Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxati
Download 113.37 Kb.
|
M U N D A R I J-WPS Office
M U N D A R I J A Kirish ...........................................................................................................3-6 I bob. CHor Rassiyasi va Sho‘rolar davrida o‘rta asrlarda o‘rta osiyodagi savdo munosabatlarining o‘rganilishi........................................................7-41 1.1.XIX asrning 2-yarmi XX asrning boshlarida O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar savdo munosabatlarining tarixshunosligi...............................7-22 1.2. Sovet davrida O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar savod munosabatlarining yoritilishi.............................................................23-41 II bob. Mustaqil O‘zbekistonda va Xorijiy tadqiqotlarda O‘rta O‘siyoning o‘rta asrlar savdo munosabatlarining o‘rganilishi................................42-59 2.1. Mustaqillik yillarida O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar savdo munosabatlari yoritilishi........................................42-51 2.2. Xorijiy tadqiqotlarda O‘rta Osiyoning o‘rta asrlar savdo munosabatlari o‘rganilishi..........................52-59 Xulosa......................................................................................................93-95 Foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro’yxati......................... 96-100 Vatanimiz mustaqillikka erishganidan song tariximizga bolgan munosabat tubdan ozgardi. Zero oz otmishini yaxshi bilgan undan togri xulosalar chiqargan xalqgina kelajak sari xotirjam qadam tashlay oladi. Mustaqillik yillarida tariximizga bolgan etibor hukumat darajasigacha kotarildi desak aslo xato bolmaydi. Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi Oz FA tarix instituti faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaroridan song haqqoniy tarixni yaratish, bu jarayonda birlamchi manbalarga asosiy etibor berish, qoyilgan muammolarni soha mutaxassislari tomonidan hal etilishi, mavjud muammolar yechimini ilmiy asoslash borasida anchagina ishlar amalga oshirildi. Ushbu kurs ishida Orta Osiyoning XI-XII asrlar siyosiy hayoti tarixining tarixshunosligi yoritib beriladi. Mavzuning dolzarbligi: Orta Osiyo tarixini, jumladan XI-XII asrlar tarixini organish turli davrlarda ayniqsa, XIX asr ikkinchi yarmidan rus tarixchilari, keyin Shoro davri tarixchilari tomonidan amalga oshirilib borildi. Lekin bu davrlarda ayniqsa shoro davrida tarixni bir tomonlama sinfiylik nuqtai-nazaridan yoritish avj oldi. XI-XII asrlar Orta Osiyo siyosiy tarixini qanday goya, mafkura, usullar vasitasida yoritilganligini tahlil etish va tatqiq etish tarixshunoslik fani uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari mustaqil Ozbekistonda va xorij mamlakatlarda ushbu davrni yoritishdagi yutuq va kamchiliklarni tatqiq etish ham muhimdir. Mavzuning maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishining maqsadi IV-XVI asrlarda O‘rta Osiyoning savdo munosabatlarini yoritib berish, bu davr siyosiy hayotiga nisbatan turli davrlarda yashab ijod qilgan tarixchilar yani, XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi tarixchilar-olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar,XX asr 20-yillaridan shu asrning 80-yillari oxirlarigacha qilingan tadqiqotlar, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, XIX asr oxirlaridan xorij mamlakatlarida amalga oshirilgan ilmiy izlanishlar ular tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarini tatqiq etish va tahlil etish va shu orqali tarixshunoslik fanining yanada rivojlanishiga hissa qoshishdan iboratdir.IV-XVI asrlarda O‘rta Osiyoning savdo munosabatlari tarixshunosligini yoritib berishda biroz etibordan chetda qolgan muammolarni topish va uni tarixchilar etiboriga havola etish ishning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mavzuning vazifalari bu davrdagi savdo munosabatlarni turli tuzum va jamiyatlarda qanday nuqtai-nazardan yoritilganligini o‘rganish, turli g‘oya va mafkuralarning tarix fani taraqqiyotiga ijobiy va salbiy tasirini o‘rganish, XI-XII asrlar Orta Osiyo siyosiy hayoiti tarixini yoritish ishlariga eng muhim darajada hissa qoshgan olimlarning tadqiqot ishlarini tahlil qilishdan iboratdir. Mavzuning tarixshunosligi: Orta Osiyoning XI-XII asrlar siyosiy hayoti tarixi ustida eng muhim tadqiqot ishlarini olib borgan olimlar qatoriga V. V. Grigorev , V. V. Bartold, turkmanistonlik tarixchi S. G. Agajanov, Ye. A. Davidovich, B. D. Kochnyev, qirgizistonlik tarixchi O. Q. Qora Mavzuning asoslanishi va dolzarbligi. Yurtimizda hayotbaxsh o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonida jamiyat a‘zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy g‘oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati ortib bormoqda. Mustaqil O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma‘naviy sohalarda sodir bo‘layotgan barcha o‘zgarishlar, tarix fani oldida ham o‘ta ma‘suliyatli va shu bilan birga murakkab vazifa qo‘ydi. Tarix fani jamiyatning ma‘naviy yangilanishida harakatlantiruvchi kuch va tarixiy haqiqatni tiklashda, milliy g‘oyani shakllantirishda bitmas-tuganmas manba bo‘lish vazifasini bajarishi kerak . Tarix fanining jamiyatni tizimli ravishda qayta qurish jarayonida egallagan muhim mavqei haqida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov republika tarixchi olimlari bilan bo‘lgan uchrashuvda (1998-yil, iyun) hamda milliy g‘oya va milliy mafkurani ilmiy jihatdan ishlab chiqishga bag‘ishlangan boshqa ma‘ruza va suhbatlarida ―…tarix – xalq ma‘naviyatining asosidir‖, ―o‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi‖, deb alohida ta‘kidlagan edi. Binobarin, O‘zbekiston tarixining ajrajmas qismi bo‘lgan Farg‘ona vodiysining o‘rta asrlar tarixini yozma va arxeologik manbalar asosida kompleks ravishda qayta o‘rganish va konseptual asosda qayta baholash ham ilmiy, ham siyosiy jihatdan muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston asrlarga tatigulik yo‘lni bosib o‘tdi. Iqtisodiyotda, ijtimoiy sohada, fan sohasida ko‘plab yutuqlar qo‘lga kiritildi. Bu Farg‘ona vodiysi tarixini o‘rganisha ham o‘z ifodasini topdi. Jumladan, Farg‘ona davlat universitetida 2012-yildan boshlab ―Farg‘ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda‖ mavzusida muntazam ravishda ilmiy-nazariy konferensiyalar o‘tazib kelinmoqda. Namangan va Andijon davlat universitetlarida ham shunday ilmiy anjumanlar o‘tkazilmoqda. Ushbu anjumanlarda Farg‘ona vodiysi tarixining ko‘p qirralarini yoritib beruvchi ilmiy ma‘ruzalar qilinmoqda Ma‘lumki, Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar tarixini o‘rganish dastlab rus tadqiqotchilari tomonidan olib borilgan. Mustaqillik davriga kelib esa ushbu mavzu bo‘yicha A. Xo‘jayev, A.Otaxo‘jayev, Sh.Kamoliddin, B.X Matboboyev, A. Anorboyev va G. Ivanov singari olimlar tomonidan ilmiy tadqiqodlar olib borilmoqdalar. Shuni alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yillarida Vatanimiz olimlarining sa‘y-harakatlari tufayli O‘zbekistonning, jumladan Farg‘ona vodiysining bronza, temir davri bo‘yicha o‘tmish tariximizning bir qator sahifalari yangi tadqiqotlar asosida qayta tiklandi. Lekin, shunga qaramasdan vodiyning o‘rta asrlar tarixi bo‘yicha hali ko‘p masalalar borki, ularni hozirgi zamon talabi asosida, xolisona yoritish olimlar oldida turgan muhim masalalardan biridir. Tadqiqot obyekti. Farg‘ona vodiysida o‘rta asrlarda yuz bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi Farg‘ona vodiysida o‘rta asrlarda kechgan siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarni tadqiq qilishdan iboratdir. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda, ishda quyidagi vazifalarni hal etish nazarda tutilgan: Farg‘ona vodiysida Eftaliylar va Turk xoqonligi davridagi siyosiy ahvolini ko‘rsatish; Farg‘ona vodiysida arablar istilosi davridagi siyosiy jarayonlarni yoritib berish;
Somoniylar va Qoraxoniylar davrida vodiyning siyosiy taraqqiyotini tadqiq etish;
O‘rta asrlarda Farg‘ona vodiysidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni kuzatish; V-XIII asrlarda Farg‘ona vodiysidagi madaniy jarayonlarni tadqiq etish. Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Mazkur ishda ilk marotaba yozma va arxeologik manbalar asosida Farg‘ona vodiysining o‘rta asrlar tarixi tizimli va kompleks tarzda maxsus o‘rganilmoqda.Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Mustaqillik sharoitida jamiyat a‘zolarini erkin, demokratik tafakkur va milliy g‘oya ruhida tarbiyalash vazifalarini bajarishda tarix fanining ahamiyati ortib bormoqda. Milliy istiqlol yillarida Vatanimiz tarixini haqqoniy, ilmiy asosda o‘rganish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi va O‘zbekiston tarixining ko‘pgina masalalari o‘zining yangi, ilmiy jihatdan xolis va haqqoniy yechimini topa boshladi. Chunki, respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlab o‘tganidek, «O‘z tarixini bilmagan jamiyat istiqbolga eltuvchi yo‘lni topa olmaydi. Tarixga bepisand xalqning kelajagi yo‘q‖1. Farg‘ona vodiysining o‘rta asrlar tarixi davlatchiligimiz tarixida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda vodiyda Eftaliylar, Turk xoqonligi va arablar ketma-ketlikda hukm surganlar. Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar tarixi hali alohida tadqiqot mavzusi sifatida olinmagan va ilk o‘rta asrlar tarixi bo‘yicha fundamental asar yaratilmagan. O‘tgan asrda A.N Bernshtam tomonidan ―Qadimgi Farg‘ona‖ nomli risolasida turklar va arablarning vodiydagi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tilgan. 2013-yili esa A. Xo‘jayev tomonidan ―Farg‘ona tarixiga oid ma‘lumotlar‖ kitobi nashr etildi. Unda Farg‘ona vodiysi tarixiga oid xitoy manbalari tarjimalari va sharhlari keltirilgan. Shuningdek, A. Otaxo‘jayev va M.M Xatamovalar ushbu davr bo‘yicha jiddiy ilmiy tadqiqot olib borishmoqda. Biz magistrlik dissertatsiyasini yozishda yuqoridagi tadqiqotchi olimlarning Farg‘ona vodiysining ilk o‘rta asrlar tarixi bo‘yicha 2012-yil Namangan Davlat Universitetida, 2012-2014-yillarda Farg‘ona Davlat Universitetida tashkil etilgan ilmiy konferensiyalardagi ma‘ruzalaridan foydalandik. Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi. Mavzuni o‘rganishda Prezident I.A.Karimovning asarlari, ayniqsa, uning ―Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q‖ va ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖ asarlarida O‘zbekiston tarixi haqida bildirilgan fikrlar, milliy istiqlol g‘oyasi muhim metodologik ahamiyatga ega bo‘ldi. Mavzu tarixiylik, obyektivlik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy tamoyillar asosida o‘rganildi.
1 Karimov I. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q. - Toshkent: Sharq, 1998. B. 12.Tadqiqot manbalari. Mavzuni o‘rganishda o'rta asrlarda musulmon Sharqida yaratilgan asarlar manba bo‘lib xizmat qilgan. Jumladan, Abu Bakr Narshaxiyning ―Buxoro tarixi‖, Al-Balazuriyning ―Kitob futuh al-buldon‖, Ibn Xurdodbehning ―Kitob masolik al-mamolik‖, Tabariyning ―Tarix ar- rusul va-l-muluk‖, Is‘hoqxon Junaydullohxo‘ja o‘g‘li Ibratning ―Farg‘ona tarixi‖, Ibn Xavqalning. ―Kitab surat ularz‖ asarining o‘zbek va rus tillaridagi nashridan, Ibn al-Asirning ―Al-kamil fi-tTa‘rix‖, Abu-l-Fadl ibn Muxammad Djamal ad-Din Qarshiyning. ―Mulkahat assurox‖ asarlaridan foydalanildi. Shu bilan birga mazkur asarlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ham mavzuni o‘rganishga jalb etildi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati shundan iboratki, unda keltirilgan materiallar va xulosalardan Fargona vodiysi tarixini yozishda, oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston tarixining o'rta asrlar tarixiga oid maxsus kurslar va seminarlar o‘tishda, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda, ilmiy maqolalar yozishda foydalanish mumkin. Ilmiy ishning aprobatsiyasi. Dissertatsiyaning tuzilishi, yo‘nalishi va mazmuni Farg‘ona Davlat universitetining tarix kafedrasida muhokama qilingan. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha 2016-yilda Farg‘ona Davlat universitetining ―Ilmiy xabarlar‖ jurnalida ilmiy maqola va 2017-yilda Farg‘ona Davlat universitetida bo‘lib o‘tgan ―Farg‘ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda‖ mavzusidagi IV respublika ilmiyamaliy anjumanida ma‘ruza e‘lon qilingan. Ishning xronologik chegaralari. Ishning xronologik chegarasi milodiy V asrdan to XIII asrgacha bo‘lgan davr oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Ishda ushbu davrda Farg‘ona vodiysida ro‘y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar rivoji ko‘rsatib beriladi. Tadqiqotning tuzilishi. Mazkur dissertatsiya kirish, uchta bob, 6 ta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan manbalar va adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. I bob. Ilk o’rta asrlarda Farg’onada ro’y bergan siyosiy voqealar 1.1. Eftaliylar va Turk xoqonli davrida Farg’ona vodiysi Eftaliylar, yoki VI asrdagi Vizantiya tarixchisi Prokopiy ta‘biri bilan aytganda, ―oq xunlar‖ Orol dengizining shimoli-sharqida qo‘nim topgan qabilalar ittifoqi edi. Ularning kelib chiqishi Xitoy manbalariga ko‘ra, Xan sulolasi davrida yashagan ulug‘ yavchillar (xun)larga borib taqalardi. V asr arman tarixchilari ularni kushonlardan deb hisoblardi. Aynan Kushonlar va Qang‘ davlatining tanazzuli bu qabilalarning birlashishiga va qudratli davlat tuzishiga imkoniyat berdi. 420-yilda janubga harakatlangan Eftaliylar So‘g‘d, Baqtriya hamda Hindiston yarim orolining shimolig‘arbiy qismlarini egallab, Kushon saltanati yerlarini batamom o‘ziga bo‘ysundirdi2. Garchi Eftaliylar davri(V-VI asrlar)da mintaqadagi mayda mulklar (Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya, Choch, Farg‘ona va h.k) hayotida u qadar iqtisodiy yuksalish sezilmadi, degan qarashlar mavjud bo‘lsa-da, manbalar bu davrda ham O‘rta Osiyo iqtisodi jadal bo‘lmasa-da, o‘z maromida taraqqiy etganligidan dalolat beradi. Bunday sokin holatga mintaqa uchun boshlangan Eftaliylar va Sosoniylar o‘rtasidagi kurash ham o‘z ta‘sirini ko‘rsatgani shubhasiz. Eftaliylarning birinchi hukmdori Oq Sivar (420-470) davridagi urushlar mintaqa iqtisodiga jiddiy zarar keltirdi. Ammo u 457-yilgacha Badaxshon, Tohariston, Chag‘aniyon, Go‘zgon ( Murg‘ob daryosining o‘rta oqimi) hududlarini qo‘lga kiritdi. Sosoniylari shohi Pero‘z (459-484) davridagi eftaliy-sosoniy urushlari Eftaliylar diplomatiyasining o‘ziga xos qirralarini ochib beradi. Birinchi to‘qnashuvda Pero‘z asir olinib, ittifoqchisi Vizantiya imperatori Zenon iltimosi bilan katta to‘lov evaziga ozod qilingan edi. Bundan tashqari, shartlashuvga ko‘ra, Sosoniylar chegara shahar Tolikondan o‘tmaslikni o‘z zimmasiga olgan edi. Ammo Vizantiya elchisining 2 Отахўжаев А.Эфталийлар ҳукмронлиги даврида Фарғонанинг дипломатик алоқалари // ―Фарғона водийси янги тадқиқотларда‖ мавзусидаги III республика илмий анжумани материаллари. - Фарғона, 2014. Б. 156.8 475-yilda Pero‘z huzuriga tashrifi va urush bo‘ladigan taqdirda Vizantiya uni oltin bilan ta‘min etish va‘dasi Eron hukmdorini yana Eftaliylarga qarshi urushga ilhomlantirdi 3 . Ikki o‘rtadagi urushda Iftalanos (470-496) boshchiligidagi Eftaliylar g‘alaba qozondilar. Pero‘z yana asirga olindi. Uni ozod qilish uchun Eftaliylar o‘ttiz xachirga yuk bo‘ladigan kumush dinor talab qilishdi. Bu safar Pero‘z uchun 20 xachirga yuk bo‘ladigan kumush dinor to‘plandi, xolos. Shu bois Pero‘z o‘z o‘g‘li Qubodni qolgan pullarni to‘lagach qaytarib olish sharti bilan Eftaliylarga tutqin qilib qoldirishga majbur bo‘ldi. Bundan tashqari, Pero‘z o‘z singillaridan birini Iftalanosga turmushga berib, Eftaliylar bilan qarindosh bo‘lishni ham niyat qildi. Biroq, Pero‘z bu safar o‘z singlisi o‘rniga boshqa bir qizni yubordi. Bundan xabar topgan Iftalanos Erondan vakil bo‘lib kelgan harbiylarning yarmini yo‘q qilishni va qolganlarini kaltaklashni buyurdi. 484-yil Pero‘z yana Vizantiya bilan bog‘lanib, uchinchi bor Eftaliylar ustiga urush bilan bordi. Bu safar Eron qo‘shinlari oldindan tayyorlab qo‘yilgan pistirmaga tushib, tor-mor etildi. Bu urushda Pero‘z va uning yetti o‘g‘li halok bo‘ldi. Bu urushdan so‘ng Eftaliylar Marv vohasi, Qobul va Panjob vohalarini qo‘lga kiritdi. Kuchar, Qashqar va Xo‘tanni (Sharqiy Turkiston)ni zabt etadilar. Shunday qilib, Eftaliylar Kushonlar sulolasi egallagan hududlarni to‘liq qo‘lga kiritib, o‘z siyosiy hokimyatini yanada mustahkamlaydilar. Eftaliylar o‘zining g‘arbi-janubiy qo‘shnisi bo‘lgan kuchli raqib Eron Sosoniylarini ham uzoq muddat (554-yillargacha) xiroj to‘lashga majbur qilganlar. VI asr boshlariga kelib Eftaliylar sulolasi shu qadar kuchayib ketdiki, ular 502- yilda Vizantiyaga yurish qilib, 506-yilda sulh tuzadilar. Ular Vizantiyadan katta miqdorda o‘lja olib qaytganlar. Eron Sosoniylarining hukmdori Pero‘zning o‘g‘li Qubod, uning o‘g‘li Xusrav I Anushervon ham 554-yilga qadar Eftaliylarga xiroj to‘lab turganlar. Keyinroq Turk xoqonligining Eftalitlarga bergan kuchli zarbasidan so‘ng Eron ularning ta‘siridan xalos bo‘lgan. 3 Ўша жойда. Б. 157.Bu davrda muayyan siyosiy barqarorlik ham hukm surdi. Bundan tashqari, Eftaliylar mahalliy o‘troq mulkliklarning ichki ishlariga aralashmadi. Bundan unumli foydalangan mulkliklarning hokimlari, jumladan, Sug‘d, Farg‘ona kabi hokimliklar va ularning tujjorlari siyosiy va iqtisodiy jihatdan manfaatli bo‘lgan Xitoy bilan aloqalarini yanada faollashtirdilar. O‘z navbatida siyosiy va iqtisodiy manfaatdorlik Xitoy sulolalari, xususan Shimoliy Vey sulolasi (385-534 уу.) hukmdorlarini O‘rta Osiyoga bo‘lgan qiziqishini orttirgan edi. Xitoyliklarning VI asrga oid ―Vey shu‖ va VII asrga oid ―Bey shu‖ solnomalarida aynan o‘sha davr haqidagi aloqalar xususida ma‘lumotlar yozib qoldirgan. Ularda keltirilishicha, 437-yilda mustaqil Choch – Chjeshe (Chiachiat) davlatidan5 , 479-yilda Farg‘ona davlati – Polonadan elchilar va savdo karvonlari Xitoyga borgan6 . O‘z navbatida Xitoy ham azaldan o‘z vakillarini, asosan buddaviy rohiblarni O‘rta Osiyoga yuborib turgan. Jumladan, Xan imperiyasi
4 Тургун Алмас. Уйгуры. Кн.2. – Алма-Ата, 1994. С. 163-164. 5 Ходжаев А. Наиболее ранние сведения китайских источников о государстве Шаш (Ташкент) // O‘zbekiston tarixi. 2005. № 2. – С. 3–18. 6 Отахўжаев А.Эфталийлар ҳукмронлиги даврида Фарғонанинг дипломатик алоқалари // ―Фарғона водийси янги тадқиқотларда‖ мавзусидаги III республика илмий анжумани материаллари. Фарғона, 2014. Б. 159-160.davrida (mil.avv. 206-33-yy.) Xitoydan O‘rta Osiyoga birinchi bo‘lib kelgan elchi Chjang Chyan (mil.avv. 114-yilda vafot etgan) bo‘lgan. Umuman olganda, Xitoy ma‘murlari bunday elchilarga elchilik vazifasini bajarib bo‘lgach, ―buovang-xuo‖ (―uzoqni ko‘ruvchi – bilimdon to‘ra‖) unvonini berishgan. Bu unvon ba‘zan viloyatlarning harbiy nozirlariga ham berishgan. Bundan tashqari, Farg‘onaga yuborilgan Xan qo‘mondoni Li Guangiga hatto ―rieyshiey jyangjyun‖ (―Ershi qo‘mondoni‖) degan unvonga sazovor bo‘lgan. Bu kabi unvonlar Xitoy diplomatik institutlariga xos bo‘lsa-da, O‘rta Osiyoga kelgan elchilarining yoki boshqa soha vakillarining mansab darajalarini belgilashda muhimdir. O‘rta Osiyodan Xitoyga elchilik missiyalari ham uzluksiz jo‘natilib turilgan. ―Beyshi‖ solnomasining 97-bobida keltirilishicha, milodiy 229-yilda, ya‘ni Tayxe hukmronligining uchinchi yilida Farg‘onadan Vey imperatori huzuriga elchilar yuboriladi. Ular imperatorga ―tanasidan qonsimon ter oqadigan ot‖ sovg‘a qilganlar. Bu davrdagi O‘rta Osiyo Xitoy munosabatlarida nafaqat otlar, balki ―antiqa‖ hunarli shaxslarning saroydagi mahoratlari ham manbalarda aks etgan. ―Tungdyan‖ solnomasining 3-jild, 193-bobidaa yozilishicha, Shimoliy Vey hukmdori Tay-u Chjenjyun hukmronligining 9-yili, ya‘ni 416-yilda Yaypan (xunlar davlati – Yivatpuan/Yuepan) hukmdoridan elchilar kelgan. Elchilar o‘zlari bilan sovg‘a sifatida bir nafar nayrangbozni olib kelishgan. Bu nayrangboz odamni kallasini tanasidan judo qilib, uni giyohlar bilan davolab, o‘likni tiriltirgan. Shundan so‘ng imperator ―odamlarga /uning/ hunarini o‘rganishni va undan to‘la foydalanishni buyuradi‖. Shu o‘rinda hozirda mashhur Xitoy tabobati o‘z vaqtida ayrim davolash usullarini o‘rta osiyoliklardan o‘rganganligi ehtimoli ham paydo bo‘ladi. Umuman, Eftaliylar davrida O‘rta Osiyoning tashqi aloqalarida, chorva mollari – zotdor qo‘ylar, otlar kabi sovg‘alar bilan chetga elchilarni yuborish odat bo‘lgan ko‘rinadi. Qolaversa, Farg‘onaga tashrif buyurgan Xan imperiyasi elchilari o‘zlari bilan yurtlariga uzum va beda urug‘i olib qaytishgani taxminan 990-1007-yillarda yozilgan ―Tayping xuanyuy ji‖ (―Tinchlik o‘rnatilgan zamin bayoni‖) manbasida hamaks etgan. Bu elchiliklar bir necha yuz kishidan iborat bo‘lgan. Elchilarning ayrimlari ―buvang-xau‖ (bilimdon hokimlar) unvonida bo‘lgan. Elchilar bir yilda 5-6 va ba‘zan 10 martagacha yuborilgan. Masofaga qarab elchilar bir necha yildan 8-9 yilgacha safarda bo‘lishgan. Xitoydan yuborilgan elchilarning ixtiyori o‘zida bo‘lmay, bunday og‘ir safarga imperatorning farmoni bilan chiqishga majbur bo‘lishgan. Xan davri ma‘lumotlariga ko‘ra, yuborilgan elchilarning bir qismi kambag‘allardan bo‘lgani bois xorijda o‘zlarini tuta bilishmagan. Natijada ―xorij davlatlar Xan elchilarini hurmat qilmay qo‘yishgan‖7. Bu kabi holatlar elchilar taqdirini murakkab ahvolda qoldirgan. Ammo qay holatda bo‘lmasin, tomonlarning aloqalari davom etavergan. O‘rta Osiyo, jumladan Farg‘onadan Xitoyga yuborilgan elchilar tomonidan hukmdorga otlar sovg‘a qilish odati, ―Tungdyan‖ solnomasiga ko‘ra, ―xepin‖ (tinchlik) davrining (460-465) 6-yili (465 yil)da va Shyaoven-di (471-477) zamonasidagi ―tayxe‖ (oliy darajadagi tinchlik) davrining 3-yili (479 yil)da ham kuzatilgan8. Eftaliylar davrida O‘rta Osiyo, Xitoy, Eron o‘rtasida savdo sohasida raqobat ancha kuchaydi. Bu esa ayrim hollarda harbiy harakatlarga ham sabab bo‘ldii. O‘sha davrda o‘zaro kelishuvga ko‘ra, Xesi hududi, tarixchi Li Min-vey fikricha: ―o‘ziga xos mustaqil yoki yarim mustaqil, barqaror hudud‖, deb e‘lon qilingan bo‘lsa-da9 , u yerga kelgan o‘rta osiyolik savdogarlar uchun turli sun‘iy to‘siqlar qo‘yildi. Natijada o‘rta osiyoliklarning erkin savdo qilishlari qiyin kechdi. Hatto, 439-yilda Shimoliy Vey imperatori Tay U-di erkin savdo shahri Lanchjouni egallab, aksariyat o‘rta osiyolik, xususan so‘g‘diy bo‘lgan savdogarlarni asirlikka oldi. Bundan xabar topgan So‘g‘d ma‘muriyati o‘z elchilarini Xitoyga yuborib, katta garov evaziga asirdagi 7 Хўжаев А. Фарғона тарихига оид маълумотлар (Қадимий ва илк ўрта аср Хитой манбаларидан таржималар ва уларга шарҳлар). Фарғона, 2013.Б. 127, 143-146. 8 Ўша жойда.Б.120-121 9 Отахўжаев А.Эфталийлар ҳукмронлиги даврида Фарғонанинг дипломатик алоқалари // ―Фарғона водийси янги тадқиқотларда‖ мавзусидаги III республика илмий анжумани материаллари. Фарғона, 2014. Б. 2014. Б. 159-160. so‘g‘diylarni yana Lanchjouga qaytarishga muvaffaq bo‘lishgan10 . Shundan so‘ng muzokaralar olib borilib, Xesi urushlardan xoli etilgan hudud sifatida e‘tirof etilgan. Ilk o‘rta asrlarning dastlabki bosqichi V–VI asrlarda So‘g‘d butun Markaziy Osiyoda o‘z tasarrufini o‘rnatgan Eftaliylar davlati tarkibida bo‘lsa ham, o‘zining nisbiy siyosiy va mutlaq iqtisodiy mustaqilligi saqlab qoldi. Bunga Eftaliylarning davlat boshqaruvidagi o‘ziga xoslik, ya‘ni ko‘chmanchi turmush tarzi ta‘sirida shakllangan boshqaruv usuli ham imkon bergan edi. Eftaliylar o‘troq hudud aholisining iqtisodiy imkoniyatlari va aholisining savdo-tijorat sohasidagi salohiyatlaridan unumli foydalandilar. Ayni vaqtda O‘rta Osiyo mulkliklariga to‘liq iqtisodiy faoliyat uchun zamin yaratib, ularning manfaatlarini himoya qildi. Bundan unumli foydalangan mahalliy hokimliklar o‘sha davr tashqi siyosatiga xos diplomatik institutlarida mavjud an‘analarini saqlab qoldilar. Eftaliylar tasarrufidagi bepoyon hududlar geografik jihatdan ularga yangi imkoniyat qirralarini ochib berdi. Qolaversa, eftallarning o‘zlari ham shahar sharoitiga moslashib, shaharlarda yashay boshlaganlar. Ularning kuchli harbiy qobiliyati va qurollangan soqchilari mamlakat ichkarisidagi barqarorlikni ushlab turgan. Karvonlar va ular bilan safarga otlangan diplomatlarning xavfsizligi shu kuchlar tomonidan ta‘minlangan. Eftaliylar davri siyosatida bu sulolaning mahalliy hukmdorlarning o‘z tashqi aloqalarini amalga oshirishlari uchun erkinlik berishi ikki jihat bilan xarakterlanadi. Ijobiy jihati, o‘rta osiyolik hokimlar xorij davlatlari bilan emin-erkin savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘l qo‘yishgan va eftaliy hukmdorlarga o‘lpon va soliqlar to‘lab turish bilan kifoyalanishgan. Salbiy jihati shunda ediki, O‘rta Osiyo mulklaridan Xitoyga yuborilgan elchilari qudratli imperiyalar oldida bir qadar himoyasiz edilar. Bu holat Xitoyga tashrif buyurgan elchilarning munosabatlarda o‘ta ehtiyotkor bo‘lishlarida va imperatorlarning ko‘nglini ovlashga harakatlarida kuzatiladi. Shu bois behisob, qimmatbaho sovg‘a-salomlar bilan Xitoyga tashrif buyurilgani ham sir emas.
Xulosa qilib aytganda, Eftaliylar hukmronligi davrida mintaqa xalqlari o‘rtasidagi iqtisodiy integratsiya uchun muayyan imkoniyatlar paydo bo‘lgan edi. Eftaliy hukmdorlarining mahalliy hokimliklar (Sug‘d, Farg‘ona, Choch, Usrushona, Tohariston va b )ning ichki ishlariga aralashmasligi, ularning faol tashqi aloqalar olib borishlari uchun zamin yaratdi. Qolaversa, Eftaliylarning O‘rta Osiyo hududlarini Sosoniylar hurujidan himoya etganligi, mahalliy hokimliklarning barqaror rivoji uchun muhim omil bo‘lgan edi. 563-yilda eftalitlarga qarshi ikki tomonlama hujum uyushtirildi. Ya‘ni shimoldan turkiylar, janubdan eron Sosoniylarini hujumi natijasida Eftaliylar inqirozga yuz tutadi. Bu jarayon 562-567-yillarni o‘z ichiga oladi. G‘arbiy turk xoqonligi usun epopeyasini qaytardi.VI asr oxirida Yettisuv dashtlarida va Tyanshan tog‘ida vujudga kelgan G‘arbiy turk xoqonligi tez orada Farg‘onada o‘z hukmronligini o‘rnatdi. ―Poytaxt‖ vodiysidagi turklar Farg‘ona vodiysiga qo‘shni bo‘lgan, Talosdagi turklar Ketmontepa va Chotqol orqali Farg‘ona vodiysiga kirib kelishi mumkin bo‘lgan11. Turklarning Farg‘ona bilan tor doiradagi o‘zaro munosabatlarining mohiyati shunda ediki, turklarning qabristoni Chotqolning janubiy yonbag‘rida , Namangan viloyati shimolidagi Ungur tog‘ida joylashganligi edi. Turklar vodiyni bosib olganidan so‘ng bir muddat mahalliy sulola o‘z boshqaruvida qoldirilgan ko‘rinadi. Chunki xitoy manbalarida 560-yillardan to 627649-yillar oralig‘idagi davrda Farg‘onadagi siyosiy vaziyat va hukmron sulola haqida va umuman, qadimgi turklarning hukmdorlik siyosiy hayotiga aralashganligi borasida hech qanday ma‘lumot uchramaydi. Faqat ―Suyshu‖da 605-yili mahalliy hukmdorning Xitoyga o‘z mahsulotlari bilan elchi jo‘natganligi qayd etilgan, xolos 12 . Shuningdek, Vey sulolasiga oid manbada Farg‘ona davlati hukmdori, uning poytaxti va boshqa shunga o‘xshash muhim ma‘lumotlar uchraydi. Masalan, : ―Fargona davlatining poytaxti Pomir (Tsungling)ning g‘arbida 50 li narida joylashgan bo‘lib, u 11 Бернштам А.Н. Древняя Фергана (Научно-популярный очерк). - Ташкент: изд-во АН Уз ССР, 1951. С. 22. 12 Хотамова М. Фарғонада туркий сулола // ―Фарғона водийси янги тадқиқотларда‖ мавзусидаги III республика илмий анжумани материаллари. Фарғона, 2014. Б. 8avzu: Ilk o`rta asrlarda o`rta osiyoda tarixiy bilimlar rivojlanishi REJA: 1. O`rta Osiyo davlatlari bilan Turk hoqonligi o`zaro munosabatlari tarixshunosligi. 2. Arablar bosqini va uning tarixiy bilimlar rivojiga ta`siri. 3. O`rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy yuksalish tarixshunosligi. 4. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarining uslubi va tafakkuri. 5. Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning kuchayishi. 1. O`rta Osiyo davlatlari bilan Turk hoqonligi o`zaro munosabatlari tarixshunosligi.
VI asr o`rtalarida Turk hoqonligi zaminida ilk katta er egaligi munosabatlari shakllana boshladi. O`zaro urushlar natijasida bo`linib ketgan G`arbiy turk hoqonligi markazlashmagan davlat bo`lib, 15 ga yaqin mustaqil hokimliklardan, So`g`dda uechji xalqidan chiqqan jabg`u, Buxoroda mahalliy buxorxudot, Farg`onada ixshidlar kabilardan tashkil topgan edi. Hoqonlik tarkibiga kirgan xalqlar bir qismi So`g`d, Xorazm, Toxariston, Farg`ona dehqonchilik, shahar aholisi hunarmanchilik va savdo-sotiq bilan, uning tog`li va cho`l tumanlarida istiqomat qiluvchi katta qismi esa chorvachilik bilan shug`ullangan. O`rta Osiyo davlatlari bilan Turk hoqonligi o`zaro munosabatlari tarixini T.Saidqulov, L.N.Gumilev Abushiy Xasan Ato va Turon Usmon asarlari orqali bilib olishimiz mumkin. Bu asarlar orasida Nasimxoning «Turk hoqonligi» nomli asari alohida o`rinni egallaydi. Garchi olim filolog bo`lsada, qadimgi turkiylarning imon-e`tiqodi, madaniyati, turmush tarzi haqida qiziqarli ma`lumotlarni keltiradi. Ushbu asarning e`tiborli joyi shundakim, N.Y.Bichurin, S.G.Klyashtorniy, V.A.Liviщits kabi tarixnavislarning ilmiy merosini yangicha yondashuv asosida talqin qila olgan1. 2. Arablar bosqini va uning tarixiy bilimlar rivojiga ta`siri. O’rta Osiyo xalqlarining Arab xalifaligi tarkibiga kirishi arafasidagi va undan keyingi ahvoli haqida gap borganida so’zsiz arabcha, forscha va qadimgi turkiy-runiy yozuvlarga murojaat qilamiz. Tarixda uch joydan O’rta Osiyo xalqlari tarixiga doir hujjatlar arxivi topilgan: hozirgi Turkmanistonning Niso shahrida - Parfiya davlati (miloddan avvalgi I asr) hujjatlari, Tuproqqal`ada (III asr) Xorazm davlati hujjatlari, Mug’ togida (Samarqand) So’g’diyona hujjatlari (VII asr) topilgan. Bundan tashqari, erlardan juda ko’plab epigrafik yodgorliklar toshdagi bitiklar, ro’zg’or buyumlari va san`at asarlari topilgan. O’rta Osiyo tarixidan daliliy ashyolarga boy ma`lumotlarni o’rta asrda yashashgan muarrix Tabariy asarlaridan, shu asarning Bal`amiy tuzgan forscha-tojikcha nusxasidan, jahonshumul qomusiy olim Beruniy asarlaridan topishimiz mumkin. SHu ma`noda o’rta asrning buyuk shoiri Abulqosim Firdavsiyning «SHohnoma» dostoni ham ibratlidir. Binobarin, Sharq xalqlari madaniyati muammolariga oid hozirgi tarixiy-monografik tadqiqotlarning qo’lyozma manbalarga bevosita aloqadorligi tabiiydir. Arab tarixshunosligi to’g’ridan-to’g’ri fol’klor (xalq ijodi) va adabiy an`analar bilan, shuningdek, ilohiyot qur`on an`analari bilan uzviy bog’liqdir. Arablar O`zbekiston hududiga 674 yildan boshlab bostirib kira boshladilar. 705 yildan boshlab arablarning O`zbekiston ustiga istilochilik uyrishlari kuchaydi. Bunga arablarning Xurosondagi noibi Qutayba ibn Muslim (715 yili hozirgi Andijon viloyatining Jalolquduq tumanida, hozirgi Shurunch mozor, aslida Qilich mozor temir yo`l bekati yonida o`ldirilgan) boshchilik qildi2. Arab istilosi O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga katta zarar etkazdi, ko`plab katta va boy shaharlarning kuli ko`kka sovurildi, ming-minglab kishilarning «yostig`i quridi», Marv, Buxoro, Samarqand va Xorazm kutubxonalarida saqlanayotgan juda ko`p noyob asarlar yo`q qilindi. O`zbekiston xalqlari arab istilochilariga qarshi bir necha bor qo`zg`alon ko`tardilar. Shular sirasida 769-776 yillarda butun Movarounnahrni larzaga solgan Muqanna (783 yili o`ldirilgan) boshchiligida bo`lib o`tgan qo`zg`alon tarixshunosligi mustaqillik yillarida alohida o`rganildi. Masalan G`ulom Karim «Muqanna qo`zg`oloni muarrixlar talqinida» // Ma`rifat, 2003 yil 8 fevral, 15 fevral, 15 may sonlarida. Ibn Xalikkon Muqannaning nomi Ato bo`lgan deb yozadi. O`rta asrlarda yashagan arab muarrixi turkiy «ota» so`zini shunday yozgan bo`lishi mumkin. O`sha zamonda islomni qabul qilgan turonliklar asl turkiy va sug`diy nomlaridan tashqari, arabcha ism yoki laqablar ham olishi urf bo`lgan edi. Shu narsa diqqatga sazovorki, qadimgi tarixiy manbalarda ham Muqanna qo`zg`oloniga turlicha munosabat bilan yondoshish hollari bo`lgan. O`rta asrlarda oq kiyimlilar harakatga maxsus bag`ishlab yozilgan asarlar qatorida Abubakr Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Ibrohim ismli muarrixning «Axbori Muqanna» («Muqanna haqida xabarlar») kitoblari tilga olinadi. Akademik V.V.Bartol’dning taxminicha, bu asar muallifi asli kelib chiqishi turkiy xonadondan bo`lgan va arab tilida ijod qilgan mashhur shoir Ibrohim ibn Abbos as-Suliy bo`lishi kerak. Abu Rayhon Beruniy «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida: «Muqanna haqidagi xabarlarni forschadan arabchaga tarjima qildim va ularni «Oq kiyimlilar va narmatiylar haqidagi xabarlar» nomli kitobimda to`la bayon etdim», deb ma`lum qiladi. Oq kiyimlilar qo`zg`oloniga, shuningdek, o`rta asrlarning Tabariy, Bal`aviy, Ibn Xallikon, Gardiziy, Abulfaraj YAhudiy, YA`qubiy, Ibn al-Asir kabi ulkan muarrixlari o`z asarlaridan joy ajratishgan. Muqanna qo`zg`oloni zamonaviy tadqiqotchi va adiblarni ham ilmiy va badiiy asarlar yaratishga ilhomlantirib kelmoqda. O`tgan XX asrda «oq kiyimlilar» harakati haqida Sadriddiy Ayniy, A.Yakubovskiy, T.Qodirova va Poyon Ravshanovlarning muhim tadqiqotlari uyzaga keldi. Atoqli shoir Hamid Olimjon «Muqanna» tarixiy dramasi, yozuvchi Mirzapo`lat Toshpo`latov «Sanam tog`idagi gulxan» tarixiy qissasini yozdi. Xorijiy mamlakatlarda ham ilmiy tadqiqotlar yaratilgan bo`lib, Eron yozuvchisi Saif Nafisiy va argentinamik jahonga mashhur adib Xorxe Luis Borxesning Muqanna haqida hikoyalar yozishgani ma`lum. Arablar bosqini tarixiy bilimlar rivojiga ta`sir qilmasdan qolmadi. Insoniyat tarixida xalqlar hech qachon bir-biridan uzilib qolgan holatda yashamaganlar. Hayot dialektikasiga binoan bunday bo`lishi ham mumkin emas edi. 3. O`rta Osiyoda IX-XII asrlarda madaniy uyksalish tarixshunosligi.
Movarounnahr maxsus geografik termin sifatida arablar o`rtasida VII-VIII asrdan, aniqrog`i, arab istilolari boshlanish davridan ma`lum va «Daryo orqasidagi (Amudaryo ortidagi) erlar» ma`nosini anglatgan. Darhaqiqat, shundan boshlab Movarounnahrning shon-shuhrati jahonga namoyon bo`ldi. Movarounnahr ilmu ziyo markazi sifatida butun dunyogav etildi. U islom ulamolarini etishtirgan, xususan, tarixshunos va geograf olimlar Vatani sifatida olamda shuhrat qozongan muqaddas uyrtdir. Vatanimizning IX-XII asrlaridagi madaniy uyksalishini tarixshunoslar sharq uyg`onish davriga mengzaydilar. Arabcha tarixiy asarlarning mazmuni islom jamoalari tarixi, bu jamoalarning siyosat va aql-idrokda faol toifalari vakillarining hayoti, faoliyati bilan bog’liqdir. Qur`on matni bilan aloqador ko’pgina muammolar aks etgan filologik (adabiy), tarixiy, diniy asarlar tasvirlarda aks etgan bo’lib, ularda qur`on suralari va oyatlari birma-bir sharhlanadi. Bunday tafsirlarning hajmi va salmog’i ancha kattadir. Bunday kitoblar VIII asrgacha barmoq bilan sanarli bo’lgan bo’lsa, 750-1050 yillar davomida ellikka yaqin shunday asarlar yaratildi. SHulardan ham yarmigina bizgacha saqlanib qolgan. 200 yildan ziyod vaqt davomida yozilgan qur`on tavsiflari Tabariyning (838-923) fundamental «Tafsir» kitobida umumlashtirilgan. Bu asarning nufuzi bizningcha, avvalgi ko’pchilik asarlarni muomaladan siqib chiqargan bo’lishi mumkin. Tabariy tafsiri juda katta hajmda (bosma nashrda 30 jild) ekanligidan qat`i nazar, juda ko’p xattotlar uni qunt bilan qayta-qayta ko’chirib yozganlar. SHu tufayli bu asarning ko’pgina nusxalari bizgacha etib kelgan. Tabariy, Narshaxiy, Beruniy asarlarini tarixshunoslik yuzasidan tahlil qilishga o’tishdan avval islom diniga doir bir masala ustida to’xtashimiz lozim. Ma`lumki, Qur`on va Muham-mad payg’ambar hadislari hikmatli so’zlari imon ramzi, shariat islom huquqshunosligi va ilohiyot fanlarini tashkil etadi. A. B. Halidov, SHamsuddin Boboxon va Abdusodiq Irisovlar ta`kidlashicha, imom Ismoil Buxoriy, A6y Iso at-Termiziy, Abu Dovud Sijistoniy, Ahmad an Nasaviy, ibn Madj al-Qazviniy va boshqa muhaddislar to’plagan hadislar bir yarim millionga etadi. Bulardan Abu Dovud, at-Termiziy, ibn Madj va an-Nasaviylar to’plagan hadislar («As-Sunan») va ayniqsa Ismoil Buxoriyning «Jome`-as-Sahih» (yoki «Sahih») nomli hadislar to’plami Sharq xalqlari orasida mashhur bo’lgan. Imom Ismoil Buxoriyning «Sahih» to’plami mo’`tabarligi jihatidan «Qur`on» dan keyingi, ya`ni ikkinchi o’rinda turadi. Gap shundaki, al- Biz Tabariy kitobida ko’p marta tilga olingan Samarqand hokimi Turek haqida uning maktubidan qanday ma`lumotlar olamiz? Maktubning haqiqiyligi V. V. Bartol’d ta`kidlaganidek, unchalik shubha uyg’otmaydi. Muhim tarixiy dalil shuki, Samarqand Zarafshon vodiysiga arab Qutayba davrida 712-719 yillarda emas, balki noib Salim ibn Ziyod vaqtida 681-683 yillarda kelishgan. Qutaybaning harbiy yurishi va Samarqandning arablar tomonidan istilo etilishi 712 yil kuziga to’g’ri keladi. 3. Go’rak maktubida tarixiy voqealar mavhum va ziddiyatli bayon etilsa xam, unda Qutaybaning Samarqandni olishi haqida ran bo’lmasa xam, bu maktub arab manbalarini, jumladan, Tabariy asarini tanqidiy tadqiq etishga imkon beradi. Tabariydan mustaqil bo’lgan arab manbalari (Madoniy, Balazuriy, Dinovariy) da esa tarixiy tahlil uchun deyarli hech bir dalil yo’q, deyish mumkin. Bo`riboy Ahmedovning «O`zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari» (Toshkent, 2003) risolasida O`zbekistonda VIII-XIX asrlarda yashab ijod htgan tarixshunoslar, ularning ilmiy faoliyati va mmuhim asarlariga qisqacha to`xtalib o`tiladi. Risola ikki qismdan iborat. Birinchi qismga tarixshunos va geograf olimlar kiritilgan bo`lib, ikkinchi qismida biograf olimlar va ularning muhim asarlari (tazkiralari, manoqiblari) haqida umumiy ma`lumot beriladi. Risolada IX-XII asrlarda yashab, ijod qilgan 8 ta yirik, madaniy uyksalishga hissa qo`shgan, tarixshunoslar haqida ma`lumotlar beriladi. Bular quyidagilardir: Abu Abdulloh Muhammad al-Xorazmiy – VIII-IX asrlarda (789-850 yy.) o`tgan xorazmlik qomusiy olim. Al-Xorazmiyning tarixiy asari – «Kitob ut-tarix» bo`lib, ayrim parchalari at-Tabariy (839-923 yy.) va Ibn-al-Asir (1160-1234 yy.)ning kitoblari orqali bizgacha etib kelgan. Bal`amiy – X asrda o`tgan buxorolik tarixnavis va davlat rabobi. Somoniylar qo`lida vazir vazifasida xizmat qilib, Tabariyning «Tarix ul-anbiyo» va – r-rasul va-l-xulofo» nomli asarini fors tilida muxtasar qilib qaytadan yozgan, natijada asardan foydalanish osonlashtirilgan. Abu Nasr Muhammad Utbiy (961-1022 yy.) X asrning yirik arabiynavis tarixshunos olimi. «Tarixi yaminiy» (YAmin-arab, o`ng qo`l; Sulton Mahmudga xalifa al-Qodir (991-1031) tarafidan berilgan) nomli asarni yozgan. Asar o`rta asr tarixshunosligiga oid va xos og`ir uslub-saj bilan yozilgan. Abu Hafs an-Nasafiy (1142-43 yy. Vafot etgan) Samarqandlik tarixchi olim. Uning «Kitob ul-qand fi tarixi Samarqand» nomli asari mavjud. Bu asarda Samarqandning osoru atiqalari va ulamolarining tarjimai holi haqida ma`lumotlar beriladi. Baxtga qarshi asarning arabcha nusxasi saqlanmagan. Bizgacha etib kelgani «Kichik qandiya» nomi bilan ataladi. Sam`oniy XII asrda yashab o`tgan mashhur qomusiy olim. Sam`oniy o`zidan katta yodgorlik qoldirib ketgan. U ikkita yirik asar «Kitob ul-ansob» («Nasablar haqida kitob») hamda yigirma jildlik «Tarixi Marv» kitoblarining muallifidir. Xullas, IX-XII asrlardagi uyksalish uzoq davrlar mobaynida taraqqiy etib kelayotgan turmush madaniyatiga ega bo`lgan xalqlar hayotida uyz beradi. 4. Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asarining uslubi va tafakkuri Abubakr Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn SHarik an Narshaxiy (899-959) X asrda yashab o`tgan buxorolik yirik tarixshunos olim. Narshaxiy asli Buxoroning Narshax (hozirgi Vobkent yonida) qishlog`idan chiqqan. Narshaxiy «Tarixi Buxoro» deb shuhrat topgan qimmatli bir asar yozib qoldirgan. Mazkur asar aslida arab tilida yozilgan, lekin arabcha matni saqlanmagan. Bizgacha uning qisqartirilgan forsiycha tarjimasi etib kelgan, xolos. SHunday qilib, turli voqealar, qissalar va hikoyalar o’zaro bog’liq holda umulashtirilgan keng ko’lamdagi tarixiy asarlar IX asrning 2-yarmiga to’g’ri keladi. Arab tarixshunosligining ilk davri At-Tabariyning «Tarixi ar-rusul va-l-muluk» («Payg’ambarlar va podshohlar tarixi) asari bilan yakunlanadi. Mazkur asar tarixiy obidalar, tarixiy hikoyalar, fol’klor (xalq og’zaki badiiy ijodi), afsonalarni o’z ichiga olgan, islom olami hijratning boshlang’ich asrlarida yashagan xalqlar tarixiga doir eng mo’`tabar majmuidir. Arab tarixshunosligida shuningdek, ayrim mintaqa, iqlimlar davlatlar, mamlakatlar, shaharlarning tarixiga doir o’ziga xos ayrim tarixiy-qomusiy asarlar ham vujudga keldi. CHunonchi ibn Qutaybaning (889 yilda vafot etgan) tarixiy qomusi (entsiklopediyasi) Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Abu Rayhon Beruniyning (1048 yilda vafot etgan). «Osor-ul boqiya» («Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar»), «Hindiston», shuningdek, musulmon olimi ash-SHabustariyning (998 yilda vafot etgan) xristian (masixiylar) monastirlari ibodatxonalari tarixiga oid asarlari shular qatoriga kiradi. Narshaxiy. «Buxoro tarixi» Bu asar «Kitob-ul-ansob» majmuasining muallifi Sam`oniy dalolat berishiga karaganda, tarixchi Narshaxiy qalamiga mansubdir. Narshaxiy Buxoro viloyatida Narshax qishlog’ida tug’ilgan. Uning to’la ismi Abu Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn SHarik (899-960 i) dir. Gap shundaki, arab tilida yozilgan bu asarning asl nusxasi bizgacha etib kelmagan yoki hozircha topilgani yo’q. Bizgacha etib kelgan «Buxoro tarixi» so’z boshisida yozilishicha, kitobni 1128 yili arab tilidan quvalik Abu Nasr Axmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy o’z dustlari taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Quboviyning yozishicha, u tarjima jarayonida kitobdagi ortiqcha tasvir va keraksiz joylarni qisqartirgan, ammo asl mohiyati va mazmunini qoldirib, keyingi tarixiy voqealar bayonini o’zidan qo’shgan. Kitobning 1939 yilda Tehronda nashr etilgan nusxasidan ko’rinadiki, «Buxoro tarixi»ga keyinroq ham boshqa mualliflar tomonidan qo’shimchalar kiritilgan. Bu haqda eronlik olim Muhammad Toqi Bahor o’zining 1958 yili Tehronda nashr etilgan «Malik ush-shuaro» kitobida guvohlik beradi. Tarixiy nuqtai nazardan, tarjimon Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy bunday xabar qiladi: Narshaxiy asarining do’stlari taklifiga binoan arab tilidan forschaga tarjima qilinishining sababi, asarni ko’pchilik o’qib tushunishiga qulay bo’lishi; qiziqarli bo’lmagan urinlar, ortiqcha arabcha o’xshatishlar va jimjimador ifodalarni qisqartirib, kitobning ommabop bo’lishi uchundir. Ikkinchi tarjimon Muhammad ibn Zufar ibn Umar esa 1178-1179 yillarda «Buxoro tarixi» ni fors tojik tiliga tarjima qilganda, uii yanada qisqartirdi va yana qayta ko’chirish, ko’paytirish uchun tayyorladi. Kitobning bu tarjima nusxasini o’qir ekanmiz, 1178-1179 yilda yuz bergan tarixiy voqealardangina emas, 1220 yilgacha bo’lgan voqealardan ham xabardor bo’lamiz. Gap shundaki, tarixchi O. A. Suxareva eron olimi Muhammad Toqi Bahor larning ma`lumotlariga qaraganda «Buxoro tarixi» biz yuqorida tilga olganimizdan boshqa ko’p kishilar tomonidan qisqartirilgan, qo’shimcha kiritilgan va izohlangan. SHunga qaramasdan, hamma tarjimon va sharhchilar kitobning asl muallifi Narshaxiy ekanligini bir ovozdan tasdiqlaydilar. Bu asarning nomi haqida bir necha so’z. Uz asariga Narshaxiy qanday nom bergani haqida ma`lumot yo’q. SHuning uchun uning nomi turli yurt tarixshunoslik adabiyotlarida turli shakllarda ishlatiladi: «Tarixi Narshaxiy», «Narshaxiy tarixi», «Tarixi Buxoro» «Tahqiq ul-viloyat» («Viloyat haqiqatini aniqlash»), «Axbori Buxoro» («Buxoro haqida xabarlar») va hokazo. SHunga qaramay, u hozirgi tarix fanida «Tarixi Buxoro» bo’lib qat`iy o’rin oldi. VIII-XII asr Buxoro davlati tarixiga oid tarixshunoslik asosan «Buxoro tarixi» kitobidan olinganligini alohida ta`kidlash lozim. Bu asarga bo’lgan katta qiziqish uning jahon xalqlari tillariga ko’p marta tarjima qilinishiga va ketma-ket nashr etilishiga sabab bo’ldi. Masalan, frantsuz Sharqshunosi CH. SHefer 1892 yili Parijda «Buxoro tarixi»ni nashr etdi. Bu asarni Samarkand uezdining sobiq boshlig’i, polkovnik N. Likoshin rus tiliga tarjima qilib, 1897 yili Toshkentda, uzbek ma`rifatchisi Mulla Sulton so’zboshi bilan 1904 yili Buxoroda, eron olimi Mudaris Rizaviy 1939 yili Tehronda, Angliya Sharqshunosi R. Fray 1954 yili Kembrijda nashr etgan. Nihoyat, 1966 yili uzbek tilida Sodiq Mirzaev tarjimasida Toshkentda nashr etildi. SHunday qilib, asl muallif Muhammad ibn Ja`far, uning tarjimoni va davomchisi Ahmad ibn Muhammad, shuningdek, keyingi mutarjim va sharhlovchi Muhammad ibn Zufar «Buxoro tarixi»da VIII-XII asrlarda yuz bergan tarixiy voqealarni bayon qilarkan, musulmon tarixshunosligi nuqtai nazaridan kelib chi-qib, islom asoslari va fiqhni himoya qiladilar. SHu tufayli xalqning ahvoli va arab bosqinchilariga qarshi harakat (masalan, Muqanna boshchiligidagi xalq harakati) qoralanadi. Hukmron sinflarning unga qarshi harakati ma`qullanadi. Ammo shunga qaramay, XII-XIIl asr tarixiy voqealarining xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga kutaradi. Busiz O’rta Osiyo xalqlarining arablar hukmronligi davridagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy ahvoliga, keng xalq ommasining bosqinchilarga qarshi qurashiga baho berish mushkul. «Buxoro tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir. «Tarixi Baxoro»da Zarafshon vohasining quyi oqimida joylashgan shahar va qishloqlarning geografik holati, mahalliy aholining VII-X asrlardagi turish-turmushi, Buxoroning diqqatga sazovor joylari, O`rta Osiyoning arablar tarafidan istilo etilishi, mamlakatning Somoniylar hukmronligi (819-1005 yy.) yillaridagi siyosiy tarixi voqealarigina qisqa tarzda bayon etilgan. «Buxoro tarixi»ning hozirgi tarixshunoslik uchun qimmatli manba ekanligi shubhasizdir. Bizgacha etib kelgan «Buxoro tarixi» so`z boshisida yozilishicha, kitobni 1128 yili arab tilidan quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy o`z do`stlari taklifiga binoan fors tiliga tarjima qilgan. Quboviyning yozishicha, u tarjima jarayonida kitobdagi ortiqcha tasvir va keraksiz joylarni qisqartirgan, ammo asl mohiyati va mazmunini qoldirib, keyingi tarixiy voqealar bayonini o`zidan qo`shgan. Asar 1966 yili o`zbek tilida Sodiq Mirzaev Tarjimasida Toshkentda nashr etildi. Eng so`nggi o`zbek tilidagi nashri 1991 yilda Bo`riboy Ahmedov tahririda chop etilgan bo`lib, tarixiy voqealarning xolisona bayoni uni qimmatli manba darajasiga ko`taradi. 5. Tarixiy bilimlar rivojlanishida yangi mazmun, yangi shaklda pragmatizmning kuchayishi. O`rta Osiyodan etishib chiqqan olimlar tomonidan jahon ilm xazinasiga qo`shilgan hissaning naqadar buuykligi tarixchilar tomonidan qayd etilgan, tarixshunoslar tomonidan esa muntazam targ`ib qilib kelinadi. Hozirgi bizga ma`lum «arab raqamlari» aslida Muhammad Muso Xorazmiy tomonidan hind tsifralari asosida ishlab chiqilgan bo`lib, Rim papasi Sil’vester II (999-1003 yillar) buyrug`i bilan Ovrupo mamlakatlarida joriy etiladi. Bu davrgacha o`ta noqulay rim raqamlari qo`llanilar edi. Sil’vester yoshligida Ispaniyada ta`lim olgan, arab tilini bilgan zamonasining o`qimishli vakili edi. Dastlabki Ovrupa universitetlarining faqat tibbiyot bo`limlarida matematika o`rganilgan. O`rta asrlarda ko`pchilik shifokorlar matematik ham bo`lganlar. Ibn Sino nomini tarjimonlar o`z tillarida Aben Sena deb yozadilar. Bu nom oddiy tilda Aven Sina shaklida qo`llanilib, lotin transkriptsiyasida Avitsenna bo`lgan. Bizning tushunchamizdagi shifoxonalar Ovrupada faqat 1500-yillarda tashkil topadi. Ular bemorlarni Ibn Sino va ar-Roziy usullari bilan davolaydilar. «Al-Qonun», 1500-yilgacha hali kitob bosish ishi endigina amalga oshirila boshlagan davrda 16 marta chop etiladi. Bu XVII asr oxirigacha Ovrupada yagona qo`llanma va darslik sifatida qo`llanilgan. O`rta Osiyo olimlarining ilmiy taraqqiyotidagi xizmatlarini hozirgi zamon tarixshunosligi fani nuqtai nazaridan tahlil qilish barobarida ularning ijodiy merosini falsafiy-metodologik nuqtai nazardan o`rganish ham dolzarb vazifa. Aslida bu ham ana shu merosni istifodaga kiritishning yana bir yo`lidir. O`rta Osiyo olimlari uynon, hind olimlari erishgan natijalarni o`zlashtirish barobarida, fanni butunlay yangicha yondashuvlar, original g`oyalar bilan boyitgani borasida dalillar etarli. Shuningdek O`rta Osiyo hududlarining tarixiy-geografik tavsifiga oid asarlarda tarixdagi ob`ektiv taraqqiyot qonunlarini ochib bermasdan, voqealarni faqat tashqi bog`lanishi va izchilligiga qarab tasvirlovchi (pragmatizm) oqimi ham mavjud bo`lgan. Bu yo`nalishning ham o`ziga xos murakkabliklari mavjud. U nafaqat Sharq olimlari asarlarini chuqur o`rganib chiqishni, ayni paytda G`arb falsafasining o`rta asrlardan to bugungi kungacha bo`lgan rivoji davomida ko`tarilgan g`oyalarning genezisi bilan tanishishni va qiyosiy tahlil qilishni talab etadi. Bu esa o`z navbatida oliy o`quv uyrtlari uchun tarixshunoslik darsliklarini nashr qilishni talab etadi. Bunday o`quv qo`llanmalarda O`rta Osiyo mumtoz fani natijalarini hozirgi zamon nuqtai nazaridan baholashimiz kerak bo`ladi. Foýdalanilgan adabiyotlar 1. Abushiy Hasan Ato. Turkiy qavmlar tarixi. –T.: Cho‘lpon, 1993. –240 bet. 2. Buyuk siymolar, allomalar: (O‘rta Osiyolik mashhur mutafakkir va donishmandlar). Kitob 1. /Nashrga tayyorlovchi M.M.Xayrullaev/ - T.; A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1995, -104 bet. 3. Narshaxiy. Buxoro tarixi. /Tahrir hay`ati: B.Axmedov va boshqalar. –T.: Kamalak, 1991, - Download 113.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling