Ma'ruza-14
14-ma’ruza. O’zbekistonda informatika fanini o’qitish islohotining muommolari
Reja:
1. “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fanini o’qitishning maqsadlari.
2. “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani o’quv dasturi va uning mazmuni.
3. Maktabda informatika o’qitishning asosiy yo’nalishlari.
Tayanch iboralar: informatika, axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, algoritmlar, operatorlar, operasion sistemalar, kompyuter grafikasi, dasturlash asoslari, tili, zamonaviy axborot texnologiyalari.
1. Inson butun hayoti axborotni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan bog’langan. Shuning uchun axborotlar bilan ishlaganda ularni to’plash, uzatish, saqlash, bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tkazish kabi jarayonlar amalga oshirilishi mumkin.
Axborot (informasiya) so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, tushuntirish, tavsiflash degan ma’noni anglatadi. Uchta muhim sifati bor: to’liqlik, axborot qimmatli bo’lishi, ishonchliligi. Axborotlarning ko’pligi va murakkabligi tufayli kompyuterlardan foydalanish zarurati tug’iladi. Kompyuterning muhim xususiyati shundaki ular katta miqdordagi axborotlarni qisqa vaqtda va tez qayta ishlay oladi va o’zlarida saqlay oladi.
Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni amalga oshirishda asosiy o’rinni kompyuter texnikasi va boshqa turdagi vositalarga yuklamoqda.
20-asrning 50 -yillarida yangi fan informatikaga asos solindi. Informatika inson faoliyati barcha jabhalaridagi axborotlarni izlash, tuplash, saqlash, qayta ishlash va foydalanish masalalari bilan shug’ullanuvchi fandir. Informatika o’rganadigan uchta asosiy tushuncha bor: bular axborot, algoritm va EHM lardir.
Maktabda o’quvchilarga ana shu informatika fanidan hamda hisoblash texnikasi haqidagi bilimlar va ma’lumotlar berish XX asrning 80-yillari oxirida o’rganish yo’lga qo’yildi.
Informatika va hisoblash texnikasi asoslari fanining asosiy maqsadlaridan quyidagilarni ta’kidlash mumkin [6, 11]:
- o’quvchilarning informatika fanining dastlabki elementlarini tushuntirish;
- o’quvchilarni hisoblash texnikasi asoslari bilan tanishtirish;
- o’quvchilarning EHM da ishlash kunikmalarini tarkib toptirish;
- kompyuterlardan turli soxalar masalalarini yechishga qo’llash malakalarini shakllantirish.
Umuman bir so’z bilan aytganda, o’quvchilar kompyuter savodxonligini ta’minlash asosiy maqsad hisoblanadi. Hozir umumta’lim maktablarida
“ Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani 8-sinfda haftasiga 1 soat, jami 34 soat, 9-sinfida esa haftasiga 2 soatdan, jami 68 soat hajmida o’rganiladi.
2. “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” fani dasturi haqida shuni ta’kidlash kerakki, informatika va hisoblash texnikasi (HT) dan nazariy va amaliy mashgulotlarni muvofiqlikda olib borish, kompyuter bilan muloqot qila olish ko’nikmalarini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratilgan.
Unda bu fanning quyidagi asosiy vazifalari ko’rsatilgan:
- axborotlarni qayta ishlash haqida ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish;
-zamonaviy kompyuter texnikasining tuzilishi, tarkibi, ishi va qo’llash imkoniyatlari bilan tanishtirish;
- kompyuterlar bilan amaliy ish ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
- axborot texnologiyalari haqida bilimlar berish hamda ular bilan ishlash, ko’nikma va malakalarni shakllantirish;
- kompyuterda masalar yechish texnologiyalari bilan tanishtirishning asosiy bosqichlari haqida aniq tasavvur hosil qilish ko’nikmalarini shakllantirish;
- asosiy algoritmik tuzilmalarni bilish, algoritmlash va dasturlash asoslari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish;
-kurs davomida dastur ta’minoti tarkibi, vazifalari va ularni o’rnida qo’llash imkoniyatlarini aniqlay bilish;
- bu bilim va ko’nikmalardan o’quv masalalarini yechishda foydalana olish;
-yangi axborot texnologiyalarini jamiyatimiz iqtisodiy taraqqiyotidagi muhim ahamiyati va inson faoliyatining turli jabhalariga ta’siri haqida tasavvurlar hosil qilish.
Informatika ta’limning tayanch qismi; axborot, kompyuter, axborot texnologiyalari, kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari, axborot texnologiyalarining istiqboli bo’limlaridan iborat.
Informatika va HT quyidagi mavzularni va o’rganish soatlarini o’z ichiga oladi:
8-sinf (34 soat)
Kirish. Informatika fani nimani o’rganadi - 2 soat
Axborotlarni raqamlar ko’magida tasvirlash – 6 soat
Zamonaviy kompyuterlar – 2 soat
Operasion sistemalar - 8 soat
Hujjatlarni qayta ishlash texnologiyasi – 13 soat
9-sinf (68 soat)
Kompyuter grafikasi – 9 soat
Axborotlar ombori – 8 soat
Elektron jadvallar – 10 saot
Kompyuterda masalalar yechish texnologiyalari – 7 soat
Dasturlash asoslari – 23 soat
Amaliy dasturlash va hisob tajribalarini o’tkazish – 4 soat
Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanish istiqbollari – 7 soat
3. Informatika va HT ni o’qkitish usullariga keladigan bo’lsak, asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi talab etiladi:
1. Informatika fani maqsad va vazifalarini aniq bayon etish.
2. Axborot nima va uning birliklari.
3. EHM da ishlash qoidalari.
4. Kompyuterlar tuzilishi va ishlashi haqida ma’lumotlar berish.
5. Informatika fani tarixi va EHM lar rivojlanish tarixi haqida ma’lumotlar berish.
6. Sanoq sistemalari haqida bilimlar berish va mantiqiy amallardan foydalanish misollarini ko’rsatish.
7. Algoritmlar va ularning xossalari haqida bilimlar berish.
Bunda algoritmlar xossalari, tasvirlash usullari va algoritmning turlari haqida ma’lumotlar beriladi. Bundan tashqari, algoritmlar tuzishga doir hayotiy bosqichlardan iborat ekanligi ta’kidlanadi.
10. Dasturlash usullari ham o’rgatiladi. Bunda dasturlar samaradorligi, dasturda xatolarni topish jarayoni, testlash, xatolar sababini aniqlash va ularni bartaraf etish to’g’rilash kabi ishlari tushuntiriladi.
11. Axborotlarni matn yeki grafik ko’rinishda kompyuter yordamida qayta ishlashga mo’ljallangan maxsus sistemalar yaratilgan. Matn muharriri bajaradigan asosiy amallar qaraladi va uning asosiy vazifalari qarab chiqiladi.
12. Grafik muharriri ulardan foydalanish haqida ma’lumotlar berish va unda bajariladigan amallarni o’rganish.
"Informatika va HT" fani darslarida umuman kompyuter va undan foydalanish bo’yicha o’quvchilarda amaliy va nazariy ko’nikmalarni shakllantirish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |