1-ma’ruza mashg’uloti qadimgi grek olimlarining natural falsafiy qarashlari. Qadimgi Evropa, Xitoy, Misr, Vavilon, Gresiyada astronomiya
Download 355.21 Kb. Pdf ko'rish
|
1---ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar .
1-MA’RUZA MASHG’ULOTI Qadimgi grek olimlarining natural falsafiy qarashlari. Qadimgi Evropa, Xitoy, Misr, Vavilon, Gresiyada astronomiya. 1. Bizning eramizdan avval VI- asrlarda qadimiy Gretsiya davlatlarida moddiy rivojlanish sharoitlarida fanning rivojlanishiga ham sharoitlar tug‘ildi. Shu vaqtlarda Gretsiyanmg Milet, efes, Smerna, shaharlari va Xios, Somas orollari rivojlangan va iqtisodiy markazlarga aylangan edilar. Bu shaharlarda kichik Osiyoga savdo yo‘llari o‘tgan edi. Shu yerda birinchi falsafa maktabi vujudga keldi. Qadimgi Gretsiya falsafasining boshlanishi Miletlik Fales (624 – 547 e.a.) dandir. Fales ko‘p sayohat qilib Misrda Astronomiya va Matematika bilan shug‘ullandi. 585 (e.a.) yilda quyosh tutilishini oldindan aytib berdi. Fales magnit temirni tortishishini, elektrlanishini bilgan edi. Falesning hizmati shundaki u moddiy dunyoning birligi haqidagi talimni ilgari surdi va hamma narsalar "suvdan" hosil bo‘ladi deb, asos qilib "suv" ni ko‘rsatdi. "yer suvda suzib yuradi" deydi. Uning yutug‘i shundaki o‘sha vaqtdagi bilimlami umumlashtirdi, avvalgi tabiatni g‘ayritabiiy kuchlar boshqaradi deyishlardan farqli yagona asosga o‘tdi. Iyoniya maktabining boshqa faylasufi Anakishmandir (e.a. 610 -546) ham moddiy dynyo birligini maqullab, uning asosi suv emas qandaydir "Neyron"-birinchi materiya deb oladi. U hayvonlar namlikdan kelib chiqqan, ular suvda suzib yuradilar, odam baliqdan kelib chiqqan degan fikrni beradi. Ioniya maktabining yana bir olimi Anaksimiya (e.a. 585 - 525) hamma narsani boshlanishi qilib "havoni" ko‘satdi. Geraklit (e.a. 530 - 470) hamma narsaning asosi qilib "olov" ko‘rsatdi. Gretsiya falsafasida idealistik yo‘nalish ham bo‘lib, bu birinchi Pifagor maktabidir. Pifagor (e.a. 580 - 500) bo‘lib, tabiat birligining asosi modda emas ideallar yotadi, yani hamma mavjud narsalar asosida sonlar yotadi deb ko‘rsatadi. Pifagorchilar bir sonlarning hossalari rostgo‘ylikni, boshqalariniki - aql va ruhni, uchinchilari-omadni va boshqalarni ko‘rsatadi degan fikrlarni beradilar. Pifagorchilardan Aristarh (e.a. V - ohiri IV - boshlari) Yer, quyosh va yoritgichlar qandaydir koinot markazida joylashgan olov atrofida aylanadilar degan. 9 ta sfera mavjud (Yer, Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Quyosh, Oy ,Yulduzlar sferasi) dir. Deb ko‘rsatib, yana sonning tugal bo‘lishi uchun (10) yana bir planeia yerga qarshi planetasi bor degan fikmi beradilar. Yerga qarshi planetasi Yer qarshi tomonida unga simmeirik holda harakat qiladi deb ko‘rsatadilar. Ular emi harakat qilishi haqida birinchi bo‘lib tahmin qildilar (ularning yutug‘i shudir). Idealistik yo‘nalishni eng rivojlangani Plotonda (e.a. 427 - 347) o‘z aksini topdi. Ular hamma narsa asosida g‘oya yotadi deb ko‘rsatdilar. Ploton va shogirdalri matematika bilan shug‘ullanganlar. Akademiya (shu nomni olgan) "Geometriyani bilmaydigan kirmasin" - deb yozib qo‘yilgan. Ploton materiyalistik qarashlarga qarshi kurashgan undan keyin uning falsafasi reaklsiyon rol o‘ynagan. Ioniylar maktabining boshqa shakli idealistik falsafa maktabi - bu ellinlar maktabi. Uning vakillaridan biri Zeymon bo‘lib (e.a. V-asr) u Gtetsiya kolonniyasi eleya (Janubiy Italiyada tashkil topgan.) yashagan. ellinlar harakat va rivojlanishni inkor qilib har qanday o‘zgarish ko‘rinish bo‘lib reallik emas deb ko‘rsatdilar. Keyinchalik ilmiy fikrlarni rivojlanishi Zeymon va boshqalarning fikrlarini engib olg‘a ketdilar. Olimlar uzluksiz harakatda dunyoning mavjudligini qandaydir bir boshlang‘ich asosga bog‘lab, ularning (asos -boshlang‘ich) qo‘shilib ajralishlari natijasida o‘zgarishlar bo‘ladi, degan fikrlarni bera boshladilar. Yunon falsafasida materialistik yo‘nalish qadimgi atamistiklarning talimotlarida rivojlana boshladi. Atamistiklarning asoschisi deb Grek faylasufi Demokrit va shogirdi Levkip deb yuritiladi. Lekin undan oldingi Anaksagor va empidokllar ham atomislika elementlarini o‘z ichiga olgan talimotlarni berganlar. Anaksagor (e.a.500-428) har bir jism mayda shu jism zarralaridan tashkil topgan (M.Tosh mayda toshchalardan, suyak mayda suyakchalardan, ...) deb ulami "Gomeomeriya" deb yuritdi- Gomeomeriyalarni boshlang‘ich "Nys" deb ataluvchi tabiiy nuk harakatga keltirgan . Ularni qo‘shilishi va ajralishidan narsalar hosil bo‘ladi deb ko‘rsatgan, Empedok (e.a. 490-430) hamma mavjud narsalar asosida 4-ta narsa yotadi, ular Yer, suv, havo va olov deb ko‘rsatdi. Bu "Asoslar" (o‘zaklar) qo‘shilib hamma jismlarni hosil qiladi ularning qo‘shilishi va ajralishi natijasida rivojlanish sodir bo‘ladi degan fikrni beradi. Anaksagor va Empidoklar o‘zlarining "Asoslar" (o‘zaklar ) ni vujudga keltirilmaydi va yo‘qolmaydi deb materiyani yo‘qolmasli haqidagi fikrni berganlar. Demokrit (e.a.460-370) ko‘pgina asarlar yozgan bo‘lib ular bizgacha etib kelmagan, chunki unda materalistik va idealistic g‘oyalar ko‘p bg‘lib, unga idealistic va diniy qarshilik ko‘p bo‘lgan. Uning qarashlari boshqalarning kitoblarida berilgan. Demokrit ham narsa atomlardan va bo‘shliqdan tashkil topgan deb o‘rgatgan. Atomlar yo‘qolmaydilar va yo‘qdan bor bo‘lmaydilar. Hech narsa sababsiz vujudga kelmaydi. U dunyoni hudo yaratgan degan fikrlarga qarshi chiqqan. Dunyolar doim rivojlanishda birlari paydo bo‘lsa,birlari atomlarga ajralib ketadi. Epikur (e.a. 341-270) yirik-materialistik faylasuf bo‘lib, u Demokrit falsafasini davom ettirgan. Ularni hamma vaqt "Hudosiz" deb idealistik va dindoriar yomonlab yurganlar. epikur ham hamma jismlar atom va bo‘shliqdan tashkil topganligini himoya qiladi. epikur goyalarini Lukresiy Kar (e.a. 99-55) o‘z poyemasida bayon qilib bergan. Epikur-Lukreyiylar fazoni cheksiz, unda atomlar abadiy tartibsiz harakatda bo‘lishi, dunyolar vujudga keladilar va yo‘qoladilar ,chunki hamma narsa o‘zgarishda bo‘lishini uqtiradilar. Qadimgi yunon atomistlarining talimoti o‘sha davr falsafasidagi ketma-ketligi ancha yahshi bo‘lgan materalistik ta’limot edi. Ular dunyoni va uni rivojlanishini hech qanday g‘ayri tabiiy kuchga suyanmasdan tushuntirishga harakat qildilar. Ular majeriyaning abadiyligi, yo‘qolmasligi yo‘qdan paydo bo‘lmasligi haqidagi materalistik qonunlarni ilgari surdilar. Ular birinchi bolib moddalming atomistik tuzilishi haqidagi goyani berdilar. Bu g‘oylar keyinchalik tabiiy fanlarning rivojlanishida etakchi g‘oya bo‘lib qoldi. Atomistika talimotida mehanik dunyoqarash elementlari bo‘lib , ular keyingi hattoki XVII-XIX-asr fizikasi, tabiatshunoslik falsafasining asosi bo‘lib qoldilar. 2. Sharqda ilmiy bilimlar rivojlanishiga karamay, fanning eng avvalgi markazi Gretsiya bulib koldi. Kadimdanok fanning xarakteri ilmiy uslub kashf eta boshladi. Demokrit bu xakda shunday degan edi: "Men uchun biror ilmiy dalil-ning topish, fors podsholigini boshkarishdan xam mushkulprok bulur edi..." Xozirgi kunda kadimgi dunyo olimlarining fan uchun kilgan kash-fiyotlari muxim manba bulib Qolgan. Tom ma’noda fanning boshlangich vatani kadimgi Gretsiya edi. Matematika, biologiya, kub, kvadrat, geometriya, fizika, mexanika kabi terminlar xam kadimgi yunon tilidan olingan. Qadimgi dunyoda fan bilan shug’ullangan insonlarni faylasuflar" deb atashgan. Birinchi akademiya va birinchi litsey xam Ploton va Aristotel tomonidan kadimgi dunyo fani asta-sekin nazariya bilan amaliyotni bog’lay boshladi. Shu bilan birga fanning taraqqiyoti Sharqda xam o’zi-ga xos bo’ldi. Qadimgi Xitoyda eramizdan avvalgi 3 minginchi yillarda gildirakli aravalar yasala boshlangan, pishiq gishtdan uylar qurilgan. Bularning xammasi geometriya, matematika fanlarining rivoj topganidan dalolat beradi. 2.5 minginchi yillarda uzunlik va og’irlik o’lchov birliklari kiritiladi. Antik davr olimlari Ploton, Demokrit, Geraklit, Fales, Pifa-gor, Aristotel, Arximed, Evklid, Ptolomey kabilar o‘z davrining yetuk kishilari xisoblishgan. Ularning har birining o’z ilmiy nazariyasi, ilmiy dalillari bo’lgan. M: Demokrit quyidagi qoidalarni ilgari suradi : 1. Xech narsadan xech narsa paydo bo’lmaydi. Xech narsa o‘zidan o’zi yo’q bo’lmaydi. Xamma narsalar qo’shilishi va bo’linishidan iborat. 2. Xech narsa bexosdan paydo bulmaydi, balki biror asosga asoslanadi. 3. Atrofimiz olam va bushlikdan iboratdir. Qolgan xamma narsalar bizning tasavvurimizdadir. 4. Atomlar son jixatdan cheksiz, sifat jixatidan xilma-xildir. 5. Narsalar o’rtasidagi farq ularni tashkil etgan atomlar soni, o’lchamli, shakli va joylashishi bilan farqlanadi. 6. Tafakkur yupqa, tekis va yumaloq olov atomlarga o’xshash atomlardan iboratdir. Ammo shunga qaramay optik davrdayoq fanda materialistik va idealistik qarashlar o’rtasida, mistik, sxolastik va ilmiy dunyoqarash o’rtasida keskin kurash bo’lib o’tdi. M: Pifagorchilarning karashlari uziga xos edi. Ularning fikricha xamma narsa 1 raqamli bilan boshlanadi, 2 qo’shilishini qarama-qarshiliklarning boshlanishi edi. Qadimgi fanning jonkuyar boshlovchilaridan biri Aristotel edi. eramizdan avvalgi 431- 404 yillardagi Pliopones urushi Afina va Lorina demokratiyasi inkirozga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Ideologiyada xali chuqur o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ilmiy bilimlarni takomillashtirish zaruriyati tug’ildi. Bu vazifani Aristotel bajardi. Aristotel eramizdan avvalgi 384 yilda Gretsiya shimoliy Sharqiy tomonida joylashgan Stagire shaxrida tug’ildi. Nazorat uchun savollar . 1. Yunon olimlarining ishlari haqida gapiring. 2. Demokrit qoidalari to’g’risida nimalarni bilasiz. 3. Aristotel ishlari deganda nimani tushunasiz. 4. Ptolomey qarashlari qanday edi. 5. Pifogor ishlari nimalarni izohlaydi. 5. Arximedning fizika soxasidagi ishlari haqida fikringiz. 6. Iskandariya muzeyi qayerda joylashgan. Download 355.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling