1-ma’ruza: ma’lumot tushunchasi ma’lumotlarni ifodalash bosqichlari ma’lumotlar turlari, ma’lumotlar tarkibi ma’LUMOTLAR ABSTRAKTSIYASI VA ma’lumotlarning abstrakt tuzilmalari ma’lumotlarning asosiy abstrakt turlari. Reja


Download 69.51 Kb.
bet1/7
Sana21.09.2023
Hajmi69.51 Kb.
#1683932
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-Маъруза


1-MA’RUZA: MA’LUMOT TUSHUNCHASI. MA’LUMOTLARNI IFODALASH BOSQICHLARI. MA’LUMOTLAR TURLARI, MA’LUMOTLAR TARKIBI. MA’LUMOTLAR ABSTRAKTSIYASI VA MA’LUMOTLARNING ABSTRAKT TUZILMALARI. MA’LUMOTLARNING ASOSIY ABSTRAKT TURLARI.
Reja:
1. Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar faniga kirish ma’lumotlari
2. Malumotlar tuzilmasi haqida asosiy tushunchalar
3. Ma’lumot va uning xotirada tasvirlanishi
4. Ma’lumotlarni saqlash
5. Ma’lumotlar turi, ma’lumotlarning abstrakt (mavhum) turlari va ma’lumotlar tuzilmasi
6. Xotirani adreslash
7. Ma’lumotlar tuzilmasi klassifikatsiyasi
8. Ma’lumotlar va algoritmlarni strukturalashtirish (tuzilmalashtirish)
9. Foydalanilgan manbalar
Kalit so‘zlar: Ma’lumot, axborot, tuzilma (struktura), abstrakt ma’lumot, ma’lumotlar tzuilmasi sinflari.


Maqsadi (ing.: purpose) - turli dasturlash tizimlarida loyihalash usullari, ma’lumotlar tuzilmasini ishlab chiqish hamda algoritmlar bo’yicha nazariy va amaliy bilimlar berish.
Vazifasi (ing.: objective) – talabalarni turli xil ma’lumotlar tuzilmalari bilan tanishtirish, yangi tuzilmalarni ishlab chiqish va o’quv jarayonlariga tadbiq etish usullari o’rgatishdan iboratdir.
Kurs talabalarni tuzilmalar ko’rinishida ma’lumotlarni gayta ishlash, optimal algoritimlar ishlab chiqish va dasturlash ko’nikmalarini takomillashtirishga yo’naltiradi.
Ushbu kurs quyidagi 3 bo’limdan iborat:
· Ma’lumotlar,  tuzilmalar, rekursiya va ob’ektga yo’naltirilgan dasturlash
· Standart ma’lumotlar tuzilmalari kutubxonasi bilan ishlash
· Dasturiy ta’minotni testlash va tekshirish. Ma’lumotlar tuzilmalarini modellashtirish
Ma’lumot - bu biror bir ob’ekt, jarayon, hodisa yoki voqelikni ifodalab (tasniflab) beruvchi belgi yoki belgilar majmuasidir. 
Berilgan ma’lumot (belgi)lar qanday qiymat qabul qilishiga qarab ma’lumotlarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar dastur tuzish uchun zarur bo’lgan tushunchalar sifatida qaraladi. O’rnatilgan ma’lumotlar tuzilmasi ikkilik miqdor (kodlangan ma’lumot)lar saqlanadigan registrlar va xotira so’zlarini ifodalab beradi. Qurilmani loyihalash uchun ishlab chiqilgan algoritm – bu elektron mantiqiy qurilmalarda qat’iy amalga oshiriladigan qoidalar bo’lib, xotirada saqlangan ma’lumot bajarilishi lozim bo’lgan komanda sifatida bo’ladi.

Download 69.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling