Dala ekinlarining biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish, ma’lum tuproq va iqlim sharoitiga mos bo‘lgan ilg’or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish natijasida mo‘l va sifatli hosil olishni ilmiy va amaliy asoslab berishdir.
“Lalmikorlikda ozuqa yetishtirishning resurstejamkor texnologiyalar” fanining o‘quv dasturi lalmikorlikda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ekinlardan mo‘l va sifatli hosil yetishtirish, raqobatbardosh mahsulotlar yetishtirishda resurstejamkor zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, shu jumladan tuproqqa ishlov berishning innovasion texnologiyalari, qisqa rotasiyali almashlab ekish tizimlari va uni qishloq xo‘jaligiga tatbiq etish masalalari, begona o‘tlarga qarshi zamonaviy uyg’unlashgan kurash choralari, ekinlarini sug’orish texnologiyalari va ulardan foydalanishning hozirgi ahvoli va takomillashtirish vazifalari, egatlarga suv taqsimlashni mexanizasiyalashtirishda zamonaviy texnologiyalar, ishlab chiqarishga tatbiq etilayotgan yomg’irlatib, tomchilatib va tuproq orasidan sug’orish tizimlari hamda ulardan samarali foydalanish yo‘llari va ekinlarni sug’orishga tatbiq etilayotgan xorijiy suvtejamkor texnologiyalar va ulardan foydalanishni ilmiy tashkil etish kabi masalalar bo‘yicha asosiy materiallarni o‘z ichiga olgan bo‘limlardan tashkil topgan.
Fanning mazmuni tuproqqa ishlov berish, ekinlarni almashlab ekish, begona o‘tlarga qarshi kurashga tatbiq etilayotgan zamonaviy resurstejamkor texnologiyalar, ekinlarni sug’orishga tatbiq etilayotgan innovasion suvtejamkor texnologiyalar va ulardan foydalanish samarasini oshirish bo‘yicha yangi bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Download 28.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling