Hisoblash mashinalari yordamida har qanday masalani yechish ma’lumotlarni xotiraga yozish, xotiradan o’qish va uni qayta ishlashni hisobga olgan holda bajariladi.
Nazariy jihatdan ma’lumot noaniqliklarni aniqlovchi vosita sifatida qaraladi. Faraz qilaylik, biror bir tizimning N ta mumkin bo’lgan holati mavjud bo’lsin, har bir holat paydo bo’lishi mustaqil P ehtimolga ega bo’lsin. U holda bu tizimning noaniqligi quyidagi ko’rinishda aniqlanadi:
∑=(P(i)*log2 P(i))
Tizimning noaniqligini o’lchash uchun bit deb ataluvchi maxsus birlik qabul qilingan. Bit hech bo’lmaganda ikkita mumkin bo’lgan holatga bog’liq noaniqlik (yoki ma’lumot)ning o’lchovi hisoblanadi, masalan rost-yolg’on yoki bor-yo’q holatlar. Bit noaniqlik va axborotning o’lchovi sifatida qo’llaniladi, ya’ni olingan axborotlar soni axborotlarni olish natijasida yo’qotilgan noaniqliklar soniga teng.
Ma’lumotlarni saqlash
Kompyuterda eslab qoluvchi qurilmalarni asosiy uchta ko’rinishi mavjud: o’ta tezkor, tezkor va tashqi xotira. Odatda o’ta tezkor xotira registrlardan tashkil topgan bo’ladi. Registrlar ma’lumotlarni vaqtincha saqlab turish va akslantirish uchun qo’llaniladi.
Juda muhim registrlardan ba’zilari komp’yuterning markaziy protsessorida joylashgan. Markaziy protsessor arifmetik amallarning argumentlari (ya’ni operandlar) joylashadigan (vaqtincha saqlanadigan) registrlardan tashkil topgan. Registrga yuborilagan ma’lumotlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish amallar juda murakkab mantiqiy sxema orqali bajariladi. Bundan tashqari, registrlarda boshqaruv ketma-ketligini to’g’ri bajarilishini tekshirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda alohida bitlarda tahlil qilinadi. Arifmetik amallardagi operandlar va natijalarni vaqtincha saqlashdan tashqari, registrlar dastur komandalarini va keyingi bajariladigan komandaning tartib raqami haqidagi boshqaruv ma’lumotlarini ham vaqtincha saqlash vazifasini bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |