1-ma’ruza. Matn lingvistikasi fanining maqsadi, vazifasi, ob’ekti va predmeti ma’lumki, «Matn»
Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn tiplari
Download 0.63 Mb.
|
Majmua matn lingvistikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Hikoya mazmunli matnlar
2.Ifoda maqsadi va mazmuniga ko‘ra matn tiplari
Muloqot paytida, gapirayotganda yoki yozayotganda har doim yangidan matn yaratmaymiz. Ehtiyojimizga ko‘ra turli matn tiplaridan foydalanamiz. Ba’zan boshimizdan o‘tgan yoki o‘zimiz guvoh bo‘lgan voqealarni kimgadir aytib beramiz. Tinglovchiga notanish bo‘lgan biror kishi yoki joyni batafsil tasvirlab berishga harakat qilamiz. Ba’zan fikrimizni turli dalillar yordamida isbotlashga, izohlashga ehtiyoj sezamiz. Yoxud kimgadir pand-nasihat qilamiz. Uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishini istaymiz. Muloqot maqsadimiz ba’zan qandaydir informatsiyani tinglovchiga etkazishga qaratilgan bo‘ladi. SHu bilan birga biror ishni qanday bajarish kerakligi haqida tavsiyalar beramiz yoki biror ishni qilmaslik haqida buyruq beramiz. Maqsadimizga erishish uchun turli ko‘rsatma, ta’qiq va xitob jumlalaridan foydalanamiz. Insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi va mazmuni shular bilangina chegaralanib qolmaydi. Inson hissiyotlarini, tuyg‘ularini, hayajonlarini, azob va qayg‘ularini ifodalash, shu orqali tinglovchi yoki kitobxonni ta’sirlantirishni istaydi. Ana shunday hollarda ba’zan mubolag‘a ba’zan o‘xshatish – qiyoslash kabi tasviriy vositalardan foydalanamiz. Shundan kelib chiqib matnni, xususan, badiiy matnni quyidagi tiplarga bo‘lib chiqish mumkin: 1.Hikoya mazmunli matn. 2.Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4.Didaktik matn. 5.Xabar mazmunli matn. 6.Buyruq mazmunli matn. 7.Hissiy ifoda mazmunli matn.97 1.Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif - narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o‘zi boshidan o‘tkazgan, eshitgan, o‘qigan yoki guvoh bo‘lgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn tipiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi asosan o‘tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko‘plikda ifodalanadi. Hikoya qilinayotgan voqea – hodisa kichik yoki keng qamrovli bo‘lishi mumkin. Sekin - asta ko‘tarilib boruvchi izchil va yaxlitlovchi ohang kuzatiladi. Biryoqlama ifoda uslubidan foydalaniladi. Ya’ni, matn shakllanishida asosan, hikoya qiluvchi (roviy) etakchi faktor hisoblanadi. Monologik nutq ko‘rinishi bunday matnlar uchun juda mos va qulay bo‘ladi. O‘rni bilan diologik nutq ko‘rinishlariga murojaat qilinganligini kuzatishimiz mumkin. Shunda ham hikoya matnining motivatsion butunligi roviyga bog‘liq bo‘ladi. Bu tip matnlarda tasviriy, izoh, xabar, hissiy ifoda mazmunli matnlar birdaniga ishtirok etishi mumkin. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling